Tadqiqotning amaliy va nazariy ahamiyati.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati
shundaki, tilshunoslikda mavjud nazariyalarning amaliyotdagi rolini oshirishga
koʻmaklashadi. Oʻzbek tilshunosligi va yurisprudensiyasida lingvistik
ekspertizaning rivojlanishiga turtki beradi. Turli muammoli matnlarda lingvistik
ekspertizani belgilash, shuningdek, ekspert qarorlarini xulosalashga yordam beradi.
Tadqiqotning amaliy va nazariy natijalari ham tilshunoslikka, ham sud-huquq
tarmoqlarida birdek ahamiyatga ega boʻladi. Oliy ta’lim muassasalari yuridik va
filologiya fakultetlarida oʻquv najmua, amaliy qoʻllanma vazifasini bajaradi va shu
bilan bir qatorda amaliy tilshunoslikning rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshadi.
Yurislingvistikaga oid keyingi tadqiqotlarda dasturulamal vazifasini oʻtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |