5
KIRISH (Falsafa doktori PhD dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va ahamiyati.
XXI asrga kelib jahon ilm-
fan taraqqiyotida turli sohalarning integratsiyalashuvi kuchaydi. Tildan amaliy
foydalanishning samaradorligini oshirishga moʻljallangan qator tarmoqlarning
hamkorligi yuzaga keldiki, ularning pirovard masalasida inson omili turadi. Xoh
psixologik, xoh huquq, xoh sotsial soha boʻlsinki, bu boradagi ilmiy tadqiqot
natijalari jamiyat hayotini yaxshilashga qaratilgan. Fanning turli tarmoqlarida
tilshunoslik amaliy jihatdan ishlay boshladi. Ushbu jarayon tilshunoslikda qator
yangi yoʻnalishlarning shakllanishi va antroposentrizm nazariyasiga asoslangan
qator tadqiqotlarning yuzaga kelishiga sabab boʻldi.
Fan-texnikaning taraqqiyoti insoniyat uchun ijobiy xususiyatlari bilan bir
qatorda salbiy jihatlariga ham egadir. Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan
muallifi noma’lum bo‘lgan va muammoli deb topilgan diniy-ekstremizm, terrorizm,
turli yo‘nalishdagi tahdid va da’vat xarakteridagi yozishmalar insoniyat ma’naviy
ongiga salbiy ta’sir etib kelmoqda. Sud-huquq tizimida muammoli deb topilgan
bunday yozishmalarni xatshunoslik ekspertizasi, psixologik ekspertiza kabi sohalar
tahlilga tortishdi. Ammo muammoning to‘la va izchil yechimiga ehtiyoj sezila
boshladi. Inson qadr-qimmati, obro‘yi va nufuziga ta’sir etuvchi; tahqirlovchi;
tahdid qiluvchi; oilasi, dini, millatiga qarshi kurashishga da’vat etuvchi kabi
munosabatga ega yozishmalar muammoli obyektga aylanmoqda. Sud-huquq
tizimida shu kabi qator muammolarni hal etishda tilshunoslik va huquqshunoslik
fanlarining ilmiy-nazariy yechimlariga boʻlgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda.
Natijada, huquq va tilshunoslik sohalarining integratsiyalashuvi yuzaga keldi va bu
amaliy tilshunoslik tarkibida lingvistik ekspertiza yo‘nalishining shakllanishiga
sabab bo‘ldi.
Ma’lumki, huquq sohasida jinoyat turlari koʻp. Shuning bir turi boʻlmish nutqiy
nizolar oʻzining tabiati boʻyicha nutqiy jinoyatdir, ularning boshqa jinoyatlardan
farqi shundaki, ularda jinoyat quroli sifatida til chiqmoqda, bu esa kutilmagan
oqibatlarga olib kelishi mumkin
1
. Shunday paytda huquqshunoslik sohasida toʻla,
mustahkam bilimga ega tilshunosga talab ortadi. Fan-texnika taraqqiyoti ijobiy
natijalardan tashqari salbiy ta’sirlarga ham ega boʻlmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda
diniy ekstremizm, terrorizm, turli da’vat va tahdid kabi mavzularga oid muammoli
yozishmalar yuzaga kelmoqda. Bu esa isnosiyat ma’naviy ongiga oʻz ta’sirini
oʻtkazmoqda. Ana shunday muammoli shaxsiy yozishmalar yoki anonim xatlarni
lingvistik jihatdan tahlil qilish masalaga ancha oydinlik kiritadi. Ya’ni shaxsiy
yozishmalardagi har bir jumlaning leksik-semantik tahlili, psixologik ta’siri,
pragmatik xosligini aniqlash va ularning inson sha’ni, qadr-qimmatiga daxldorligini
oʻrganish kabi tahlillar sud tizmidagi muammoli vaziyatlar yechimiga katta yordam
beradi.
1
Шахабитдинова Ш.Ҳ., Содиқова М.Ш., Ахмедова М.Т., Юлдашева Ш.Х., Исмоилов Х.Т.,
Камолходжаева С.С., Қурбонов Э.Э., Ахунов М.М. Ўзбек суд лингвистикаси. –Aндижон: 2020. – 12
б.
6
Dastavval, “huquq va til” munosabati XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga
keldi hamda, eng avvalo, AQSH VA Gʻarbiy Yevropada rivojlandi
2
. Bu borada
yillar davomida keng tadqiqotlar olib borildi. Oʻzbekiston Respublikasida esa bu
yangi soha hisoblanadi. Sud ekspertizasida yangilik sifatida yozuvning shakliga
qarab emas, balki nutqiy hosilalarning semantik-sintaktik xususiyatlari, nutq
vaziyatiga muvofiqligi va birliklarning emotsional ta’sir kuchi kabi holatlarni
lingvistik tahlil qilishdan iboratdir. Demak, bu sohada nazariy asoslar yetarlicha,
ammo unga amaliy jihatdan yondashish ekspert tilshunos oldidagi ustuvor vazifadir.
Shu asosda yuridik lingvistikaning tarmogʻi boʻlmish lingvistik ekspertizani
tilshunos ma’lum bir xonada nazariy asoslar bilan emas, balki xalq orasiga kirib,
OAVlari, reklama matnlari, savdo markalari, korrupsiya, ekstremizm, da’vat, tahdid
yoʻnalishidagi turli matnlarning lingvistik tahlilini olib borishi, uni toʻla tushunishi,
anglashi va asoslashi zarur. Oʻzbek tilshunosligida bu sohada bir nechta tadqiqotlar
olib borilyapti, bularning aksariyati huquqshunoslik bilan bogʻliq. Bizningcha,
amaliy tilshunoslik tarmogʻi sifatida shaxsiy yozishmalarda lingvistik ekspertizani
amalga oshirish bugungi rivojlanayotgan asrimiz uchun dolzarb mavzulardan biridir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud huquq
tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilish kafolatlarini kuchaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4850-son farmoni,
2017-yil
7-fevraldagi
PF-4947-son
“Oʻzbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni, 2017 yil 16
fevraldagi PF–4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni yanada
takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni, 2017-yil 20 apreldagi PQ–2909-son “Oliy
taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son
“Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu ilmiy-tadqiqot ishi muayyan
darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: