Tadqiqot mavzusining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining
ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi.
Tadqiqot Alisher Navoiy
nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari
rejasiga muvofiq “Oʻzbek tili sistemaviy tadqiqi” yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor
yoʻnalishlariga mosligi.
Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalari
rivojlanishining I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy,
huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion
gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari» ustuvor
yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |