birinchi
fazilati. O„tmishi buyuk xalq
kelajagi ham buyuk bo„lishiga ishonadi.
Ikkinchi
fazilati shundan iboratki, ma‟rifatli xalq izlanuvchan va bunyodkor
bo„ladi. Har qanday qiyinchiliklardan cho„chimaydi, kuch-quvvat, katta iroda sohibi
bo„ladi. To„siqlarni yengib yashaydi. Eng og„ir va ziddiyatli paytlarda ham istiqbolini
aniq ko„ra oladi. Unga yetishmoq yo„llarini topa biladi.
Uchinchidan
, ma‟rifatli, yuksak ma‟naviyatli xalq milliy birlik, milliy yaxlitlik
namunasini ko„rsatadi. Jamiyat qarama-qarshiliklarini, turli ziddiyatli kuchlarni yenga
oladi. Millat yaxlitligi orqali manfaatlar yaxlitligiga erishadi. Bunday xalqni yengib
o„tadigan kuch bo„lmaydi.
Mustaqillikning o„tgan davri – tarix bilan qiyoslaganda bir lahza. Biroq
istiqlolning murakkab, dolg„ali, ziddiyatli bir paytida xalqimiz boy ma‟naviyatini,
bunyodkorlik iqtidorini, beqiyos irodasini yaqqol namoyon qildi. Ayni ana shu
muddatda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar salmog„i va ko„lami bilan bir
necha o„n yilliklarga teng keladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni
ta‟minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq ittifoq bir-biriga ulab tashlagan
moddiy zanjirlar uzilgach, ularning o„rnini qoplaydigan yangi imkoniyatlarni izlab
topish lozim edi. Eng mushkul paytlarda aholini ijtimoiy muhofazalash bilan birga
jahon hamjamiyatiga yo„l qidirish, dunyoni o„rganish, o„z imkoniyatlarini olam ahliga
ko„rsatish singari tajribamizda ko„rilmagan, mashaqqatli vazifalarni ham uddalash
kerak edi. Ma‟lumki, mustaqil taraqqiyot o„z qobig„iga o„ralib yashash emas,
aksincha, jahon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlash, dunyodagi rivojlangan,
taraqqiy topgan mamlakatlar bilan tengma-teng turib gaplashish, o„z mavqeyi va
nufuzini topa bilish kabi og„ir masalalar yechimini ham taqozo etar edi.
Hukumatimiz ana shunday bir vaziyatda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik
yo„lini tanladi va bu borada sobitqadamlik bilan faoliyat ko„rsatmoqda. Natijada qisqa
fursatda xorijda O„zbekiston haqida, o„zbek xalqi to„g„risida to„la tasavvur shakllandi.
Yurtboshimizning beqiyos siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy va aqliy imkoniyatlari tan
olina boshlandi. Chet eldagi hamkorlar O„zbekiston bilan o„zaro manfaatli
munosabatlarini yo„lga qo„yish mumkin va zarurligini tushunib yetdilar.
596
Mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlarni sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan
yosh mustaqil mamlakatlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiyoslaganda uning
miqyosi va ko„lami yana ham yorqinroq ko„zga tashlanadi. Boshqacha qilib aytganda
xalqimiz bosh islohotchi – davlatimiz rahbarligida eng to„g„ri yo„lni tanlay olganiga
va unda sobitqadamlik hamda kelajakka qat‟iy ishonch bilan borayotganini ko„rsatadi.
O„zbekiston ahli bu yo„ldagi g„ovlarni, turli-tuman qiyinchiliklarni, tabiiy va
sun‟iy to„siqlar, qarama-qarshiliklarni katta sabot va iroda kuchi bilan yengmoqda. Bu
xalqimizning ma‟naviy qudratidan dalolat beradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar xususida gapirar
ekanmiz, jahonning hozirgi eng rivojlangan mamlakatlari boshidan kechirgan o„tish
davriga nazar tashlasak, qo„lga kiritgan yutuqlarimiz naqadar ulug„vor ekaniga yana
bir bor guvoh bo„lamiz.
Qolaversa, mustaqilligining 40, 50 yillik sanalarini nishonlayotgan Osiyo va
Afrikadagi ayrim davlatlar hamon rivojlanish yo„llarini aniq-ravshan tanlab
olganlaricha yo„q. Ularda jamiyat taraqqiyotining aniq konsepsiyalari va tamoyillari
mavjud emas. Hamon ishlab chiqarishda beqarorlik, iqtisodiy hayotda parokandalik
yuz bermoqda. Umuman olganda, O„zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor
munosabatlariga o„tish, jamiyatni tubdan isloh qilish, mustaqil taraqqiyotni bir
maromda ta‟minlashning evolutsion jarayoni hozirgi zamon davlatchiligi va
boshqaruvi tajribasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |