Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet423/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

528 


S a k k i z i n c h i  b o b.

 

 



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JAHON 

HAMJAMIYATIGA QO„SHILISHI 

 

1-§. Mustaqil O„zbekistonning BMTga qabul qilinishi,  uning tarixiy ahamiyati 

 

Tariximizning  ana  shu  o„tgan  davrini  aniqrog„i  16  yillik  mustaqil  taraqqiyotimiz 



sarhisob  qilinar  ekan, tashqi  siyosat va    diplomatik    xizmatni  shakllantirish  borasida 

amalga oshirilgan keng ko„lamli ishlarni ham alohida qayd qilish lozim. 

Ta‟kidlash  joizki,  mustaqillik  davrigacha  respublika  Tashqi  ishlar  vazirlgi 

apparatida  bor  yo„g„i  10  –15  nafar  xodim  bo„lib,  ular  nomigagina  vazifasi 

hisoblangan  ishlar,  ya‟ni  protokol  majburiyatlari  va  turli  tadbirlar,  asosan  chet  ellik 

mehmonlarni  qabul  qilish  bilan  shug„ullanardi,  xolos.  O„sha  davrda  tashqi  ishlar 

vaziri  lavozimida  ishlagan  bir  amaldor  ayni  paytda  kommunal  sohasini  ham 

boshqarganining o„ziyoq bu masalaga qanday yuzaki qaralganini ko„rsatib turibdi. 

Istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab o„ta muhim tashqi siyosiy masalalarni hal 

qilishga, davlatlararo siyosiy va iqtisodiy munosabatlar sohasida eng maqbul yo„llarni 

topishga to„g„ri keldi. 

G„oyat qisqa fursatda bu sohada  Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar 

qo„mitasi, keyinchalik esa, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va  boshqa  qator davlat 

boshqaruv organlari tuzildi, diplomatik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi 

yaratildi. 

Mustaqillikka  qadar  yurtimizda  birorta  ham  xorijiy  davlat  elchixonasi  yo„q  edi. 

Hozirgi  vaqtda  chet  ellarda  mamlakatimizning  48  ta    diplomatik  vakolatxonasi  bor. 

O„zbekistonda esa 86 ta elchixona va savdo vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan. 

Mamlakatimizning  qulay  geosiyosiy  o„rni,  uning  birinchi  navbatda  o„z  milliy 

manfaatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur o„ylangan, 

mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati tomonidan e‟tirof 

etilishi, xalqaro maydonda obro„-e‟tiborining ortib borishini ta‟minladi. 

Keyingi  davrlarda  o„ziga  obro„  topmoqchi  bo„lgan  «ko„p  vektorlik  siyosati»  olib 

borish  degan  turli  qarash  va  yondashuvlar  haqida  chiqishlar  bo„lmoqda.  Bugungi 

kunda  mamlakatimiz  olib  borayotgan  tashqi siyosatning tag-tomirida  hech  kimga  sir 

bo„lmagan  bir  sir  turibdi  –  O„zbekiston  manfaati  va  yana  bir  bor  O„zbekiston 

manfaati.  Bizning  bu  sohadagi  barcha  qadam  va  harakatlarimiz  faqat  ana  shu  ezgu 

maqsadni amalga oshirishga qaratilgan, desam, ayni haqiqat bo„ladi. 

Hozirgi kunda O„zbekiston Birlashgan Millatlar  Tashkiloti, Islom  Konferensiyasi 

tashkiloti,  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti,  Yevroosiyo  iqtisodiy 

hamjamiyati,  Shanxay  hamkorlik  tashkiloti,  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo„stligi  kabi 

nufuzli  xalqaro  tashkilotlar  va  qator  ixtisoslashgan  xalqaro  tuzilmalar  ishida  faol 

ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta‟minlash, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan 

holi  hudud  barpo  etish,  narkotik  moddalarning  noqonuniy  aylanishi  bilan  bog„liq, 




 

529 


shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish 

ishiga salmoqli hissa qo„shmoqda. 

 

* * * 

Jahon amaliyotidan ma‟lumki, har bir mustaqil davlat, ayniqsa, mustaqil taraqqiyot 

yo„liga  kirgan  mamlakatlar,  hech  qachon  o„z  qobig„iga  o„ralib  rivojlanmagan. 

Aksincha,  mustaqil  rivojlanish  yo„lini  tanlashi  bilanoq  jahon  hamjamiyatiga 

qo„shilish  orqali  o„z  taqdirini  belgilagan.  Shuning  uchun  ham  O„zbekiston  mustaqil 

davlat  maqomiga  ega  bo„lgach  jahon  hamjamiyatiga  qo„shilish  yo„lini  tutdi.  Bu 

borada  mamlakatda  olib  borilgan  amaliy  ishlarni  tasavvur  qilishdan  oldin  XXI  asr 

arafasidagi  ijtimoiy-siyosiy  jarayon  va  xalqaro  vaziyatga  qisqagina  nazar  tashlash 

lozim. 

Ma‟lumki,  ilgari  jahonda ikki  qarama-qarshi  sistema  –  SSSR  va  AQSH  yetakchi 

bo„lgan g„oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim, ikki blok mavjud edi. Dunyoning 

xavfsizlik  tizimi  ham  xuddi  shu  ikki  blokning  o„zaro  muxoliflik  muvozanatiga 

asoslangan edi. 

1991-yilda  Sovet  Ittifoqi  tarqalib  ketgach,  yangi  –  g„oyat  murakkab  va  qaltis  bir 

davr yuzaga keldi. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat edi. 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish