Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet415/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari 

 

– «Turkiston» gazetasi 



– «Молодёж Узбекистана» gazetasi 

– «Yosh kuch» jurnali 

– «Sirli olam» jurnali 

– «Yoshlik» jurnali 

– «Tong yulduzi» gazetasi 



 

520 


– «Класс» gazetasi 

– «Sinfdosh» jurnali 

– «G„uncha» jurnali 

– «Gulxan» jurnali 

 

* * * 

Iste‟dodli  yoshlarni  saralash,  tanlash  va  ularga  yordam  berib,  xorijiy 

mamlakatlarda  o„qib,  dunyoviy  tajribalarni,  jahon  taraqqiyotini  o„rganishlari 

maqsadida 1997-yil 7-yanvarda «Umid» jamg„armasi tuzildi. 

Albatta,  yoshlarni  yangilanayotgan  demokratik,  insonparvar  jamiyatga  munosib 

qilib tarbiyalash o„z navbatida ular ijtimoiy kafolatini ham ta‟minlashni taqozo qiladi. 

Bu borada O„zbekiston istiqlolga erishgandan so„ng respublikada yoshlarning ijtimoiy 

kafolati  uchun  shart-sharoit  yaratib  berishga  qaratilgan  yoshlarga  oid  siyosat  ishlab 

chiqilishi  muhim  ahamiyatga  ega  bo„ldi.  Masalan,  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Kengashining  1991-yil  20-noyabrda  bo„lib  o„tgan  sessiyasida  «O„zbekiston 

Respublikasida    yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari  to„g„risida»  Qonun  qabul 

qilindi. Bu qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining maqsadi belgilanib «Yoshlarga 

oid siyosat  O„zbekiston  Respublikasi davlat  faoliyatining ustuvor    yo„nalishi  bo„lib, 

uning  maqsadi  yoshlarning  ijtimoiy  shakllanishi  va  kamol  topishi,  ijtimoiy  iqtidori 

jamiyat  manfaatlari  yo„lida  imkon  boricha  to„la-to„kis  ro„yobga  chiqishi  uchun 

ijtimoiy-iqtisodiy,  huquqiy,  tashkiliy  jihatdan  sharoitlar  yaratish  hamda  ularni 

kafolatlashdan iboratdir», – deyiladi. Shuningdek, ushbu hujjatda yoshlarga oid davlat 

siyosatini  amalga  oshirishga  mo„ljallangan  tashkiliy  tadbirlar  ham  ko„zda  tutildi. 

Qonun esa 1992-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. Korxona, muassasa va tashkilotlar bu 

borada aniq amaliy tadbirlar belgiladilar. Respublikada qonunning bajarilishiga katta 

e‟tibor berildi. 

Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, respublika Prezidenti birgina 1992-1993-yillarda 

yoshlar ijtimoiy kafolatini ta‟minlash va ular iste‟dodini kamol toptirish maqsadida 14 

ta  Farmon  qabul  qildi.  Ularda  o„quvchi-yoshlar    va  talabalarning  moddiy  ahvolini 

yaxshilashdan  tortib,  yoshlar  iste‟dodini  ham  moddiy,  ham  ma‟naviy  rag„bat-

lantirishgacha  bo„lgan  tadbirlar  ko„zda  tutildi.  Masalan,  Prezidentning  1993-yil  5-

fevralda  qabul  qilgan  «O„zbekistonda  o„quvchi  yoshlarni  rag„batlantirish  choralari 

to„g„risida»gi  Farmonida  «o„quvchilarning iste‟dodlarini namoyon qilish va  ijtimoiy 

qobiliyatlarini  rivojlantirishga,  ularda  mustaqil  O„zbekiston  fuqarosining  yuksak 

ma‟naviy  fazilatlarini  shakllantirishga  muhim  ahamiyat  berib,  oxirgi  yil  o„qiyotgan 

talabalar  va  aspirantlar  –  butun  o„qish  davridagi  a‟lochilar  hamda  tadqiqotchilik 

faoliyatini    muvaffaqiyatli  amalga  oshirayotganlar  uchun  O„zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining davlat stipendiyalari ta‟sis etilsin», – deyiladi. 

Bugungi  kunda  ko„plab  talaba  va  aspirantlar  ana  shunday  mukofotga  sazovor 

bo„lmoqdalar.  Yoshlar  ijtimoiy  kafolatiga  doir  joylarda  ma‟lum  tajribalar  to„plandi. 

Masalan,  Qoraqalpog„iston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  1993-yil  yanvar  oyida 

Yoshlar  siyosati  bo„yicha  Qonun  qabul  qildi.  Viloyat  hokimliklari  O„zbekiston 



 

521 


Respublikasi  Vazirlar  Kengashining  1992-yil  4-dekabrdagi  568  sonli  Qarori  asosida 

viloyatlarda  va  tumanlarda  yoshlar  ishlari  bo„yicha  hokimlar  raisligida  Kengashlar 

tuzildi. Hokimliklar tomonidan davlatning yoshlar siyosatini ro„yobga chiqarishda bir 

qator ishlarni amalga oshirdilar. Masalan,  Toshkent viloyatida yoshlar siyosatiga oid 

Dastur qabul qilindi. Yosh ijodkorlarning uy-joy sharoitini yaxshilash uchun hokimlik 

82 xonali uyni yosh ijodkorlarga foydalanishga berdi. 

Qoraqalpog„iston  respublikasi,  Xorazm,  Qashqadaryo,  va  Buxoro  viloyatlarida 

ham yosh ijodkorlarga uy-joy berildi.  

Xorijda  o„qib  kelgan  yosh  mutaxassislarning  har  ikki  yilda  o„tkaziladigan  ilmiy 

konferensiyasi  an‟anaga  aylanib  qoldi.  Birgina  2006-yili  «Iste‟dod»  jamg„armasi 

homiyligida o„tkazilgan ilmiy anjumanda 500 ga yaqin yosh mutaxassis o„z ma‟ruzasi 

bilan ishtirok etdi. 5 ta yo„nalishda o„tkazilgan ushbu anjumanda g„oliblar 5 ta amaliy 

mukofot bilan taqdirlanishdi. 

Xulosa  qilib  aytganda  O„zbekistonday  yoshlar  mamlakatida  yoshlar  siyosati, 

ularga  katta  ishonch  sifatida  qaralishi  millat  istiqboliga  yuksak  ishonch  borligidan 

dalolat beradi. 

 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish