masalalarining yo„lga qo„yilishi va qonunchilik palatasi tomonidan O„zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlanishi siyosiy partiyalarning jamiyatidagi
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, maqsad va vazifalarni amalga
oshirish Dasturi to„g„risida»gi qarori ilovasiga asosan siyosiy partiyalarga davlat
tomonidan berilayotgan subsidiya, grant va boshqa tartibdagi yordamlarni huquqiy
jihatdan kafolatlash, davlat hokimiyatining ayrim vakolatlarini bosqichma-bosqich
jamoat tashkilotlariga topshirish Konsepsiyasini ishlab chiqish, joylardagi davlat
hokimiyati organlari faoliyatida siyosiy partiyalarning ishtirokini yanada kuchaytirish
maqsadida ular ishtirokida ijtimoiy sherikchilik bo„yicha jamoatchilik komissiyalarini
tashkil qilish kabi tadbirlarni amalga oshirishning belgilanganligi siyosiy partiyalarga
161
Yuqorida nazarda tutilgan siyosiy partiyalar faoliyatini isloh qilish bosqichma-
bosqich, turli xil sakrash va inqiloblarsiz, yuqorida ta‟kidlaganimizdek, barqaror
amalga oshirilib kelinmoqda. Bu o„z navbatida ularning davlat boshqaruv tizimidagi
rolini oshib borishiga xizmat qilayapti.
Shu ma‟noda Prezident I.A.Karimov tomonidan parlament quyi palatasiga
Qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning
rolini kuchaytirish to„g„risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun va «O„zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining
15-bandiga, 102-moddasining 2-qismiga) tuzatishlar kiritish to„g„risida»gi Qonunlar
loyihalarida ilgari surilgan yangicha qoidalarga ham to„xtash joiz. Chunki ushbu
qonunlar mamlakatni modernizatsiya qilishda uzoqni ko„zlovchi «Kuchli davlatdan
kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini ifodalaydi. Ushbu Qonun loyihalari Oliy
Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilinib Oliy Majlis Senatining IX (2007-yil mart)
yalpi sessiyasida ma‟qullandi. Shu bilan birga siyosiy partiyalarning sa‟y-harakatlari
orqali fuqarolarning davlat boshqaruvida faol qatnashishining huquqiy asosini
ta‟minlaydi.
Shubhasiz, qonun chiqaruvchi hokimiyat – parlamentning samarali faoliyati
siyosiy partiyalar faolligiga bog„liq bo„lgani bois, ushbu qonunlar siyosiy
partiyalarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o„rni va rolini ko„chaytirishga
qaratilgan. «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to„g„risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun turli xil siyosiy maqsadlarini ko„zlaydigan,
saylovlardan so„ng shakllantirilgan hukumatning tutadigan va dasturiga o„z
munosabatini belgilab oladigan siyosiy partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomi
aniq ta‟riflangan. Unga muvofiq, yangidan shakllantiriladigan hukumatning tutgan
yo„li va dasturi yoki uning ayrim yo„nalishlari borasida o„zgacha fikri bo„lgan siyosiy
partiyalar fraksiyalari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan
deputatlar o„zlarini muxolifat deb e‟lon qilishi mumkin. Bu parlament muxolifati
institutining shakllanishi va faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini yaratadi.
Qonundagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va ularga qo„shilgan mustaqil deputatlar
faoliyatini baholash prinsiplari va mezonlari esa demokratik davlatlarning
umume‟tirof etilgan tajribasidan kelib chiqadi.
Bu boradagi yana bir yangilik shuki, siyosiy partiyaning Qonunchilik palatasida
tuzilgan fraksiyasi o„z vakilini mazkur palata Spikeri o„rinbosari lavozimlaridan birini
egallashiga kafolatli huquq berayotgani sababli Qonunchilik palatasi Spikeri
o„rinbosari o„z vazifasini bajarish paytida siyosiy partiyaga a‟zolikni to„xtatib turishi
hamda fraksiya va boshqa deputatlar birlashmasi tarkibiga kirishi mumkin emasligi
bo„yicha amaldagi tartib tubdan o„zgartirildi.
O„zbekiston Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash borasida partiyalarga muayyan
huquqlar berildi. Chunonchi, Oliy Majlis palatalarining mansabdor shaxslari
saylanganidan va organlari shakllantirilganidan keyin bir oy ichida O„zbekiston
162
Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har
biri va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan
maslahatlashuvlar o„tkazadi. Shundan so„ng Bosh vazir nomzodi Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi va qonunda belgilangan
ovoz berish amaliyoti o„tkaziladi.
Mazkur amaliyot ko„plab demokratik mamlakatlarda, xususan, Germaniya,
Finlyandiya, Ispaniya, Chexiya, Slovakiya va Gretsiya davlatlarida mavjud.
Siyosiy partiyalarning joylardagi rolini, hokimiyatning mahalliy vakillik
organlarini shakllantirishdagi ta‟sirini kuchaytirish maqsadida viloyat va Toshkent
shahar hokimi nomzodlari O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xalq
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlarining har
biri bilan maslahatlashuvlar o„tkazilganidan so„ng tegishli xalq deputatlari
Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etilishi belgilab qo„yildi.
Shuningdek, yangi qonunda partiya guruhlariga viloyat va Toshkent shahar hokimi
lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to„g„risida O„zbekiston
Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi bilan chiqish huquqini
berish nazarda tutilgan. Agar mazkur tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomonidan
qo„llab-quvvatlansa, O„zbekiston Prezidenti uni xalq deputatlari Kengashi
muhokamasiga kiritadi va muhokama natijalariga muvofiq ushbu masala yuzasidan
qaror qabul qiladi.
Yuqorida ko„rsatib o„tilgan o„zgartirishlardan kelib chiqib, O„zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga tuzatishlar kiritildi. Masalan,
Konstitutsiyaning 89-moddasi yangi tahririda berilmoqdaki, unda «O„zbekiston
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig„idir va davlat hokimiyati organlarining
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‟minlaydi», deb belgilab
qo„yilgan.
Oliy Majlis tomonidan 2007-yil 28-martda ma‟qullangan har ikkala qonunning
qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko„lamli islohotlarning
davomi, huquqiy va siyosiy tizimni bosqichma-bosqich rivojlantirishning samarasi,
kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari qo„yilgan muhim qadamdir.
Mamlakatda
Do'stlaringiz bilan baham: