Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«Mulkchilik  masalasini  hal  qilish  bozorni



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«Mulkchilik  masalasini  hal  qilish  bozorni 

vujudga  keltirishga  qaratilgan  butun  tadbirlar  tizimining  tamal  toshi  bo„lib 

xizmat qiladi... Xuddi shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy 

munosabatlar  poydevoriga  birinchi  g„isht  qo„yildi.  Ushbu  masalaning  davr 

talablariga  muvofiq  muvaffaqiyatli  hal  etilishi  respublikamiz  iqtisodiyotini 

jahondagi  rivojlangan  mamlakatlar  bilan  bir  qatorga  qo„yadigan  asosiy 

omildir»

Darhaqiqat,  keyingi  yillar  davomida  amalga  oshirilgan  ishlarni  tahlil  qilib,  shuni 



aytish mumkinki, O„zbekistonda mulkchilik huquqi iqtisodiy o„zgarishlarning asosini 

tashkil  qiladi.  Shuning  uchun  ham  O„zbekistonda  mulkdor  huquqi  qonun  bilan  tan 

olindi va himoya qilinmoqda. 

O„zbekistonda  bozor  munosabatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  iqtisodiyotning 

asosini  turli  shakllardagi  mulkchilik  tashkil  etishi  O„zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasida aniq belgilab berildi. 

Yuqorida  keltirilgan  misollardan  ma‟lumki,  xususiylashtirish  jarayoni  tabiiy 

ravishda jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllantirishga olib keldi. Bu borada kichik va 

xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  mulkdorlarni  vujudga  keltirishda  muhim 

ahamiyat kasb etadi. Bu birinchi omil. Mulkdorlar sinfini shakllantirishning ikkinchi 

omili  bu  qimmatbaho  qog„ozlar  bozorini  rivojlantirishdir.  Biroq,  yaqin  vaqtlarga 

qadar bu borada zarur shart-sharoit ham yaratilmagan edi. Shunga ko„ra, Oliy Majlis 

mulkdorlar  sinfini  shakllantirishning  huquqiy  asoslarini  yaratish  maqsadida  1996-yil 

25-aprelda  «Aksiyadorlar  jamiyatlari  va  aksiyadorlar  huquqlarini  himoya  qilish 

haqida»,  hamda  «Qimmatli  qog„ozlar  bozorining  faoliyat  ko„rsatish  mexanizmi 

to„g„risida» Qonunlar qabul qildi. 

1996-yilning  birinchi  yarmida  aksiyalar  sotuvidan  1,7  milliard  so„m  mablag„ 

tushdi.  Bu  ko„rsatkich  1995-yildagiga  nisbatan  15,  6  marta  ko„p  bo„ldi.  Umuman, 

1992–1996-yillarda  davlat  mulki  obyektlarini  xususiylashtirish  tufayli    1  million  74 

ming  kishi  turarjoy  egasi,  2  million  kishi  xalq  xo„jaligining  barcha  tarmoqlarida 

xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari; qishloq joylarida esa, 3 

million kishi yordamchi xo„jalik, 19 ming kishi ko„chmas mulk egasi bo„lib qoldilar. 

Bu  raqamlar,  shubhasiz  jamiyatda  mulkdorlar  sinfi  shakllantirilganini  yaqqol 

ko„rsatadi. 

Insoniyat  tarixi  davlat  mulkini  ommaviy  ravishda  xususiylashtirish  hodisasini 

endigina sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan 

ishlar  misolida  ko„rmoqda.  Ma‟lumki,  mulkchilik  taraqqiyoti  yer  yuzining  barcha 

mamlakatlari  va  mintaqalarida  turli  davrlarda,  turli  holatlarda  yuz  bergani  bilan 

shaklan  va  mazmunan  ayni  bir  xil  tartibda  amalga  oshgan.  Jumladan,  mulkchilik, 

mulkka  munosabat  jamiyat  tabiiy  taraqqiyotining  va  kishilar  dunyoqarashi  hamda 

ehtiyojlarining mahsuli sifatida shakllangan. Xususiy mulk hajmi va miqdoridan qat‟i 



 

347 


nazar  jamiyat  fuqarosi  yashash  huquqining  qonuniy  ifodasi,  mulkka  egalik  esa,  tur-

mush  tarzining  ma‟naviy-huquqiy  kafolati  bo„lib  qolavergan.  Ko„p  hollarda  u  fan-

texnika  taraqqiyoti,  madaniy  ravnaq  va  boshqa  ijtimoiy-siyosiy  omillar  ta‟sirida 

qisman  shaklini,  miqyosi  va  ko„lamini  takomillashtirgan,  xolos.  Mazmunan  esa  o„z 

mohiyatini yo„qotmagan. 

Darvoqe,  insoniyat  tarixi  xususiy  mulkni  zo„ravonlik  va  tazyiq  bilan  davlat 

tasarrufiga olish hodisasini ham ko„rgan. XX asrning boshlarida yuz bergan va biz 73 

yil mobaynida o„zimizni o„zimiz aldab, quyushqonga sig„maydigan dabdabalar bilan 

bayram qilib kelgan qonli Oktabr inqilobi ana shunday g„ayriinsoniy hodisani amalga 

oshirgan  edi.  Odamlarning  asrlar  mobaynida  misqollab  terib  to„plagan  moddiy  va 

ma‟naviy  boyliklarini  bir  to„polon  bilan  davlat  mulkiga,  odamlarni  esa  mehnat 

vositasiga, ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylantirib qo„ydi. 

Mana  endi  inson  haq-huquqlari  to„la  tiklangan  va  har  tomonlama  kafolatlangan 

jamiyat  qurayotgan  bir  paytimizda  yaqin  o„tmishimiz  asoratlaridan  qutulish  ancha 

qiyin  kechmoqda.  Har  bir  kishining  o„z  yaratuvchilik  qobiliyatini  ko„rsata  olish, 

tadbirkorlik  va  xususiy  mulkni  rivojlantirish  asosida  mehnatga  munosabatni  tubdan 

o„zgartirish, kishilar ongida o„rnashib qolgan boqimandalik illatlariga barham berish 

ancha vaqt   talab  etmoqda. Bu chinakamiga  ongimiz  va  tushunchalarimiz  orqali  yuz 

berayotgan ma‟naviy-ruhiy yangilanish jarayonidir. 

Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  shuni  ko„rsatadiki,  mulkka  egalik  va  xususiy 

mulkning chegarasi bo„lmasligi kerak. Ya‟ni shaxsiy boylikni ko„paytirish qandaydir 

qolip yoki miqdorda  bo„lishini davlat belgilab qo„ymasligi, aksincha, u mamlakatda 

hammaning har qanday vaziyatda boy bo„lishini ta‟minlash asosida alohida ijtimoiy 

muhofazaga  muhtoj  odamlar  turmush  darajasini  oshirish  yo„lidan  bormog„i  lozim. 

Bunga  ayrim  siyosatshunoslar  dunyoning  turli  mamlakatlarida  o„z  korxonasi 

filiallarini qurib, jahon bozorini egallab olgan yirik korporatsiya va firmalar rahbarlari 

faoliyatini va katta miqdordagi jamg„armalarini misol qilib ko„rsatishadi. 

Biroq, O„zbekiston hukumati butunlay yangi tipdagi jamiyatni shakllantirishda har 

qanday  tayyor  andozalarga  sig„inmaydi.  Jahon  tajribalari  va  milliy  ehtiyojlarni 

uyg„unlashtirgan  holda  mavjud  hodisalarga  o„ziga  xos  yondashadi.  Jumladan, 

mulkchilikka  munosabatda  ham  uning  o„ziga  xos  usuli  bor.  Masalan,  Prezident 

I.Karimov: 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish