Huzuridagi toshkent islom universiteti islom tarixi va falsafasi fakulteti tarix kafedrasi


Istiqlolchilik harakatini harakatlantiruvchi kuchlari



Download 89,65 Kb.
bet7/13
Sana08.08.2021
Hajmi89,65 Kb.
#142191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
sayidolim O'z. tar. kurs ishi

1.3.. Istiqlolchilik harakatini harakatlantiruvchi kuchlari

Istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar edi. Turkiston respublikasi rahbarlaridan birining e`tirof etishicha, istiqlolchilik harakatida asosan dehqonlar va hunarmandlar qatnashdi. Ularga shahar axolisining aksariyat qismi: o’ziga to’q badavlat oilalarniig vakillari, savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba`zi boylar qo’shildi. Istiqlolchilar safida oq-qorani tushungan savodxon kishilar — ziyolilar ham ko’pchilikni tashkil qilardi va ular jadidlar orasidan ajralib chiqqan Turkiston munavvarlari va muborizlari edi. Bir siz bilan aytganda, istiqlolchilar safida xalqning barcha tabaqasiga mansub kishilar bor edi.

Dastlabki istiqlolchi guruhlarning tashkil topishi Kichik va Katta Ergashlarning nomlari bilan bog’liqdir.

Turkiston Muxtoriyati hukumati qishiniga boshchilik qo’lgan Kichik Ergash qo’rboshi 1918 yil 19 — 21 fevralda Qo’qon shahrida qizil askarlarga qarshi bo’lgan "ikki kunlik urush natijasida mag’lubiyatga uchradi, uning 2.000 kishilik armiyasidan omon qolgan ikki yuzga yaqin kishi Kichik Ergash rahbarligida Qo’qon uezdidagi Bachqir qishlog’iga (Qo’qondan 18 chaqirim shimoli — sharq tomonda) jang bilan chekinishdi". O’zining kindik qoni to’ko’lgan Bachqir qishlog’ida Kichik Ergash yigitlari bilan qal`a shaklida istehkom qurib, mustahkam irnashib oldi. 26 fevral kuni Bachqirga 5 ta qizil gvardiyachilar otryadi va dashnoqlar drujinasi hujum qilishdi. 27 fevralda bo’lgan janglarning birida Kichik Ergash shaxid bo’lgach, uning o’rniga Katta Ergash qo’rboshi Farg’ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Sovet hokimiyati va bolsheviklarga qarshi milliy istiqlol harakatini tashkil qilish endi uning zimmasiga tushadi.

1918 yil mart oyiga kelib Farg’ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ortiq qo’rboshi dastalari faoliyat ko’rsatardi. Madaminbek Skobelev uezdida, Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek Marg’ilon atroflarida, Omon Polvon, Қobul, Sotiboldi Қozi va Rahmonqul Namangan uezdida, Parpi qo’rboshi Andijon shahri atrofida, eshmat qo’rboshi Qiqonning Buvayda qishlog’ida, Umar Choli Urganji qishlog’ida, Jonibek Qozi O’zgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda harakat qilmoqda edi.7

Bu tarqoq holda bo’lgan istiqlolchilik harakatini yagona qo’mondonlikka biysundirish va birgalikda harakat qilish maqsadida "Shiroi Islomiya" va "Shiroi Ulamo" tashkilotlari a`zolarining tashabbusi bilan 1918 yil mart oyining oxirida Bachqir qishlog’ida Farg’onadagi butun qo’rboshilarning birinchi qurultoyi chaqirildi. Unda 40 dan ortiq yirik qo’rboshilar qatnashdi. Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining boshlig’i qilib Katta Ergash saylandi va unga butun musulmon qishinlarining Oliy bosh qimondoni - "Amir al musliminKatta Ergash qo’rboshining irinbosarlari qilib Madaminbek va Shermuhammadbektayinlandi.8 Madaminbek.Turkiston istiqloli uchun fidoyi kurashchi Madaminbekning ulug‘ nomini xalqimiz doimo mehr-muhabbat bilan tilga olib kelmoqda, uning xotirasini qalbining to‘ridasaqlamoqda.Madaminbekning asl ismi Muhammad Aminbek Ahmadbek o‘g‘li bo‘lib, u 1892 yili Marg‘ilon atrofida – hozirgi Toshloq tumanining Sadda qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi So‘kchilik qishlog‘ida o‘rtahol oilada tug‘ildi. Madaminbekning otasi Ahmadbek o‘rta bo‘yli, to‘ladan kelgan chiroyli odam bo‘lganligini marg‘ilonliklar yaxshi eslashadi. Ahmadbekning besh farzandi bo‘lib, Madaminbek ularning eng kenjasi edi. Madaminbekning Maqsudali va Mamadali ismli ikki akasi, Mehriniso va Mayramniso ismli ikki opasi bo‘lgan. Ota-onasi o‘z davrining savodli va bilimdon kishilari, mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘lar davrasida boobro‘ odamlar bo‘lishgan. Ana shunday ma’rifatli oilada voyaga yetgan Madaminbek to‘g‘ri so‘zli, do‘stlariga sadoqatli, mulohazali va diyonatli yigit bo‘lib o‘sdi. Madaminbek Birinchi jahon urushi arafasida chor Rossiyasi hukmronligiga qarshi bosh ko‘taradi. 1914 yili qamoqqa olinadi. Sud Madaminbekning o‘zi tan olmagan ayblar – qotillik va o‘g‘rilikni ham unga to‘nkab, 14 yilga1 Sibirdagi Nerchinsk degan joyga katorgaga hukm qiladi.



1917-yil Fevral inqilobidan keyin siyosiy mahbus sifatidaMadaminbekozodlikkachiqadivaMarg‘ilongaqaytibkeladi. «Sho‘roiulamo» jamiyatiningrahbarlariMadaminbekni shahar mirshablari boshlig‘i– qo‘rboshisi lavozimigabejiztavsiyaetishmaydi.Agaruqotilvao‘g‘ribo‘lganidanufuzliulamolarvaziyolilarungabulavozimnitaklifqilishmasedilar. Sovet rejimi yillarida Madaminbek va boshqa qo‘rboshilarga «o‘g‘ri», «bosqinchi», «bandit» degan sun’iy yorliqlarni yopishtirish odat tusiga kirgan edi. 
Turkistonda bolsheviklar hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallagach, Farg‘ona viloyatiharbiy komissari K.Osipov Madaminbekni Marg‘ilon militsiyasi boshlig‘i etib tayinlash haqidagi buyruqqa qo‘l qo‘yadi va uni qurol-yarog‘ bilan ta’minlaydi. 1918 yil yanvar oyining oxirigacha Madaminbek shu lavozimda xizmat qiladi.
Biroq sovet rejimining xalqqa qarshi siyosati Madaminbekni ozodlik uchun kurashga undadi.1918 yil mart oyining boshlarida Madaminbek o‘z militsionerlari bilan istiqlolchilar safiga o‘tdi. Madaminbek ayrim siyosatdonlar va tarixchilar hozir ham da’vo qilayotganlaridek, Qo‘qon xoni bo‘lish uchun emas, balki yurtida tinchlik o‘rnatish va bosqinchilarga qarshi kurashish uchun qo‘liga qurol tutdi. Madaminbek atrofida Marg‘ilon va Toshloqdagi jasur chapani yigitlar to‘plandilar. «Yakkatut bo‘lisi Garbuva (Garbobo) qishlog‘idagi Madaminbek guruhining qarorgohiga ommaviy ravishda mahalliy yoshlar kelib qo‘shilardi», – deb yoziladi 1918 yilgi rasmiyhujjatlarning birida.
1918 yil bahorida Madaminbek qo‘l ostida dastavval 1000-1500 yigit to‘plandi. «Deh qondan so‘nggi yaktagini ham tortib olgan» sho‘ro hokimiyatiga qarshi kurashish Madaminbekning asosiy matlabi bo‘lgan. Milliy-ozodlik harakati safiga Madaminbek singari salohiyatli sarkardaning qo‘shilishi juda katta ahamiyatga ega edi.
«O‘z oldiga sovet hokimiyatini ag‘darish va Farg‘ona Muxtoriyatini tiklash vazifalarini qo‘ygan Madaminbek tadbirkor siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi», – deb tan olinadi o‘sha davrga oid rasmiy hujjatlarning yana birida.9
Madaminbek yigitlari o‘rtasida harbiy intizom kuchli edi. Madaminbekchilar bosqinchi va o‘g‘rilarni o‘zlari ushlab jazosini berishardi. Masalan, «1919 yil boshida Toshloqda Ishoq ishboshi va Tojibek kunjarafurush mayda bosqinchilik guruhlarini tuzgani uchun Madaminbek yuborgan odamlar tomonidan otib tashlandi».
Madaminbek siymosida sarkardalik, davlat va siyosat arbobiga xos sifatlar o‘zaro mujassam bo‘lgan. U Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilarning tan olingan yo‘lboshchisi edi.Madaminbek vodiydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o‘z siyosiy boshqaruv usulini o‘rnatdi. Bunday boshqaruv usulini yana Farg‘ona vodiysida Katta Ergash va Shermuhammadbek, Buxoro respublikasida Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Anvar Posho va Salim Posho, Xorazm respublikacida esa faqat Junaidxon kabi sardorlargina joriy etgan edilar.
1918 yil noyabr oyining boshida Andijon uezdidagi Oyimqishloqda (hozirgi Andijon viloyati Jalolquduq tumani) bo‘lgan Farg‘ona vodiysi qo‘rboshilarining qurultoyida Katta Ergash qo‘rboshi o‘rniga istiqlolchilarning Oliy bosh qo‘mondoni qilib Madaminbek saylandi. Uning o‘rinbosarlari qilib Katta Ergash (taxminan 1882 – 1921) va Shermuhammadbek (1893–1970) tayinlandi.
Madaminbek 1918 yilning oxiridayoq mustaqillikka urinayotgan yirik qo‘rboshilarning faoliyatini boshqarishga muvaffaq bo‘ldi. Shermuhammadbek, Nurmuhammadbek, Xolxo‘ja Eshon, Mahkam Hoji, Rahmonqul, Omon Polvon va qirg‘iz mujohidlarining boshlig‘i Muhiddinbek singari qo‘rboshilarni yagona qo‘mondonlik ostiga birlashtirish undan juda katta kuch-g‘ayratni talab etdi. O‘z qishlog‘i va tumanida «o‘zi bek» bo‘lgan bu qo‘rboshilarning qarshiligi va o‘zboshimchaligini Madaminbek sindirishga erishdi. U Xolxo‘ja Eshonning shuhratparastligi va kaltabinligiga qarshi ancha kurashdi. Katta Ergash qo‘rboshi bilan Madaminbekning munosabatlari ham tez-tez o‘zgarib turardi.
Madaminbek qo‘shini safida xalqning barcha tabaqalariga mansub kishilar bor edi.«Madaminbek boylar va mahalliy aholi tomonidan to‘la ravishda qo‘llab-quvvatlanmoqda», – deb aytgan edi 1918 yil oktyabrda Marg‘ilon shahrining favqulodda komissari Sugrubov.«Madaminbek har qanday aksilinqilobchi va sovetlardan norozi odamni, u qaysi millat vakili ekanligi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, xursandlik bilan kutib olardi», – deyiladi boshqa bir rasmiy hujjatda.
Madaminbek qisqa muddat ichida o‘z atrofiga aqlli maslahatchilarni to‘pladi va u ko‘magida yaxshi tayyorlangan xodimlarni Farg‘ona vodiysining hamma joylariga o‘z vakillari sifatida yubordi. Madaminbek yuborgan bunday vakillar vodiyning barcha shaharlari, katta qishloqlarida bo‘lib tub xalqlarni mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurashga oyoqlantirdilar.
«Madaminbek turli siyosiy oqimdagi kishilarni birlashtira oldi. Shuning uchun ham hech qaysi qo‘rboshi uningchalik kuch-qudratga ega bo‘lmagan edi», – deb o‘sha paytdayoq yozgan edi uning g‘oyaviy muxoliflaridan biri sovet harbiy tarixchisi V.Kuvshinov.
«1919-yil yanvarida Madaminbek qo‘l ostida 16000 kishidan iborat armiya bo‘lgan», – deb ta’kidlanadi Farg‘ona viloyati soveti nomiga 1919-yil 27-yanvarda yo‘llangan o‘ta shoshilinch ma’lumotnomada. O‘sha yil o‘rtalariga kelib esa Madaminbek qo‘l ostida 25.000 yigit sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib borgan. Bu paytda Shermuhammadbekda 20000 yigit, Katta Ergash qo‘rboshida bo‘lsa 15000=16000 yigit bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1998-yil avgust oyida Farg‘ona shahrida bo‘lgan mitingda Madaminbek shaxsiga, uning suronli hayotiga, bu millatparvar, isyonkor, oqil insonning taqdiriga munosib baho berib. sovet tuzumi davrida adolat va haqiqat uchun tinmay kurash olib borgan yurtparvarning suronli hayotiga quyidagi tarzda munosabat bildirdi: «Madaminbek muttaham, o‘g‘ri bo‘lmagan. Ozodlik, adolat uchun kurashgan»10Yosh Madaminbek tadbirkor lashkarboshi bo‘lish bilan birga, usta siyosatchi, mohir diplomat ham edi. U Farg‘ona vodiysidagi qo‘rboshilarni yagona qo‘mondonlik ostiga birlashtirdi, Buxoro amiri Said Olimxon (1881 – 1944) va Xiva xonligining amaldagi hukmdori Junaidxon (1857 – 1938) bilan qizil armiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun muzokaralar olib bordi. Samarqand viloyati istiqlolchilarning rahbarlari Bahrombek (? – 1922) va Ochilbek (taxminan 1883 – 1923) huzuriga o‘z vakillarini jo‘natdi. Afg‘oniston va Turkiyaga ham ishonchli kishilar yuborildi. Madaminbek Rossiyaning Koshg‘ardagi sobiq konsuli Uspenskiy va Buyuk Britaniyaning bosh konsuli P.Eserton orqali jahon sahnasiga chiqishga, Yevropa davlatlari hamda AQShdan bolsheviklarga qarshi kurash olib borish uchun iqtisodiy va harbiy yordam olishga intildi. Madaminbekning bu sa’y-harakatlari xalqaro maydonda sezilarli yutuqqa olib kelmasa ham, lekin Farg‘ona vodiysining o‘zida mustabid sovet rejimiga qarshi kuchlarni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Madaminbek tomonidan mohirona diplomatik siyosat yuritilganligi natijasida 1919-yil 22-oktyabrda uning boshchiligida Farg‘ona Muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzilgani vodiydagi vaziyatni istiqlolchilar foydasiga o‘zgartirib yubordi. Yagona, kuchli va malakali zamonaviy musulmon armiyasi tuzish ishlari qizib ketdi. 1919 yilning kech kuziga kelib, «Madaminbek qo‘l ostida salkam 30000 yigit» qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordi. Bu paytda «Shermuhammadbekda 20000 yigit», «Katta Ergash qo‘rboshida 8000 yigit bo‘lgan». Ana shu lashkarboshilar vodiydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdilar.


Sovet rejimi va bolsheviklar istiqlolchilarga qarshi kurashish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Turkiston fronti, Turkkomissiya, Turkbyuro, keyinchalik RK(b)P markaziy komiteti O‘rta Osiyo byurosi kabi turli tashkilotlar, komissiya va byurolar tuzilib, boz ustiga Rossiya markazidan doimiy ravishda Turkiston mintaqasiga yangi-yangi qizil askar qismlari tashlab turildi. Bu holat, xususan, Orenburg tiqini tugatilgach, avj olib ketdi.1920-yil yanvar oyining o‘rtalariga kelib, jangovar tashabbus qizil armiya qo‘liga o‘tdi.Harbiy tashabbus qo‘ldan ketganligini, har qadamda xiyonat ta’qib qilayotganini ko‘rgan Madaminbek o‘z yigitlari hayotini saqlab qolish maqsadida Farg‘onadagi sovet qo‘shinlari qo‘mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif etdi. Istiqlolchilar qo‘shinining Bosh qo‘mondoni Madaminbek bilan 2-Turkiston o‘qchi diviziyasining boshlig‘i N.A.Veryovkin-Roxalskiy o‘rtasida 1920- yil 6- martda Skobelev (hozirgi Farg‘ona) shahrida yarash bitimi imzolandi.Madaminbek bilan birga sovet hokimiyati tomoniga uning o‘nlab qo‘rboshilariva 3500 yigiti ham o‘tgan edi.Lekin Madaminbekning diplomatik tadbirlari bu gal samarasiz tugadi. Sovet qo‘mondonligi tomonidan muzokarala o‘tkazish uchun qo‘rboshilar orasiga yuborilgan Madaminbek Shermuhammadbekning roziligi bilan Xolxo‘ja Eshon tomonidan 1920- yil 14- mayda qirg‘izlarning Qorovul qishlog‘i atrofida xiyonatkorona o‘ldirildi.Madaminbek bilimdonligi va tashabbuskorligi, o‘zining demokratik qarashlari va harbiy salohiyati bilan boshqa qo‘rboshilardan ancha ustun turgan. U xalq orasida kuchli mehr-muhabbat va katta obro‘ga sazovor edi. Tabiiyki, millat mustaqilligi uchun kurashgan Madaminbek singari yurtparvarlar sovet rejimi uchun juda xavfli edi. Shu sababli ham Madaminbekning halok bo‘lishidan birinchi navbatda sho‘rolar manfaatdor bo‘lgan. Adolat yuzasidan aytganda, Madaminbekning ayrim ishlari ba’zi o‘zbilarmon qo‘rboshilar va ulamolarga ham yoqmas edi. Istiqlolchilik harakatidagi bunday ziddiyatli holatlar Madaminbek qismatining fojiali tugashida o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Madaminbek fojiali ravishda halok bo‘lgan bo‘lsa ham, uning porloq nomi Turkiston istiqlolchilari o‘rtasida tillarda doston bo‘ldi. Madaminbek haqida turli qo‘shiqlar to‘qilib, istiqlolchilar tomonidan kuylandi. Maxfiy arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, ana shunday qo‘shiq matnlarining biriga Munavvar Qori ancha sayqal bergach, bu qo‘shiq yana ham mashhur bo‘lib ketadi.
Madaminbekning qabri hozirgi Qirg‘iziston Respublikasi hududida, Oloy vohasidagi Shig‘ay qishlog‘idadir. Bu manzil XX asrning 20-yillaridan boshlab o‘zbek, qirg‘iz va boshqa turkiy xalqlarning ziyoratgoh maskaniga aylangan. Qabr ustiga o‘rnatilgan marmartoshda «Turing begim, gunohlarni yuvaylik, bosqinchini Ona yurtdan quvaylik!» degan she’riy bitik lotin imlosida o‘zbek tilida o‘yib yozilgan. She’riy matn ostida qilichning rasmi aks ettirilgan.Madaminbek yurt ozodligi va istiqloli uchun kurashda qurbon bo‘ldi. U o‘z o‘limi bilan bugungi Mustaqilligimizga poydevor qo‘ydi, hozirgi istiqlol kunlarimizni yaqinlashtirdi.11


Download 89,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish