Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


-§.  Yangi jamiyat qurishda ta‟lim va tarbiya



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

 

5-§.  Yangi jamiyat qurishda ta‟lim va tarbiya 

 

Ma‟lumki  ta‟lim  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy,  g„oyaviy-madaniy  hayotining 



muhim  tarmog„idir.  Ta‟lim  asoslari  O„zbekistonda uning  Konstitutsiyasi va  «Ta‟lim 

to„g„risida»gi Qonun bilan kafolatlangan. 

O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga asosan 

«Ta‟lim to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni amalga kirdi. 

Ta‟lim  sohasidagi  mazkur  qonunda  respublikada  ta‟limning  jamiyatni  ijtimoiy-

iqtisodiy, ma‟naviy-madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e‟tirof etilgani 

holda  ta‟lim  sohasida  davlat  siyosatining  asosiy  tamoyillari,  ta‟lim  tizimi  va 

boshqaruvi  tartibi,  ta‟lim-tarbiya  xodimlarining  haq-huquqlari,  vazifalari, 

mas‟uliyatlari, maqsadlari belgilab berildi. 

Xalq  ta‟limi  xodimlari  hayotida  muhim  ahamiyatga  molik  ushbu  qonun  xalq 

ta‟limi  sohasini  barcha  yo„nalishlarda  takomillashtirish,  rivojlantirish  ishlariga  katta 

yo„l ochdi. 

Oliy  o„quv  yurtlari  mamlakat  ta‟lim  tizimida  yetakchi  bo„g„indir.  Chunki  oliy 

maktab  O„zbekiston  mustaqilligini  mustahkamlovchi  milliy  boylikning  o„sishiga 

imkon yaratuvchi, kuchli, qat‟iyatli mutaxassislar shu bo„g„inda tayyorlanadi. 

Ma‟lumki,  sho„rolar  hukumati  davrida  hukmron  tuzum  o„zining  jahonda  eng 

insoniy,  eng  odil  va  eng  demokratik,  eng  savodxon  jamiyat  barpo  etgani  bilan 

maqtanib, butun jahonga jar solar edi. «Dunyodagi eng o„qimishli mamlakat», «oliy 

ma‟lumotli mutaxassislar soniga ko„ra jahondagi birinchi davlat» degan soxta ta‟riflar 

rasmiy va maqtanchoq mafkura orqali keng tashviq qilinardi. 

Sirtdan  qaraganda,  haqiqatan  ham  manzara  shunday  edi.  Sobiq  SSSRda  yuzlab 

universitet  va  institutlar, oliy  va o„rta  maxsus  bilim  yurtlari, minglab  ilmiy-tadqiqot 

muassasalari  faoliyat  ko„rsatardi.  Lekin  ular,  son  va  miqdor  jihatidan  ko„p  bo„lgani 

bilan  jahoniy  andozalar  darajasida  emas  edi.  Buning  asosiy  sabablaridan  biri 




 

417 


kommunistik  jamiyatda  hamma  narsa,  jumladan,  ilm-fan,  maktab-maorif  tizimining 

ham  o„sha  yolg„on  va  o„lik  g„oyalarga  qurbon  qilinganida  edi.  Sovet  Ittifoqini 

tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekani shubhasiz. 

Shuning uchun O„zbekiston o„z mustaqilligini qo„lga kiritgach, ijtimoiy hayotning 

barcha jabhalari singari ta‟lim sohasini ham tubdan isloh qilish vazifasi jamiyat oldida 

ko„ndalang  bo„ldi.  Chunki  sho„ro  hukumati  boshqa  sohalar  singari  milliy  kadrlar 

tayyorlash  masalasida  ham  riyokorona  siyosat  olib  borardi.  Eng  nufuzli,  jahon 

mezonlariga  javob  beradigan  mutaxassislar  yetishtiradigan  o„quv  muassasalari 

aksariyat Markazda – Rossiyada joylashgan bo„lib, ittifoqdosh respublikalar, xususan 

O„rta  Osiyo  mintaqasidan bu dargohlarga  sanoqli vakillargina qabul qilinar, bunday 

imkoniyat  chegaralangan  edi.  Natijada  milliy  respublikalarda  noyob  ixtisosga  ega 

mutaxassislar  yetishmaydi,  degan  muammo  sun‟iy  ravishda  vujudga  keltirilib,  bu 

yurtlarga ming-minglab «o„z odamlari» jo„natilar edi. 

Shu  bois  istiqlolning  dastlabki  kunlaridanoq  xalq  ta‟limi  tizimini  jadal  isloh 

qilishga kirishildi. Bir qator o„quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta‟lim uslublari 

butunlay  o„zgartirildi.  Eng  zamonaviy,  shu  paytgacha  bo„lmagan  eng  zarur 

ixtisosliklar  bo„yicha  alohida  universitet  va  institutlar,  jumladan,  Mudofaa  vazirligi 

qoshida  Harbiy  akademiya,  Ichki  ishlar  vazirligi  qoshida  Ichki  ishlar  akademiyasi, 

Bank-moliya  akademiyasi,  Jahon  iqtisodiyoti  va  diplomatiya    universiteti,  Toshkent 

aviatsiya  instituti,  Navoiy  tog„-konchilik  instituti  kabi  o„nlab  yangi  o„quv 

muassasalari tashkil etildi. 

Ayni  paytda  xalq  ta‟limi  tizimini  ham  tubdan  isloh  qilish  boshlandi.  Ilg„or 

mamlakatlarning tajribalari asosida va chet davlatlar bilan hamkorlikda ko„plab litsey 

va  gimnaziyalar  ochildi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  O„zbekistonda  maktabgacha 

ta‟lim muassasidan akademiyagacha bo„lgan zamonaviy, yangi ta‟lim tizimi vujudga 

keltirildi. 

Viloyatlarda  ham  yangidan-yangi  o„quv  yurtlari  ochildi.  Prezident  I.Karimovning 

1992-yil  28-fevral  Farmoni  bilan  8  viloyat  pedagogika  institutlariga  universitet 

maqomi  berildi.  Bu  respublika  hukumatining  izchil  madaniy-ma‟rifiy  siyosatining 

yana  bir  dalili  bo„ldi.  Bunday  yangilanishdan  ko„zda  tutilgan  maqsad 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish