«Teatr: Sharq va G„arb»
xalqaro
festivali o„tkazildi. Festivalda dunyoning ko„pgina mamlakatlaridan kelgan teatr
san‟atkorlari bilan birga Markaziy Osiyo davlatlari hamda respublika teatrlari ham o„z
asarlarini mahorat bilan namoyish etdilar. Ushbu festivalda Gonkong shahrining
«Rezolyu» teatri jamoasining «Osmono„par binodagi ikki odobli xizmatkor»
spektakli, Germaniyaning Dortmund opera va balet teatri jamoasining «Donnitorn
xonimning esdan og„ishi» operasi, Turkmaniston Respublikasi A.Qulahmedov
nomidagi teatr jamoasining «Payg„ambarlar nolasi» kabi spektakllari tomoshabinlar
olqishiga sazovor bo„ldi.
Ayni paytda o„zbek milliy teatr san‟ati rivojlanishi va takomillashishi jarayonini
boshdan kechirmoqda. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «O„zbekiston teatr
san‟atini rivojlantirish to„g„risida»gi (1998-yil 26-mart) Farmoniga muvofiq
O„zbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha san‟ati an‟analarini o„rganish,
boyitish va targ„ib qilish, teatr san‟atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik
negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma‟naviy-
ma‟rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta‟minlash, milliy va
umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari
yaratish, maxsus ta‟lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori
malakali kadrlarga bo„lgan ehtiyojni to„laroq qondirish maqsadida «O„zbekteatr»
ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida esa Teatr ijodkorlari uyushmasi
tashkil etildi.
Tabiatan nozikta‟b, san‟atsevar va san‟at ahliga talabchan o„zbek xalqining
musiqasi keng ko„lamli ma‟naviyat ko„zgusidir. Asrlar osha avloddan-avlodga ustoz-
shogirdlik tizimi yo„li bilan rivojlanib kelganligi tufayli musiqa merosi qatlamlari –
mehnat va marosim kuy, qo„shiqlaridan tortib murakkab doston, ashula, katta ashula
va maqom yo„llari davrma-davr saralanib kelgan. Shu bois, hozirgi davrgacha yetib
kelgan deyarli barcha asarlar shaklan va mazmunan katta-kichikligiga qaramay badiiy
mukammalligi bilan ajralib turadi.
Teatr san‟ati sohasidagi ijodiy jarayon ayni yangilanayotgan hayotimizning
ehtiyojlariga to„la mos keladi. «Chimildiq», «Piri koinot», «Sohibqiron», «Kunduzsiz
kechalar» pyesalari, O„zbekiston yoshlar teatrida Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr»
asari asosida qo„yilgan sahna asari bugungi teatr san‟atimizning yutug„i, desa bo„ladi.
Mustaqillik yillarida musiqa san‟atida tub burilish, asliga qaytish, an‟anaviy
ohanglar ravnaqi davri bo„ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el
orasida yurish, eng noyob xalq iste‟dodlarini izlab topish zarur edi. Ana shuning
uchun 1992-yilda O„zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, xalq ijodi va
437
madaniy-ma‟rifiy ishlar jumhuriyat markazi musiqa san‟ati sohalari bo„yicha bir
qancha ko„rik-tanlovlar o„tkazdi. Jumladan, shu yili mart oyida Toshkent shahrida
tanbur, sato, qo„shnay, surnay va boshqa milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh
navolar», deb nomlangan jumhuriyat ko„rik-tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida
havaskor qo„g„irchoq teatrlari jamoalarining ko„rik-tanlovi, shuningdek, aprel oyida
mashhur sana‟tkorlar Jo„raxon Sultonov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov,
Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyozov, Faxriddin Sodiqov va Janaq Shomurotovlar
asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar», deb nomlangan ko„rik tanlovlari o„tkazildi.
Shuningdek, Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, Askiya, qiziqchi va
masxarabozlarning iyun oyida Qo„qon shahrida o„tkazilgan IX-an‟anaviy va lapar,
yalla ijrochilarining avgust oyida Toshkent shahrida o„tkazilgan 11 an‟anaviy ko„rik
tanlovi milliy san‟atimiz rivojiga katta hissa bo„lib qo„shildi. Shu bilan birga bir
necha o„nlab iste‟dodlarning paydo bo„lishiga zamin yaratdi.
O„zbek xalq cholg„ulari va bayan sozanda-ijrochilarining «Asrlarga tengdosh
navolar», deb nomlangan navbatdagi oltinchi jumhuriyat ko„rik tanlovi ilgarigilaridan
farqli o„laroq uch bosqichda o„tkaziladi. Uchinchi bosqichda tanlov g„oliblari
«Bahor» konsert zalida To„xtasin Jalilov nomidagi O„zbekiston Davlat akademik xalq
cholg„ulari orkestri hamda O„zbekiston televideniye va radioeshittirish Davlat
kompaniyasi qoshidagi Doni Zokirov nomidagi O„zbek xalq cholg„ulari orkestri
jo„rligida maxsus tanlov dasturini ijro etadilar. Tanlovda barcha viloyatlardan 46
nafar ijrochilar ishtirok etishdi.
1992-yil 2-mart kuni Toshkent shahrida Hamza nomidagi O„zbek Davlat akademik
drama teatrida xalq artisti, Davlat mukofotlarining sohibi, mashhur raqqosa va
baletmeyster Mukarrama Turg„unboyevaning 80 yilligi va mustaqil O„zbekistonning
yaqinlashib kelayotgan an‟anaviy «Navro„z» bayramlari oldidan «Chaman» o„zbek
bolalar folklor-etnografiya raqs ansamblining hisobot konserti va raqslar bayrami
o„tkazildi. Unda o„zbek, tojik, afg„on xalqlarining qator maftunkor raqslari, kuy va
folklor qo„shiqlari ijro etildi.
Respublika Madaniyat ishlari vazirligi Xalqlar Do„stligi saroyida 1993-yil 14-
aprelda vazirlik tasarrufidagi san‟at va madaniyat oliy va o„rta maxsus o„quv
yurtlarining talaba-o„quvchilari, hamda, o„qituvchilari ishtirokida «Istiqlol jilolari»
yig„ma konsertini namoyish etdi. Konsert dasturida xalq kuy va qo„shiqlari, dilrabo
raqslar, o„zbek va xorijiy mamlakatlar bastakorlarining asarlari va badiiy
ko„rgazmalar ham namoyish etildi.
Istiqlol davri O„zbek milliy musiqa san‟atining rivojlanishida g„oyat sermazmun
davr bo„ldi.
Darhaqiqat, mustaqillik musiqachi-san‟atkorlar hayotida alohida davr bo„ldi. Bir
qator bastakorlar, jumladan Mustafo Bafoyev, Alisher Ikromov, Anor Nazarovlar
ijodida yangi davri boshlandi. Birgina misol: O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan san‟at
arbobi M. Bafoyev o„zbek milliy musiqasi tarixida uslub jihatidan ham, g„oyaviy
jihatdan ham butunlay yangi bo„lgan «Hajnoma» oratoriyasini yaratib, ulkan ijodiy
muvaffaqiyatga erishdi. Ayni paytda bu sermahsul va ulkan iste‟dod sohibi bir necha
438
o„nlab qo„shiqlar, turli-tuman asarlar bitdi. Ayniqsa, Amir Temur yubileyiga
bag„ishlangan musiqalari va qo„shiqlari o„zbek milliy-an‟anaviy yo„li bilan jahon
musiqa san‟ati ilg„or tajribalarining betimsol, uyg„unlashgan namunasi bo„ldi. Orkestr
ohanglarining bu milliy shakli endigina yaratildi.
1995-yil dekabridan «O„zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi qo„shiqlar
ko„rik-tanlovi e‟lon qilingandan so„ng yuzlab yangi, mustaqillik davri qo„shiqlari
yaratildi. Bu ko„rik-tanlov mamlakatimizning hamma joylarida ko„tarinkilik bilan
o„tkazildi.
1996-yil mart oyida poytaxtning «Bahor» konsert zalida «O„zbekiston – Vatanim
manim», deb atalgan qo„shiq tanlovining birinchi bosqichi bo„ldi. U O„zbekiston
Xalq ta‟limi vazirligiga qarashli muassasalar o„rtasida o„tkazildi. Ko„rik juda qiziqarli
bo„lib, unda bolalar bog„chalari tarbiyalanuvchilaridan tortib mamlakatdagi bir
qancha
pedagogika
institutlari
talabalarigacha
ishtirok
etishdi.
Ko„rik
qatnashchilarining ona Vatan go„zalligi, uning istiqlolini madh etgan qo„shiqlari
taniqli bastakorlar, shoirlar va Xalq ta‟limi vazirligining yetakchi mutaxassislaridan
iborat nufuzli hay‟at a‟zolari tomonidan baholandi.
Umuman ko„rik-tanlovning birinchi bosqichida 54 mingdan ziyod san‟atkor
qatnashdi. 10 mingdan ortiq qo„shiq ijro etildi.
1996-yil 24-avgust kuni Toshkentdagi «Turkiston» saroyida qo„shiqlar ko„rik
tanlovining yakuniy bosqichi bo„ldi. Tanlovda O„zbekistonda istiqomat qilayotgan
ko„pgina millat vakillari faol qatnashdi. Rus, qozoq, turkman, uyg„ur, qirg„iz, koreys
tillarida ham jonajon Vatanimizni madh etuvchi qo„shiqlar yangradi.
Uch kun davom etgan ko„rik-tanlovning yakunlovchi bosqichida hakamlar hay‟ati
va san‟at muxlislari e‟tiboriga 60 dan ortiq qo„shiq tavsiya etildi.
1996-yilning 26-avgustida ko„rik-tanlov g„oliblari aniqlandi. Hakamlar hay‟ati
qaroriga ko„ra, birinchi o„rin berilmadi. Ikkinchi o„rinlarga Mudofaa vazirligidan
Asatillo Xoliqov «O„zbekiston askarlari», Qoraqalpog„istonlik Roza Kutekeyeva
«Mustaqillik gullari», Toshkent viloyatidan Baxtiyor Umarov «Ona yurtim»
qo„shiqlari uchun sazovor bo„ldilar. Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligidan Salomat
Ibrohimova «O„zbekiston – Vatanim manim», rus milliy madaniyat markazidan Pavel
Borisov «Men seni sevaman, O„zbekiston», Samarqand viloyatidan Safiya Saftarova
«Vatan yagonadir» qo„shig„i uchun uchinchi o„rinni oldi.
Bu ko„rik-tanlov 1996-yil 28-avgustda Mustaqillik bayramining 5 yilligi arafasida
Toshkentda Xalqlar Do„stligi saroyida yakunlandi. Unda viloyatlar, vazirliklar,
muassasalar bo„yicha tanlov g„oliblari o„zlarining dilrabo qo„shiqlari bilan ishtirok
etdilar. Tanlov yakuniga bag„ishlangan katta konsertda, O„zbekiston Prezidenti Islom
Karimov, parlament va hukumat a‟zolari, Toshkentdagi diplomatik korpus xodimlari,
mamlakat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.
Umuman, «O„zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko„rik- tanlovining
o„tkazilishi Mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug„lash yo„lidagi muhim qadam
bo„ldi, mamlakat va xalqimiz hayotida qo„shiq bayramini odat tusiga kirishi uchun
zamin yaratdi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni «O„zbekiston – Vatanim
439
manim» qo„shiq bayrami haqida» maxsus Farmon qabul qilindi. Unda «O„zbekiston
Respublikasi mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan o„tkazilgan «O„zbekiston
– Vatanim manim» qo„shiq ko„rik-tanlovining xalqimiz madaniy-ma‟naviy hayotida
unutilmas voqea bo„lgani, minglab fuqarolar tomonidan zo„r mamnuniyat va
ko„tarinki ruh bilan qo„llab-quvvatlanganligi» qayd qilindi.
Farmonda kelajagi buyuk davlatimiz va uning bunyodkor, bag„ri keng, xalqini
madh etuvchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuyg„usini, mustaqillikni ko„z
qorachig„idek asrab-avaylash, buning uchun kerak bo„lsa jon fido qilishga undovchi
yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo„shiqlarning yaratilishiga keng
imkoniyat yaratish maqsadida:
Har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O„zbekiston – Vatanim manim»
qo„shiq bayrami kuni deb e‟lon qilinsin, – deb ko„rsatildi.
O„zbekistonda musiqa va raqs san‟atini rivojlantirish maqsadida «O„zbeknavo»
gastrol-konsert birlashmasi va «O„zbek raqs» birlashmasi tashkil etildi. Ularda musiqa
va raqs san‟atini rivojlantirishni davlat yo„li bilan qo„llab-quvvatlash masalalari
ko„zda tutildi.
Jumladan, «O„zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi yuzasidan qabul qilingan
Farmonda shunday deyiladi:
«1. «Turkiston» saroyi va «Bahor» komplekslari, O„zbekiston Respublikasi
Madaniyat ishlari vazirligining ijodiy konsert tashkilotlari negizida «O„zbeknavo»
gastrol-konsert birlashmasi tashkil qilinsin.
2.
Belgilab
qo„yilsinki,
«O„zbeknavo»
gastrol-konsert
birlashmasi
Qoraqalpog„iston Respublikasi va viloyatlarda hududiy bo„limlariga ega bo„lgan
mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish kompleksi hisoblanib, u mulkchilik shakllaridan va
qaysi idoraga qarashli ekanligidan qat‟i nazar filarmoniya, estrada, raqs, folklor va
boshqa ijodiy jamoalarni birlashtiradi.
«O„zbeknavo» birlashmasining faoliyatiga badiiy-uslubiy rahbarlikni O„zbekiston
Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi amalga oshiradi.
3. «O„zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
O„zbekiston xalqlarining milliy mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs
san‟atining eng yaxshi yutuqlarini rivojlantirish, asrash va targ„ib qilish;
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning istiqbolli rejalarini, maqsadli kompleks,
madaniy, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqib, amalga
oshirish;
xorijiy firmalar bilan o„zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarning, madaniy,
savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish;
gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ijodiy jamoalar va alohida
ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat ko„rsatishni takomillashtirish»...
1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o„tkazildi.
O„zbekiston respublikasi bastakorlar uyushmasi bilan o„tkazilgan mazkur festivalda
dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi. Ular
440
O„zbekistonda jahon musiqa san‟ati klassik namunalarining eng oliy darajada ijro
etilganligiga va ushbu soha jahon klassik an‟analari bilan o„zbek milliy musiqa
san‟atining uyg„unlashgan yangi maktabi yaratilganligiga guvoh bo„lishdi. Mutal
Burhonov, Ikrom Akbarov, Sayfi Jalil, Sobir Boboyev, Boris Giyenko, Mustafo
Bafoyev, Rustam Abdullayev singari bastakorlarning ijodiga yuksak baho berdilar.
Bugun milliy-an‟anaviy qo„shiqchiligimiz bilan birga milliy estrada san‟ati ham
tobora rivojlanmoqda. O„lmas Saidjonov, Munojot Yo„lchiyeva, Nasiba Sattorova,
Ismoil va Isroil Vahobovlar bilan bir qatorda Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov va
ularni yuzlab kasbdoshlari, jumladan, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova,
Rayhona Nazarovalar sof milliy estradaning yorqin namoyandalari o„zbek
qo„shiqchilik san‟atini dunyoga olib chiqmoqdalar. Ular 2000–2007-yillar o„zbek
xonandachiligining taraqqiyotiga munosib hissa qo„shmoqdalar. Shavkat Mirzayev,
Baxtiyor Aliyev, Abduhoshim Ismoilov, Anor Nazar, Dilorom Omonullayevalar
yaratgan musiqaviy asarlar ayni ana shu ikki yo„nalishning taraqqiyotiga katta ta‟sir
ko„rsatmoqda.
An‟anaviy «Sharq taronalari» festivali besh qit‟a san‟at ahlining diqqatini o„ziga
tortdi. Dunyoda tinchlik va ezgulikni, barqarorlik va o„zaro bir-birini tushunishni
qo„shiq orqali, san‟at orqali amalga oshirish mumkinligi ko„rsatdi. Har ikki yilda
o„tadigan bu xalqaro san‟at ko„rigining navbatdagisi 2009-yil avgust oyida bo„lib
o„tadi.
Milliy raqs san‟ati an‟analarini avaylab-asrash, ularni rivojlantirish, mamlakatimiz
turli hududlarining o„ziga xos raqs maktablari namunalarini to„plash, shu asosda boy
o„zbek raqs san‟atini targ„ib etish maqsadida «Oltin meros» xalqaro jamg„armasi
qoshida O„zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do„stmuhamedova rahbarligida
«Munojot» milliy mumtoz raqs ansambli tashkil etildi. Qisqa fursatda bu ansambl
san‟at ixlosmandlarining e‟tibori va e‟tirofiga sazovor bo„ldi.
Kino san‟ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlarining mohiyatini
badiiyat vositasi bilan ochib berish yo„lida tinmay izlanib, xalqimizga o„zlarining
yangi-yangi asarlarini taqdim etmoqdalar. So„nggi yillarda yaratilgan «O„tkan
kunlar», «Otamdan qolgan dalalar», «Yozning yolg„iz yodgori», «Kichkina tabib»,
«Voiz» kabi badiiy filmlar tamoshabinlarga manzur bo„ldi.
Mustaqillik solnomasini yaratish hujjatli kino arboblari oldida turgan eng muhim
vazifalardan ekanligi tabiiy. Buni chuqur anglagan kinochilarimiz bir qator hujjatli
filmlarni yaratdilar. Ular orasida, ayniqsa, «O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida» asari
asosida ishlangan ko„p qismli hujjatli film nafaqat xalqimiz, balki xorijlik
tomoshabinlar tomonidan ham yuqori baholandi. Angliya, Germaniya, Belgiya,
Daniya kabi bir qator chet mamlakatlarda bu filmning taqdimoti bo„lib o„tganligi
fikrimizning isbotidir.
Mustaqillik o„zbek badiiy adabiyoti rivojiga, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida
ham yangi bosqichni boshlab berdi. Endi adabiyotga «Sotsialistik realizm metodi»
qonuniyatlari, kommunistik partiyaviylik, sinfiylik singari prinsiplar nuqtayi
nazaridan qarashlarga barham berildi. Yangi ilmiy va badiiy me‟yorlarga o„tish
441
boshlandi. Mumtoz adabiyotga munosabatda diniy adabiyot, feodal-klerikal adabiyot,
saroy adabiyoti deyilgan soxta tushuncha va bir millat adabiyotini ikkiga – reaksion
va progressiv adabiyotga bo„lib o„rganishdek metodologik asossiz nazariyalarga chek
qo„yildi. Badiiy asar qimmatini, yozuvchi dunyoqarashini mafkura nuqtayi nazaridan
baholashdek sho„roviy va siyosiy doktrinalardan voz kechildi. Badiiy asarni
baholashning bosh mezonlari badiiylik, umuminsoniy ma‟naviy-ruhiy qadriyat, milliy
istiqlol ideallariga daxldorlik bo„lib qoldi.
Asarlari zararli, o„zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho„lpon, Fitrat,
Behbudiy, Tavallo, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvarqori singari
millatparvar yozuvchi, ma‟rifatparvarlar ijodi xolisona o„rganila boshlandi. Asarlari
chop etildi, sahna yuzini ko„rdi.
Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o„rnini
ro„yirost ko„rsatish boshlandi. Sho„ro davrida tuzumni, kommunistik partiyani
ko„klarga ko„targan, shu yo„nalishdagi g„oyalarni ulug„lagan asarlarni tanqidiy
baholashga o„tildi. Bir vaqtlar diniy va saroy adabiyoti vakili, deb nohaq qoralangan
Ahmad Yassaviy, Boqirg„oniy, G„azzoliy, Hoja Ahror, Bahouddin Naqshband,
Husayn Boyqaro, Feruz singari buyuk shoir hamda mutafakkirlar hayoti va ijodi
o„rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi. Zararli falsafa, kommunistik mafkuraga yot
nazariya, deb qaralgan tasavvuf she‟riyati chuqur o„rganila boshladi.
Alisher Navoiyning yuksak insoniy g„oyalarni diniy manbalar asosida yorituvchi
«Munojot», «Arba‟in», «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg„ambarlar va hokimlar
tarixi») kabi asarlari nashrdan chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo„tabar Qur‟on va
hadislar chop etildi.
Amir Temur bilan aloqador orzularning yuzaga chiqishi mustaqillikning ulkan
tantanasidir. Bu yo„nalishda A.Hayitmetovning «Amir Temur va o„zbek adabiyoti»
asari chop etildi. B.Valixo„jayevning Hoja Ahror va uning muhiti bilan bog„liq bir
qancha tadqiqotlari yaratildi va yirik monografiyasi chop etildi. Atoqli olim
B.Ahmedovning «Amir Temur», T.Malikning «Shaytanat» romanlari, E.Vohidov,
O.Matchon, O.Muxtor, O.Hojiyeva, U.Azim, A.Suyun, X.Do„stmuhammad, Sh.Sali-
mova singari shoir va adiblarni badiiy barkamol, g„oyaviy yetuk asarlari tufayli
o„zbek milliy istiqlol adabiyoti shakllandi. Xususan, A.Oripovning «Sohibqiron»,
M.Jalilning «Sohibqiron Temur» dramalari dunyoga keldi.
Mustaqillik davri o„zbek adabiyotshunosligi oldidagi muhim vazifalarni hal
etishda, turli yo„nalishlarda Begali Qosimov, Ozod Sharafiddinov, Naim Karimov,
Erik Karimov, Ahmad Aliyev, Ibrohim Haqqulov, Sherali Turdiyev, Hamidulla
Boltaboyev, Rahim Vohid, Bahodir Karimov singari mutaxassislar «Cho„lponning
badiiy olami», «Yassaviy kim edi?», «Milliy uyg„onish va o„zbek filologiyasi masala-
lari» kabi to„plamlarni chop etishdi. G„aybulla Salomov, Najmiddin Komilov, Botir
Valixo„jayevlarning qator kitoblari, I.Haqqulovning «Tasavvuf va she‟riyat»,
N.Karimovning «Cho„lpon», B.Qosimovning «Maslakdoshlar» (Behbudiy, Ajziy,
Fitrat), I.G„aniyevning «Fitratshunoslik» va O.Sharafiddinovning «Cho„lponni
anglash» kabi maqola va tadqiqotlari milliy istiqlolning mevalaridir.
442
Mustaqillik davri adabiyoti ayni jamiyat yangilanayotgan, hayot yangicha mazmun
kasb etayotgan bir paytda ozod so„z, fikr va ozod inson taqdiri bilan bog„liq bo„lgan
murakkab hodisani qamrab oldi. Har yili mustaqillik bayrami arafasida Prezident
devoniga kelayotgan xatlarning aksariyatida fuqarolar o„z fikr-mulohazalarini she‟r
orqali ifodalayaptilar. Albatta, bu adabiyotning haqiqiy mazmunini belgilamaydi.
Biroq, mustaqillik, fuqaro va adabiyot mushtarak bo„layotganidan, odamlar
adabiyotga yaqinlashayotganidan dalolat beradi.
Badiiy publisistika davrimizning eng hozirjavob janrlaridan biriga aylandi.
Yangilanayotgan hayot jarayonlari, islohotlarning rivojlanish bosqichlari va ular
orqali yangilanayotgan inson, yangilanayotgan jamiyat qadriyatlari mumkin qadar
kengroq qamrab olinadigan va o„z vaqtida munosabat bildiradigan janr sifatida publi-
sistika o„zining imkoniyatlarini ko„rsata bildi.
O„zbekiston Qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,
O„zbekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf, Habib Sa‟dulla ijodlari ayni
mustaqillik davrining mazmuni orqali o„zining yangi imkoniyatlarini ko„rsatdi. Omon
Muxtorning «Ming bir qiyofa», «Ko„zgu oldidagi odam» va «Tepalikdagi xaroba»
romanlaridan iborat «To„rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobulovning
qariyb uch ming yillik tariximizni mustaqillik evolutsiyasi orqali ifodalangan
«O„zbeknoma» she‟riy romani bugungi kun adabiyotining mevasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |