(www.ombudsman.gov.uz)
qayta tiklandi. Unda Vakil institutining faoliyati,
O„zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ta‟minlash haqidagi materiallar
joylashtirilmoqda.
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik ham keng rivojlandi. Jumladan, Oliy
Majlisning Inson huquqlari bo„yicha vakili tomonidan xorijiy davlatlar va xalqaro
tashkilotlar vakillari, aynan EXHT, Yevropa Ittifoqi, Germaniya Bundestagi,
Germaniya Federal hukumatining inson huquqlari va gumanitar yordam bo„yicha
vakili, shuningdek, Tyuringiya o„lkasi (Germaniya) landtagining raisi, Bazel kantoni
(Shveysariya) Ombudsmani, AQSH, Polsha, Pokistonning O„zbekistondagi elchilari,
EXHTning O„zbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi, Konrad Adenauer
nomidagi Jamg„arma, Kanada, Yaponiya elchixonalari, London universiteti vakillari
va boshqalar bilan uchrashuvlarga bag„ishlangan 30 ga yaqin qabul o„tkazildi.
BMT tuzilmalari bilan, xususan, inson huquqlari bo„yicha BMT Oliy
komissarining Boshqarmasi, BMT TD, Yu NISEF, JST vakolatxonalari bilan
hamkorlik davom ettirilmoqda.
2006-yil oktabr oyida O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo„yicha vakili Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 61-sessiyasi ishida
qatnashdi. A‟zo davlatlar vakillari bilan uchrashuvlar hamda BMT BA Uchinchi
qo„mitasi ishida qatnashish chog„ida O„zbekiston parlamenti Ombudsmani
O„zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, demokratiyalash
jarayonlari to„g„risida, sud-huquq islohotini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar
haqida axborot berdi.
2006-yil 18–22 noyabrda Karlovi Vari shahrida (Chexiya Respublikasi) BMT
TDning Bratislavadagi Mintaqaviy Byurosi tomonidan tashkil etilgan Sharqiy
199
Yevropa va MDH mamlakatlari ombudsmanlarining VII davra suhbati bo„lib o„tdi.
Davra suhbati ishida Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog„iston, Qirg„iziston,
Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, O„zbekistondan borgan ombudsmanlar delegatsiya-
lari, shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Inson huquqlari bo„yicha vakili davra suhbati ishtirokchilariga
O„zbekiston Respublikasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta‟minlash hamda
himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar xaqida axborot berdi.
2006-yil
3–5-dekabrda
Ombudsman O„zbekiston delegatsiyasi tarkibida
Yevroparlamentda (Brussel shahri, Belgiya) o„tkazilgan «O„zbekistonda gender
tengligi» mavzuidagi davra suhbati ishida qatnashdi. Davra suhbati doirasida
O„zbekistonda gender tengligining dolzarb masalalariga bag„ishlangan uchta majlis
o„tkazildi. Davra suhbati davomida uning ishtirokchilari O„zbekiston parlamenti
Ombudsmanining mamlakatda xotin-qizlar huquqlari va manfaatlariga rioya etilishini
hamda ular himoya qilinishini ta‟minlash sohasidagi faoliyati haqida axborot oldilar.
2006-yil mobaynida Tyuringiya (Germaniya) o„lkasi landtagi raisi va Bazel
kantoni (Shveysariya) Ombudsmanining tashriflari amalga oshirilib, ular Samarqand
va Toshkent shaharlarida «Inson huquqlariga rioya etilishini va mazkur huquqlar
himoya qilinishini ta‟minlash sohasida ombudsman institutining davlat organlari va
nohukumat tashkilotlar bilan o„zaro aloqasining dolzarb masalalari» mavzusida
o„tkazilgan konferensiyalarda qatnashdilar.
EXHTning
O„zbekistondagi
loyihalari
Muvofiqlashtiruvchisi
parlament
Ombudsmanining doimiy xalqaro sheriklaridan biridir. 2006-yilda «O„zbekiston
Respublikasida ombudsman institutini rivojlantirishga ko„maklashish» loyihasi
doirasida parlament a‟zolari uchun seminarlar hamda Ombudsmanning mintaqaviy
vakillari va ekspert guruhlarining a‟zolari uchun seminar-treninglar o„tkazildi, rus
tilida «ОмбуTсманы мира» kitobi nashr etildi, tajriba almashish maqsadida
Ombudsman vakillarining Yevropa mamlakatlariga o„quv safari amalga oshirildi.
Shunday qilib, 1991–2008-yillar O„zbekiston inson huquqlarini himoya qilish
tizimining shakllanish, rivojlanish va xalqaro me‟yorlar talablari asosida
takomillashish davri bo„ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |