Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oʻzbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy
xoslanishi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Qardosh turkiy tillar qatorida oʻzbek tili matnlarida lingvistik ekspertiza
oʻtkazish jarayoni bilan bogʻliq tadqiqot natijalarini zamonaviy tilshunoslik nuqtai
nazaridan lingvistik tadqiqotlar sirasida ilmiy-ta’limiy jarayonga tatbiq etish;
shaxsiy yozishmalardagi noadabiy unsurlarga doir terminlarni fanga olib kirish;
shaxsiy yozishmalardagi noadabiy leksik, grammatik va fonetik unsurlarni aniqlash
metodlarini ilmiy asoslash; muammoli yozma matnlar muallifini aniqlashda
lingvistik ekspertiza asosiy vositalardan biri ekanligini ilmiy asoslash va tasdiqlash;
shaxsi noma’lum yozishmalar muallifini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish; oʻzbek
tilidagi shaxsi noma’lum yozishmalarda qoʻllangan noadabiy unsurlarni tahlil qilish
orqali matn muallifining hududiy mansubligini aniqlashning nazariy va amaliy
asoslarining ishlab chiqilishi yuzasidan xulosalardan Oʻzbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-
tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida
funksional soʻz yasalishi” (“Funksionalnoe slovoobrazovanie v sovremennom
karakalpakskom yazыke”); FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik
tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzularidagi fundamental va amaliy ilmiy loyihalarda
foydalanildi.(Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston
boʻlimining 2021-yil 25-avgustdagi №17-01/234-son ma’lumotnomasi). Natijada,
2016-yil 21-oktabrdagi “Sud huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4850-son farmoni, 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son
“Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi
toʻgʻrisida”gi farmoni, 2017 yil 16 fevraldagi PF–4958-son “Oliy oʻquv yurtidan
keyingi taʼlimni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni, 2017-yil 20
apreldagi PQ–2909-son “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada
takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125 “Sud
ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” gi qarorlarida belgilangan
masalalarning ijrosi ta’minlangan
.
Dissertatsiyada keltirilgan sud ekspertiza tizimida shaxsiy yozishmalardagi
inson obroʻ-e’tiboriga putur yetkazuvchi vulgar va qargʻish soʻzlarga doir,
muammoli yozma matnlarning anonimik xususiyatlari va egasini aniqlash, matn
muallifining hududiy mansubligini ochish va lingvistik ekspertizada qoʻllaniladigan
inson fe’l-atvori tabiatini namoyon etuvchi terminlardan OT-2019-42 raqamli
“Oʻzbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy
11
timsollar tasviri) mavzusidagi amaliy grand loyihasida foydalanilgan.(Oʻzbekiston
Respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2021-yil 27-sentabrdagi №
04/1-1756-son ma’lumotnomasi) Natijada, sud ekspertiza, lingvistik ekspertiza,
xatshunoslik ekspertizasi tizimida qoʻllaniluvchi inson fe’l-atvoriga oid terminlar
loyihani boyitish uchun xizmat qilgan.
Lingvistik ekspertizada turli koʻrinishdagi konfliktli matnlarda shaxs
nutqining xarakterli xususiyatlarini aniqlash, lingvistik ekspertizaning bir obyekti
sanalgan anonim xatlarda nutqning xosanishi, nutqiy vaziyatni yuzaga keltiruvchi
omillar va ushbu omillarning roli va ahamiyati masalasiga oydinlik kiritish,
shuningdek, yangi soha sifatida lingvistik ekspertizani oʻrganish, tadqiq etish va turli
konfliktli matnlarni lingvistik ekspertiza qilish haqidagi xulosalardan 2021-yil 20-
oktabr kuni “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Bugunning gapi” koʻrsatuvida
dasturlar
ssenariysini
tuzishda
foydalanildi.(Oʻzbekiston
milliy
teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali” davlat muassasi 2021-yil
20-oktabr №01-16/207-son ma’lumotnomasi) Natijada, amaliy tilshunoslik va sud-
huquq tizimida yangilik sifatida lingvistik ekspertizaning mohiyati, amaliy
ahamiyati, vazifalari va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni masalalari haqidagi
ma’lumotlar jamoatchilikka yetkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |