Bularning barchasi huquqiy demokratik davlat ildizlarini chuqurlashtirishga, uni
beradi. Davlat kuchli bo„lgan joyda taraqqiyot tezlashadi, jamiyat ma‟naviy jihatdan
mutahkamlanadi, siyosiy jihatdan o„zini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo„ladi.
Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish imkoniyatlari kengayadi. Qonun barqaror
bo„lgan joyda fuqarolarning erkinliklari kengayadi, o„zligini namoyon qilish, ichki
qudratini ko„rsata bilish, yaratuvchilik iqtidorini rivojlantirish imkoniyatiga ega
bo„ladi. Fuqarolari o„z taqdirini o„zi belgilab, har bir kunini bunyod etish, kashf qilish
ishtiyoqi bilan o„tkazadigan mamlakatda, albatta, aholi ehtiyojlari qonun bilan
kafolatlangan bo„ladi. Davlat esa butun choralar bilan ana shu qonunlar harakatini
nazorat qilib borish, uni yo„naltirib turish, yo„l-yo„lakay «ta‟mirlab», takomillashtirib
Yuqoridagilarning barchasi bevosita fuqarolarning huquqiy bilimlarni nechog„li
egallashiga, o„z haq-huquqini anglab olishiga, mavjud qonunlar kafolatlab bergan
huquqshunos kadrlar sifatini yaxshilash, ularni zamonaviy bilimlar bilan
qurollantirish katta ahamiyat kasb etadi. Prezident I.Karimov sessiyada shu masalalar
haqida so„z yuritar ekan, huquqshunos kadrlarga ehtiyoj katta ekanligini alohida
uqtirdi. Jumladan, bizda har yuz ming aholiga sudlar Olmoniyadagiga nisbatan olti
marta, advokatlar esa Amerika Qo„shma Shtatlariga nisbatan 55 marta kam ekanligini
Bosh islohotchi – davlatning istiqbol rejalari va strategik dasturlaridan kelib chiqib
shuni aytish lozimki, shunday davlat va ijtimoiy tuzilma yaratish kerakki, unda kuchli
186
markaziy hokimiyat o„z sa‟y-harakatlarini mudofaa, davlat xavfsizligi va
fuqarolarning xavfsizligi, tartib-intizom, tashqi siyosat, valyuta-moliya, soliq tizimini
shakllantirish, qonunlar qabul qilish va jamiyatning boshqa strategik vazifalarini
amalga oshirish singari asosiy umummilliy vazifalarga qaratmog„i zarur.
Boshqaruv masalalarini hal etish esa asta-sekin markazdan joylarga, davlat
hokimiyati organlaridan jamoat birlashmalari va fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish
organlariga o„tkazishi lozim.
Ana shunday sharoitda jamiyatda demokratiya chuqurlashadi, fuqarolarning
ijtimoiy faoliyati kuchayadi. Joylarda mahalliy o„zini o„zi boshqarish organlari ishi
bevosita barcha fuqarolarning ishtiroki asosida takomillashib boraveradi. Natijada
fuqaro va jamiyat o„rtasidagi bog„liqlik kuchayadi. Odamlar o„zlarini jamiyatning
muhim, yo„naltiruvchi kuchi ekanliklarini chuqurroq anglay boshlaydilar. Ularning
dunyoqarashi, maqsad va intilishlari bevosita jamiyat istiqbolini belgilaydi, uning
kelajagidan bashorat qiladi. Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, demokratiya
jamiyatning har bir a‟zosi hayotining uzviy bir qismiga aylangan taqdirdagina
demokratiya hisoblanadi. Farzandlarimizni bolalikdanoq ayni shu ruhda tarbiyalab
borish zarur, – degan xulosaga kelish mumkin.
Yuqorida demokratik tamoyillarni chuqurlashtirishning uch omili xususida
gapirdik. Hokimiyat bo„linishidagi tarmoqlarning har biri xususida alohida to„xtaldik.
Qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati va sud hokimiyatining faoliyatlari yuzasidan fikr
yuritdik. Ularning demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida tutgan o„rni va
roli haqida fikr yuritdik.
Hozirgi zamon demokratik jarayonlari va uning eng ilg„or tajribalari to„rtinchi
hokimiyatni ham yaratish va uning faoliyatidan unumli foydalanishni taqozo etmoqda.
Bu bevosita ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan bog„liq bo„lib, uning huquqiy
asosini mustahkamlash, demokratik jamiyatdagi roli va vazifalarini belgilab berish,
jurnalistik faoliyatni qonun bilan kafolatlash zarurligini ko„rsatmoqda.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1996-yil 30-avgustda bo„lib o„tgan
sessiyasida «Noshirlik faoliyati to„g„risida»gi hamda «Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar to„g„risida»gi Qonunlarni qabul qildi. 1997-yil 24-aprelda «Jurnalistik
faoliyatni himoya qilish to„g„risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinligi
to„g„risida», 1997-yil 26-dekabrda esa «Ommaviy axborot vositalari to„g„risida»
(yangi tahrirda) Qonun qabul qilindi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash Markazi ish
boshladi. Bular mamlakatimizda so„z va fikr erkinligiga kafolat bo„lib xizmat qiladi.
1999-2000-o„quv yilida O„zbekiston jahon tillari universitetida xalqaro jurnalistika
fakultetining tashkil etilishi esa o„zbek jurnalistikasi tarixida muhim voqea bo„ldi.
2005–2007-yilar mobaynida esa matbuot va so„z erkinligiga doir amaldagi
qonunlar tizimi qayta ko„rildi va ular zamon talablari asosida yangi tahrirda qabul
qilindi. 2006-yili O„zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari
to„g„risida»gi qonun Oliy Majlis Senati tasdig„idan o„tdi. Axborot olish, saqlash,
ishlash va tarqatish, elektron axborot tarqatish va undan foydalanishning huquqiy
asoslari yaratilmoqda.