Termiz shahrining
2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimda so‘zlangan nutq,
2002-yil 2-aprel
Qashqadaryo vohasining zumrad gavhari
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun qadimiy Kesh vohasida katta bayram, katta tantana.
Alloh nazari tushgan Vatanimiz tarixining eng ko„hna va teran ildizlaridan biri
bo„lgan qadimiy va doimo navqiron Shahrisabz bugun o„zining 2700 yillik qutlug„
to„yini nishonlamoqda. Dunyoga o„zining ko„rk-u kamoli, qaddi-bastini namoyon
qilmoqda.
Bu go„zal shahar bugun mana shu zaminning umrboqiy qadriyatlarini, O„zbekiston
deb atalmish yurtimizning naqadar qadimiy va muqaddasligini butun jahonga
namoyon etmoqda.
Qadrli do„stlar!
Shahrisabz deganda, biz, avvalo, olis zamonlarda ajdodlarimiz yashagan, tarixda
goh Gava So„g„da, goh Nautaka, goh Kesh deb nom olgan qadimiy makonni tasavvur
qilamiz.
Bu shahar o„zining uzoq o„tmishi davomida ne-ne kunlarni ko„rmadi. Tarix
to„fonlari, bosqinlar oqibatida necha bor vayronaga aylanib, kultepalar ustidan necha
bor qayta tiklandi.
Ammo na zamonning murakkab sinovlari, na istilo-yu urushlar, na tabiiy ofatlar bu
shaharni tarix sahifasidan o„chira olmadi.
Shu tabarruk zaminda dunyoga kelib, uning tarbiyasini olib voyaga yetgan, doimo
mag„rur bo„lib yashagan insonlar ming yillar davomida mardlik va bunyodkorlik
namunalarini dunyoga namoyon etib keldi.
Shahrisabz deganda, dastavval, xayolimizda o„zining aql-zakovati, beqiyos
salohiyati bilan jahonni hayratga solgan Amir Temur bobomizning o„lmas siymosi
jonlanadi.
502
Shahrisabz bu ulug„ zotning beshigini tebratgan, uni kamolga yetkazgan mo„tabar
maskandir.
Bobokalonimizning
el-ulusni
birlashtirish,
ona
diyorimizni
bosqinchilardan ozod qilishida, jahon tarixida o„chmas iz qoldirgan buyuk va qudratli
davlat qurishida aynan shu zamin unga kuch-quvvat va madad bergan. Amir Temur
bobomiz Shahrisabz va Kesh vohasini joni-dilidan sevgan, qadrlagan, hatto o„z
saltanatining poytaxti qilmoqchi bo„lgan. Bu yerda qanchadan-qancha go„zal va
betakror inshootlarni barpo etib, shaharni qayta qurib, butun dunyoga tanitgan, uning
rivojiga cheksiz hissa qo„shgan.
Sohibqironning: «Kimki bizning qudratimizni bilmoqchi bo„lsa, biz qurgan
imoratlarni kelib ko„rsin», degan so„zlari bugun ham o„z ma‟no-mazmunini yo„qotgan
emas.
Shahrisabz deganda, tasavvurimizda, avvalo, mangu yashil shahar, yulduzlarga
to„la beg„ubor osmon, yuksak Hisor tog„lari namoyon bo„ladi.
Va, tabiiyki, Shahrisabz deganda, biz «Ilm-u adab qubbasi» deb e‟tirof etilgan ilm-
fan, madaniyat va nafosat maskanini anglaymiz. Bu shahar qadim-qadimdan o„zining
qo„li gul ustalari, mohir hunarmandlari bilan shuhrat qozongan.
Mana shu zaminda qad ko„targan, yetti iqlimga ma‟lum va mashhur Oqsaroy,
Dorus-saodat, Dorut-tilovat, Ko„kgumbaz kabi muhtasham obidalar va boshqa
betakror me‟moriy yodgorliklar, shu tuproqdan topilgan noyob osori-atiqalar bu
haqiqatni yaqqol tasdiqlaydi.
Shu muborak yurt farzandlari bo„lgan Abu Muhammad Keshiy, Shamsiddin Kulol
va Hazrati Bashir kabi aziz-avliyolar, Firoqiy va Xiromiy, Ravnaqiy va Faqiriy
singari shoir-u allomalar Shahrisabz dovrug„ini dunyoga taratgan.
Jahon madaniyati xazinasiga beqiyos hissa qo„shgan Xusrav Dehlaviy, Mirzo
Bedil, Mirzo G„olib kabi mumtoz siymolarning nasl-nasabi Shahrisabz zaminidan
chiqqani ham bu tuproqning ilohiy xosiyatidan dalolat beradi. Shu o„rinda, aziz
do„stlarim, sizning e‟tiboringizni sirli bir alomatga qaratmoqchiman.
Jahongir Mirzo maqbarasi yonida bugun ham yashnab turgan qadimiy chinorlarni
ko„pchiligimiz ko„rganmiz. Men har gal bu yerda bo„lganimda, bunday daraxtlar faqat
muqaddas joylarda o„sadi, degan fikr beixtiyor ko„nglimdan o„tadi. Balki bu
chinorlarning niholini bir paytlar Amir Temur bobomiz o„z qo„li bilan ekkan bo„lsa,
ajab emas, deb o„ylayman.
Va Shahrisabzning muqaddas timsollari bo„lmish bu azamat daraxtlarni ilohiy bir
kuch asrab, bugungi va kelajak avlodlarga yetkazib kelayotgandek tuyiladi.
Aziz do„stlar!
Bugun Shahrisabz fayz-u tarovati bilan ko„zlarni qamashtirib, jahon e‟tiborini
o„ziga qaratib turibdi. U jahon sivilizatsiyasining eng qadimiy shaharlaridan biri
sifatida nufuzli xalqaro tashkilot bo„lmish YuNESKO tomonidan e‟tirof etilgan va
Butunjahon merosi ro„yxatiga kiritilgan.
Hech shubhasiz, Shahrisabz va Qashqadaryo vohasining naqadar katta tarixiy va
madaniy merosga ega ekani, uning betakror yer osti va yer usti boyliklari haqida
503
gapirishimiz bugun albatta o„rinlidir. Bugun bu haqiqatni nafaqat Markaziy Osiyo
mintaqasi, balki butun dunyo tan olmoqda.
Lekin mendan bu yurtning eng haqiqiy boyligi haqida so„rasa, hech ikkilanmasdan,
Yaratganning nazari tushgan bu yurtning asosiy boyligi mana shu zaminda
yashayotgan bag„rikeng, mard va oriyatli, ko„p-ko„p qiyinchilik va sinovlarda
toblangan, yaxshilikni hech qachon unutmaydigan Qashqadaryo eli va xalqi, deb
javob bergan bo„lur edim.
Men siz, Qashqadaryolik qadrdonlarim bilan yelkama-yelka, hamfikr bo„lib
mehnat qilgan, hayotimning aziz damlariga aylangan kunlarimni hech qachon
unutmayman. O„sha murakkab davrda sizlar menga bildirgan hurmat va ishonchni,
ta‟bir joiz bo„lsa, menga qanot berganingizni umrbod minnatdorlik bilan eslayman.
Qadrli vatandoshlar!
Bizning istiqlol yillarida Shahrisabz markazida sohibqiron Amir Temur
bobomizning muazzam haykalini tiklaganimiz, bu muborak zaminda yotgan buyuk
zotlarning maqbaralarini obod qilib, ajdodlarimiz ruhi oldidagi farzandlik burchini
ado etganimiz yangi tariximizdagi katta unutilmas voqeadir.
Bu yurtning chiroyiga chiroy, salohiyatiga yana salohiyat qo„shadigan ibratli
ishlarni davom ettirishimizga hech qanday shubha yo„q. Va Shahrisabz nafaqat
dehqonchilik, sanoat, hunarmandchilik va madaniyat maskaniga, balki butun
dunyodan ziyoratchi va sayyohlar oqib keladigan go„zal va zamonaviy shaharga
aylanishi muqarrar.
Bu yil Shahrisabz, butun Qashqadaryo ahlining barcha sohalarda omadi keldi. Men
fursatdan foydalanib, qishloq xo„jaligi uchun tabiiy sharoit og„ir bo„lgan mana shu
mavsumda belni mahkam bog„lab, fidokorona mehnat qilgan, mamlakatimizda eng
ko„p – 684 ming tonnadan ziyod g„alla, 420 ming tonnadan ortiq paxta hosili
yetishtirgan azamat dehqonlarni, siz lafzi halol qashqadaryoliklarni qo„lga kiritgan
ulkan g„alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman va o„zimning cheksiz
hurmatimni bildiraman.
Hurmatli do„stlar!
Mana shu unutilmas, quvonchli kunda mening suyanchim, tayanchim bo„lgan siz,
Qashqadaryo yoshlariga, sizning timsolingizda butun O„zbekiston yoshlariga bir
da‟vat bilan murojaat qilmoqchiman.
Aslida bu mening da‟vatim emas, balki ulug„ ajdodlarimizning bizga qoldirgan
o„lmas ma‟naviy o„gitlaridir. Men shu da‟vatni sizlarga yana bir marta
eslatmoqchiman.
G„urur-iftixorimiz timsoli bo„lmish Amir Temur bobomizning xuddi shu zaminda
turib, kelgusi nasllarga qarata aytgan «Biz kimmiz, kimlarning avlodimiz?» degan
so„zlari hech qachon yodingizdan chiqmasin.
Toki yuragingizda o„t, bilagingizda kuch-qudrat bor ekan, O„zbekiston jahon
hamjamiyatida o„z o„rnini egallab borayotgan bugungi kunda ana shu da‟vatga
hamisha munosib bo„ling.
504
Biz dunyoda hech kimdan kam bo„lmaymiz, deb ko„targan istiqlol bayrog„ini,
hurriyat bayrog„ini sizlar yanada baland ko„tarasiz, deb ishonaman.
Aziz vatandoshlarim!
Men ushbu hayajonli lahzalarda Shahrisabz elini, butun xalqimizni bugungi
shodiyona bilan yana bir bor qutlar ekanman, sizlarning ochiq chehrangizga boqib,
mana shunday yorug„ kunlarimiz ko„p bo„lsin. Qashqa vohasining zumrad gavhari –
Shahrisabz dunyo turguncha tursin, deyman.
Ikki ming yetti yuz yillik tarixni o„z yelkasida ko„tarib turgan bu afsonaviy shahar
qoshida bosh egib, uning shuhratini dunyoga tarannum etayotgan siz, aziz
yurtdoshlarimga ta‟zim qilaman.
Men noyob asriy obidalarimizni ko„z qorachig„idek saqlab kelayotgan, keng
ko„lamdagi ta‟mirlash va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirayotgan, yangi-yangi
inshootlar barpo etayotgan mohir quruvchi va ustalarimiz, muhandis va
me‟morlarimizga, mana shu savobli ishlarga munosib hissa qo„shayotgan barcha
insonlarga o„z nomimdan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman.
Bugungi shodiyonamizda ishtirok etayotgan YuNESKO xalqaro tashkiloti va
xorijiy elchixonalar vakillariga chin dildan tashakkur aytaman.
Hammangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayz-u baraka
yor bo„lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |