430
Mustaqillik yillarida mamlakatda oliy ta‟limni rivojlantirishga ham katta
e‟tibor berildi. Shu maqsadda 2006-yil 26-fevralda mamlakatimiz Prezidentining
«M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi
filiali faoliyatini tashkil etish to„g„risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonda ta‟kidlanishicha, oliy ma‟lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni
yanada
rivojlantirish
va
takomillashtirish,
mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishda iqtidorli yoshlarning salohiyatini ro„yobga chiqarish va ulardan
samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, oliy ta‟lim sohasida xalqaro
hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, Respublika bolalar
ijtimoiy moslashuvi markazi va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat
universitetining M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent
shahridagi filialini (keyingi o„rinlardagi matnda «Filial» deb yuritiladi) ta‟sis etish
to„g„risidagi taklifi qabul qilindi va M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat
universitetida qabul qilingan normalarga va oliy ta‟lim sifatiga qo„yiladigan umumiy
e‟tirof etilgan xalqaro talablarga, O„zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi maqsad va vazifalariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash Filialning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Filialning faoliyati O„zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonun
hujjatlariga muvofiq va abituriyentlar qabul qilish hamda Filial bitiruvchilarini
attestatsiyadan o„tkazish M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
431
tomonidan belgilanadigan talablarga, tartib va muddatlarga muvofiq amalga
oshiriladigan bo„ldi.
Filialda o„qitish M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan
tasdiqlangan o„quv rejalari va dasturlar bo„yicha tashkil qilindi.
Dastlab 2006-2007-o„quv yiliga bakalavriatga qabul qilish 80 kishini, shu
jumladan, quyidagi ta‟lim yo„nalishlari bo„yicha: psixologiya – 40 kishi, amaliy
matematika va informatika – 40 kishini tashkil etdi, keyingi yillarda – kadrlarga
bo„lgan ehtiyoj va respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari
hisobga olingan holda belgilanadigan bo„ldi.
Filial bitiruvchilariga M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini
tamomlaganligi to„g„risida belgilangan namunada beriladigan diplom O„zbekiston
Respublikasida oliy ma‟lumot to„g„risidagi hujjat sifatida e‟tirof etildi.
Tibbiy xizmat sohasida zamon talablariga javob beradigan malakali kadrlar
tayyorlash maqsadida 2005-yili poytaxtimizdagi ikkita meditsina oliy o„quv yurti
negizida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tashkil etildi.
Ma‟lumki, rivojlangan fani bo„lmagan davlat rivojlangan va kuchli davlat bo„la
olmaydi. Ayni ana shu nuqtayi nazar hozirgi murakkab o„tish davrida olimlar
zimmasiga ulkan mas‟uliyat yuklamoqda.
Davlatning ilmiy salohiyatini saqlabgina qolmay, balki uni iloji boricha o„stirish,
mavjud yirik muammolarni yechishga qayta moslashtirish, shuningdek, yangi
samarador texnikalarni yaratish va amalda tatbiq etish masalasi g„oyat dolzarblik kasb
eta boshladi. Mustaqillik olimlarga ham, fanga ham yangi imtiyozlar yaratib berdi.
Jumladan, akademik fan o„z tizimi va shaklini o„zi belgilay boshladi. O„zbekiston
Fanlar akademiyasining 50 yillik tarixida birinchi bor akademiyaning haqiqiy a‟zosi,
yurtboshimiz I.Karimov tashabbusi bilan fundamental ilmiy-tadqiqotlarni qo„llab-
quvvatlash akademiya jamg„armasi tuzildi.
1997-yil 1-yanvardagi ma‟lumotlar bo„yicha Fanlar akademiyasida 8 ta bo„lim
bo„lib, 135 akademik, 156 O„zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a‟zolari faoliyat
ko„rsata boshladi.
2006-yili Ko„hna Urganchda Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi buyuk
allomalar tashkil etgan Xorazm Ma‟mun akademiyasining 1000 yilligi keng
nishonlandi. Bu o„z-o„zidan milliy fanimiz o„tmishi bilan istiqbolini bog„laydigan
mo„tabar voqelikka aylandi.
2006-yilda FA tomonidan 180 fundamental, 281 amaliy va 12 innovatsion
loyihalar hamda fundamental tadqiqotlarni qo„llab-quvvatlash fondi tomonidan 185 ta
grant, shuningdek, xalqaro fondlarning 106 granti bajarildi.
Shu bilan bir qatorda, FA olimlari tomonidan 2006-yilda 3596 ilmiy ish, shu
jumladan, 3439 ilmiy maqola va tezislar, 157 ta monografiya, darslik, o„quv
qo„llanmalar va risolalar chop etildi, 30 ta patent va 10 ta dasturiy mahsulotlarga
guvohnoma olindi, 2 ta litsenziya sotildi.
432
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan xorijiy iste‟molchilarga
2147,4 ming AQSH dollari miqdorida ilmiy mahsulotlar sotildi, bu esa 2005-yilga
nisbatan 43 foizga ortiqdir.
Ilmiy muassasalarimizda fundamental, amaliy va gumanitar yo„nalishlar sohasida
olingan bir qator eng muhim natijalar yangi bilimlar olish, yangi texnologiyalar
yaratishda foydalanildi. Xususan, Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida yangi
texnologiya bo„yicha 50 ming tonna nitrokalsiyfosfatli o„g„it ishlab chiqarildi va 9
milliard so„mga sotildi; tabiiy polemerlar (selluloza, xitin va xitozan) asosida
o„simliklarni himoya qilish vositasi va ichki kasalliklari hamda virusga qarshi dorilar
(«Kagotsel», «Mikrotsell») ishlab chiqarish texnologiyalari yaratildi; o„simliklarning
o„sishini barqarorlashtiruvchi mahalliy olimlar tomonidan yaratilgan «Roslin»
preparati xorij preparati «Vitovaksdan» qolishmaydi, buning 10 tonnasi 20 mln.
so„mga sotildi; respublika miqyosida antiartimik preparat «Allapinin»ga bo„lgan
ehtiyoj to„la ta‟minlandi, uning suv stansiyasida 420 ming AQSH dollari hajmida
eksport qilindi. Yangi «Tortezin» preparatiga patent olindi.
O„zbekistonda Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) ning tashkil qilinishi ham
shubhasiz respublikada fanning rivojlanishini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlardan
biridir.
O„zbekistonning XXI asrga kirib borishida respublikada fanning o„rni va roli
yanada orta boradi.
O„z o„zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy
demokratik jamiyat qurish yo„lidagi murakkab va keng ko„lamli vazifalarni hal
etishga qodir bo„lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va
hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Yurtimizda o„z Vatanining taqdiri, uning buguni va kelajagi uchun mas‟uliyatni
chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan kadrlarga ehtiyojni qondirish
vazifasi biz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq o„ta muhim va hal qiluvchi
masalaga aylangan edi.
Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, 1997-yili 2009-yilgacha bo„lgan
davrga mo„ljallangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingan edi. O„zining
mazmun-mohiyatiga ko„ra noyob bo„lgan ushbu dastur 12 yillik ta‟limga o„tishni,
uzluksiz ta‟limning yaxlit tizimini yaratishni ko„zda tutadi. Dastur umumta‟lim
maktablaridagi to„qqiz yillik o„rta ta‟limni, akademik litsey va kollejlardagi uch yillik
maxsus kasbga tayyorlash tizimini o„z ichiga oladi.
Mamlakatimiz oliy o„quv yurtlari huzurida tashkil etilgan akademik litseylar
yoshlarga o„zi tanlagan mutaxassislik bo„yicha oliy ma‟lumot olish uchun yanada
chuqur bilim egallash, kollejlar esa maxsus fanlarni o„zlashtirish bilan bir qatorda,
mustaqil hayotga qadam qo„yayotgan har bir bitiruvchi yigit-qizga o„z qobiliyatini
yuzaga chiqarish va jamiyatda munosib o„rin topish uchun 2-3 mutaxassislik bo„yicha
o„rta malakali kasb egallash imkonini beradi.
433
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida 2009-yilgacha bo„lgan davrga
mo„ljallangan Maktab ta‟limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ham amalga
oshirilmoqda.
Ta‟lim sohasida milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlanganidan buyon 1
ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod
umumta‟lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta‟mirlandi, zamonaviy mebel,
o„quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi, ularda kompyuter sinflari va lingafon
xonalari tashkil etildi.
Yangi milliy ta‟lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi darsliklar va
maxsus o„quv qo„llanmalari yaratish orqali ta‟lim jarayonining mazmuni tubdan
takomillashtirildi. Shunisi ayniqsa muhimki, ixtisoslashgan oliy o„quv yurtlarida
akademik litsey va kollejlar uchun zamon talablariga javob beradigan yangi toifadagi
o„qituvchilarni tayyorlash ishlari yo„lga qo„yildi.
Oliy ta‟lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, bakalavr va magistrlar
tayyorlashning Yevropa tizimiga o„tildi. Bugungi kunda mamlakatimizning 65 ta oliy
o„quv yurtida 850 yo„nalish va mutaxassislik bo„yicha 300 mingga yaqin talaba bilim
olmoqda.
O„tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o„quv yurtlarini
barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq budjetdan tashqari mablag„lar
yo„naltirildi.
Hozirgi kunda yurtimizda ta‟lim sohasiga yo„naltirilayotgan xarajatlar hajmi
mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 12 foizdan ortadi. Holbuki, jahon
tajribasida bu ko„rsatkich 3–5 foizdan oshmaydi.
O„zbekiston o„zining milliy Fanlar akademiyasiga ega bo„lib, uning tarkibida
ulkan ilmiy texnik salohiyatga ega bo„lgan 43 ta akademik institut muvaffaqiyatli
faoliyat ko„rsatmoqda. Tabiiy va aniq fanlarning yadro fizikasi, astrofizika,
geliomaterialshunoslik, biologiya, mikrobiologiya, kimyo va tabiiy birikmalar
kimyosi, seysmologiya yo„nalishlarida va boshqa ko„plab sohalarda istiqbolli
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Hech shubhasiz, bugun ta‟lim-tarbiya va ilm-fan sohasiga sarflanayotgan
mablag„lar mamlakatimiz kelajagining egasi bo„lgan yosh avlodni, yuksak intellektual
salohiyatli jamiyatni shakllantirish yo„lida mustahkam poydevor bo„lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |