150
Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, demokratik jarayonlarni chetdan
nusxa olib ko„r-ko„rona ko„chirish aslo samara bermaydi. Aksincha, bunday yo„l
chalkash va xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkin»
ligini (I. Karimov) ko„rsatib
berdi.
Uchinchidan
, hurriyatga munosabatda ham boshqalardan andoza olish, mamlakat
tub aholisi ruhiyatini hisobga olmaslik rahbarni ham, aholini ham, butun mamlakatni
ham boshi berk ko„chaga kiritib qo„yadi. G„arb demokratiyasini Sharq
mamlakatlarida ko„r-ko„rona joriy etish mumkin emas. Unga taqlid qilish kutilmagan
fojialarga olib kelishi mumkin. Buning achchiq natijalarini Tojikiston misolida
ko„rdik. Erkinlik niqobidagi boshboshdoqlikka yo„l berish, davlat va boshqaruv
apparatining behad kuchsizlanishi va bo„shashib ketishi, hokimiyat jilovining o„z
holiga tashlab qo„yilishi ming-minglab xonadonlar boshiga kulfat keltirdi.
To„rtinchidan
, odatda yakka-yakka shaxslarning ruhiy kechinmalari, xatti-
harakatlari va fe‟l-atvoridan umumjamiyat kayfiyati, uning ma‟naviy qiyofasi
shakllanadi. Mustaqillik hayotimizga tobora chuqurroq kirib borayotgan, yangicha
ma‟naviy, siyosiy muhit shakllanayotgan bir paytda bu muhim ahamiyat kasb etadi.
Endi har galgidan ham hushyorroq bo„lishimiz, qo„lga kiritgan buyuk ne‟matni asray
olishimiz kerak.
Xatti-harakatlar, intilishlar har qanday sharoitda ham umumxalq manfaatini
hisobga olib, unga tayansagina qadriyatga aylanadi. Qadriyatlar esa bebaho mulk.
Ularni xalq yaratadi, xalq baholaydi, o„zi asrab-avaylaydi. Demokratiya xuddi ana
shunday buyuk ne‟mat. Uni oliy qadriyat sifatida tushunish, unga bo„lgan munosabat
har bir fuqaroning ichki madaniyatidan, ma‟naviy-axloqiy qiyofasidan, demakki,
butun millatning umumiy madaniy saviyasidan, siyosiy va ijtimoiy faolligidan dalolat
beradi.
Muxoliflarimiz so„z va fikr erkinligi zarur, deb da‟vo qiladilar, uzoq-yaqindan
ayyuhannos solishadi. Biroq, ular hech narsa bilan chegaralanmagan so„z va fikr
erkinligi noo„rin va beo„xshovgina bo„lib qolmay, balki u xalq boshiga cheksiz
kulfatlar keltirishi ham mumkinligini tushunmaydilar yoki tushunishni istamaydilar.
Bu haqda o„ylaganda beixtiyor atoqli faylasuf Andre Jidning «Erkin fikrlash
imkoniyatiga ega bo„lish uchun eng avvalo xatti-harakatlarimiz og„ir oqibatlarga olib
kelmasligi kafolatiga ega bo„lmoq lozim», – degan so„zlari yodga tushadi.
Demokratiyani Prezident yoki hukumat bir farmon yo qaror bilan, parlament bir
qonun bilan o„rnatib bermaydi. Uni xalq o„zi uchun o„z aql-idroki va zakovati bilan
yaratadi.
Demokratiyani anglash – shaxsning hamma uchun birday zarur bo„lgan qonunlarga
to„la rioya etish, aniq tartib-intizomga tayanib yashash salohiyati. Demokratiya bizni
inson haq-huquqlarini himoya qiladigan, umumxalq va umumdavlat manfaatlarini
asraydigan barcha qonunlarga bo„ysunib yashashni o„rgatadi.
Demokratiya faqatgina siyosiy, huquqiy yoki ijtimoiy kategoriya emas. Ayni
paytda u ma‟naviy-axloqiy kategoriyadir. Demokratiya – bu hokimiyatsizlik yoki
separatizm emas! U davlat birligi va Konstitutsiya asosidagi qat‟iy tartib-intizomdir.
151
Erkinlik, demokratiya o„ziga hammani bo„ysundirmasligi, hammani zabt etmasligi,
balki u aql-idrokka bosh egishi, uning yo„rig„ida yurishi lozim. Binobarin, biz eng
avvalo erkinlikni, demokratiyani tarbiyalashimiz kerak. Chunki, u sog„lom fikrlar va
shakllangan aql-idrok ta‟sirida bo„lsagina bizni tarbiyalashi, jamiyatni sog„lom-
lashtirishi mumkin.
Qolaversa, har bir xalqning fikrlash darajasi voqea va hodisalarga munosabati, uni
baholash tarzi, o„zining tarixiy kelib chiqishi, qadimiy an‟analar asosida shakllangan
turmush tarzi va tabiati bilan belgilanadi. Qarb demokratiyasida ochiqdan-ochiq
munosabat, Sharq demokratiyasida esa aksincha – andishalilik, G„arbda ota-onasini
sensirash, Sharqda esa o„zidan kattalarga, rahbarga hurmat bilan qarash, aql bilan ish
tutish an‟analari mavjud. Umuman, hayot tarzi, an‟analar hamma vaqt har bir
mamlakat xalqlarining xulq-atvorini shakllantiradi. Xatti-harakatini, voqealarga
munosabatini odatga aylantiradi, millatning qon-qoniga singib ketadi, ming bir
hujayrasidan joy oladi. Demak, Mag„ribdagi turmush tarzini zo„rlab Mashriqqa
tiqishtirish, Mashriq hayotini Mag„ribga ko„chirish mumkin emas.
Ayrimlar O„zbekistonni Amerika Qo„shma Shtatlari, Olmoniya, Fransiya, Angliya
va boshqa bir qator mamlakatlardagi ahvol bilan solishtiradilar. Bu unchalik to„g„ri
muqoyasa emas. Birinchidan, mazkur mamlakatlarda chinakam, risoladagidek
demokratiya mavjudligiga hech kim kafolat bermaydi. Sababi, hayot borki, qaysidir
darajada «tartibbuzarlik» sodir bo„ladi. Insonning tabiati shunday. Bunday holat
fuqaro va davlat o„rtasidagi munosabatlarda ham, fuqarolarning o„zaro
munosabatlarida ham yuz bermoqda. Qolaversa, bu mamlakatlarda inson huquqlari,
davlat va fuqaro o„rtasidagi munosabatlar borasida to„plangan tajribalar, amalga
oshirilgan ishlar ikki yuz va undan ortiq yillar mahsuli ekanligi hammaga ayon.
Mustaqil O„zbekistondan tarixan juda qisqa vaqt ichida G„arb davlatlaridagidek keng
miqyosli tadbirlarni amalga oshirishni talab etish aqlga sig„maydi. Odamlar
dunyoqarashi, fikrlash tarzi va onglilik darajasini bir kun yo bir yilda o„zgartirish sira
mumkin emas.
Biroq, masalaning boshqa tomoni ham bor. Bu rivojlangan mamlakatlar
mustaqillikka erishgan davr bilan bugungi kun ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining
turlichaligi, odamlar dunyoqarashi va onglilik darajasidagi o„zgarishlarni
taqqoslaganda yaqqolroq ko„rinadi. Mazkur rivojlangan mamlakatlarga nisbatan
O„zbekistonda huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish jarayoni ancha tez,
shiddatliroq tarzda bormoqda.
Ana shundan kelib chiqib Prezident Islom Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: