birinchidan
,
viloyatlarda oliy universitet ta‟limini tashkil etish, bu joylarda ilmiy-ma‟rifiy ishlarni
rivojlantirishga, eng olis va chekka shaharlarni madaniy-ma‟rifiy markazga
aylantirishga asos bo„ldi. Ilmiy va ma‟rifiy ishlar xalq hayotiga tobora chuqurroq kirib
bora boshladi. Bu mamlakat aholisi ongi va dunyoqarashini kengaytirishda katta
ahamiyat kasb etdi. Bevosita mehnat jarayoni bilan bog„liq odamlar endi ilmiy
yangiliklardan doimo va o„z vaqtida xabardor bo„lib bordilar. Yangidan-yangi ilmiy-
texnikaviy ishlanmalar, ixtirolar yaratilgan joyida tezroq ishlab chiqarishga joriy
etilish imkonlari vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |