Birinchidan
, axborotlarning mafkuradan mutlaqo xoli bo„lishini nazarda tutgan
holda aholi hamda jamiyatning xolisona, haqqoniy va xilma-xil axborotlariga
ehtiyojini o„rganish va qoniqtirish;
Ikkinchidan
,
mamlakat
aholisini,
shuningdek,
chet
el
jamoatchiligini
O„zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotida sodir bo„layotgan
o„zgarishlar to„g„risida keng xabardor qilish va hokazolar.
Aytish mumkinki, 1996-yilda respublikada ommaviy axborot vositalarining
jamiyatdagi rolini oshirishga qaratilgan muhim amaliy choralar ko„rildi. Shu 1996-
yilning may oyida O„zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va
qo„llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg„armasi tashkil qilindi. Bu ommaviy axborot
vositalari vakillarining mustaqil o„zini o„zi boshqaruvchi, hukumatga qarashli
bo„lmagan ijtimoiy xayriya tashkiloti hisoblanadi.
Jamg„arma o„z ishini O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq,
«O„zbekiston Respublikasi jamoat birlashmalari to„g„risida»gi Qonun, «Axborot olish
erkinliklari va kafolatlari», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to„g„risida»
qonunlar va boshqa normativ hujjatlar asosida tashkil qiladi.
Jamg„arma o„z faoliyatida quyidagi vazifalarni bajaradi:
– ommaviy axborot vositalari amaliy faoliyatida demokratik jarayonlarni yanada
rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, jurnalistlar faoliyatini aktivlashtirish,
gazetalar, jurnallar, radio va televideniyening moddiy-texnika bazasini rivojlantirish
va mustahkamlash, bozor munosabatlariga o„tish sharoitida ularga moliyaviy yordam
ko„rsatish;
– ijodiy faoliyatda demokratik tamoyillarni joriy etish;
– demokratiya va so„z erkinligining chinakam institutlari sifatida matbuot organlari
roli va nufuzini kuchaytirish;
– jurnalistlarning huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va ijodiy huquqlarini, qadr-qimmatini,
ularning davlat va jamoat organlari oldidagi, ommaviy axborot vositalarining
ta‟sischilari va noshirlari oldidagi manfaatlarini himoya qilish;
– mulkchilikning barcha shakllaridagi ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish
yo„li bilan O„zbekistonda erkin demokratik axborot muhitini vujudga keltirish;
– g„oyaviy yo„nalishi turlicha bo„lgan nashrlarda, radio va televideniyeda ishlovchi
jurnalistlar hamkorligini ta‟minlash;
– ommaviy axborot vositalari xodimlarining har qanday vaziyatda o„z fikrlarini
erkin ifodalash, axborotlarni qonunlar bilan man etilmagan usullarda tarqatish
huquqini ta‟minlash;
– ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli davlat
idoralariga takliflar kiritish;
213
– qonunda belgilangan tartibda chet el ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni
mustahkamlash, respublika matbuot vakillarining kasb mahoratini oshirish va tajriba
almashish maqsadida ularning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini uyushtirish.
Vazirlar Mahkamasining yangi jamg„arma tuzishni qo„llab-quvvatlash yuzasidan
qabul qilgan qarorida ommaviy axborot vositalarining faolligini oshirish, ularning
demokratiya va so„z erkinligining haqiqiy minbari sifatidagi o„rni va ahamiyatini
kuchaytirish, matbuot yangi tafakkurni shakllantirishning ta‟sirchan vositasiga,
odamlar fikr va irodasining xolis ifodachisiga aylanishi uchun ularning erkin
tayyorlanishi va tarqalishini ta‟minlash zarurligi alohida uqtiriladi.
Hukumat erkin, demokratik axborot manbalarini yaratish maqsadida davlatga
qarashli bo„lmagan, mustaqil nashrlar va axborot organlari tarmog„ini kengaytirish
masalasini kun tartibiga qo„ymoqda.
Bularning hammasi O„zbekistonda demokratik jarayonlar izchillik bilan
rivojlanayotganidan dalolat beradi. Mamlakat iqtisodiyoti Mustaqillikning oltinchi
yilida barqaror tus oldi. Yangi jamiyatimizning jahon andozalariga mos keladigan
shakl-u shamoyili qad rostladi. Endi uni demokratik tamoyillar bilan mazmunan
boyitish, g„oyaviy jihatdan chuqurlashtirish zarur.
Matbuot chin ma‟noda mamlakat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‟naviy hayotining
faol ishtirokchisi, yangiliklar jarchisi, ezgu ishlar da‟vatkori, jamoatchilik fikrining
xolis ko„zgusiga aylanishining o„ziga xos shart-sharoitlari ham bor, albatta.
Matbuot va so„z erkinligini tanlagan har bir jamiyat boshidan kechirishi va amal
qilishi muqarrar bo„lgan talablar bor. Bu eng avvalo hamma uchun birday manfaatli
bo„lgan mas‟uliyat hissi, javobgarlik tuyg„usi.
Haqiqiy erkinlik yuksak intizom, qat‟iy talab, fuqarolik mas‟uliyati, qonunlar
ustuvorligidir.
1996-yil 19-dekabr kuni Prezident devonida respublika ommaviy axborot
vositalarini demokratlashtirish va qo„llab-quvvatlash jamg„armasi vakillari qabul
qilindi. Unda mamlakat rahbari bugungi kunda O„zbekiston matbuoti oldida turgan
eng dolzarb vazifalar haqida to„xtalar ekan, mamlakatimiz istiqloli va ravnaqi, milliy
va tafakkurni shakllantirish xalqimiz g„ururi va iymon-e‟tiqodining qay darajada
mustahkamligiga har jihatdan bog„liq ekanini alohida ta‟kidladi.
Shuningdek, jamiyatda bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan bir
paytda ma‟naviyatni mustahkamlash hamda ma‟rifatparvarlikni keng targ„ib etish
lozimligi va bunda matbuotning roli katta ekani alohida qayd etildi.
Uchrashuvda
Do'stlaringiz bilan baham: |