O„zbekiston Respublikasi
Prezidenti
I.Karimov
Toshkent shahri,
2004-yil 14-iyul.
* * *
Keyingi yillarda sportning eng ommaviy turi – futbolga e‟tibor katta davlat
siyosatiga ko„tarilganini aytish joizdir. Bu borada «O„zbekistonda futbolni
rivojlantirishga
doir
qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida»gi O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-maydagi 338-sonli qarori muhim ahamiyatga
ega bo„ldi. Ushbu farmonda ko„zda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida bir qator
amaliy ishlar qilindi.
Jumladan, Futbol bo„yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi O„zbekiston
futbol Federatsiyasining tasarrufiga o„tkazildi. Futbol bo„yicha murabbiylar va
hakamlar respublika maktabi tashkil etildi.
Bolalar va o„smirlar futbol maktablarining hamda respublikada faoliyat
ko„rsatayotgan futbol klublarining ish faoliyatini rag„batlantirish va moddiy-texnika
bazasini takomillashtirish masalalari bo„yicha O„zbekistonda futbolni rivojlantirish
kompleks Dasturi ishlab chiqildi va uning ijrosi nazorat qilib borilmoqda. Shunday
qilib yuqorida sanab o„tilgan muhim amaliy chora-tadbirlar o„z samarasini bera
boshladi. Shu o„rinda birgina 2006-yil natijalarini keltirish o„rinlidir. Ushbu 2006-yil
Ommaviy sport tadbirlarining taqvim rejasiga asosan sportchilarimiz 300 ta xalqaro
sport musobaqalarida ishtirok etib, 325 ta oltin, 325 ta kumush, 405 ta bronza, jami
1055 ta medallarni qo„lga kiritdilar.
2006-yil mobaynida 346 ta respublika musobaqalari va 150 ta o„quv-mashg„ulot
yig„inlari o„tkazildi. Mazkur taqvim reja 2006-yil 28-noyabr – 15 dekabr kunlari
Doxa shahrida (Qatar) bo„lib o„tgan XV Yozgi Osiyo o„yinlarida ishtirok etishi,
Turino shahrida (Italiya) XX qishki va 2008-yil Pekin shahrida (Xitoy) XXIX Yozgi
Olimpiya o„yinlariga munosib qatnashish uchun eng muhim bosqich hisoblandi.
O„zbekistonda sportchilarning yutuqlarini quyidagi jadvalda ko„rish mumkin:
526
11–22 avgust kunlari Pekin shahrida (Xitoy) bo„lib o„tgan yengil atletika bo„yicha
o„smirlar o„rtasidagi jahon chempionatida Svetlana Radzivil balandlikka sakrashda 1
o„rinni egallab, oltin medalga sazovor bo„ldi. 24–30 sentabr kunlari Guanjou shahrida
(Xitoy) bo„lib o„tgan erkin kurash bo„yicha jahon chempionatida Artur Taymazov 120
kg vazn toifasida 1 o„rinni egallab, oltin medalga sazovor bo„ldi.
28-noyabr – 15-dekabr kunlari Doxa shahrida (Qatar) XV yozgi Osiyo o„yinlari
bo„lib o„tdi. Ushbu o„yinlarda O„zbekiston sport delegatsiyasi 31 sport turidan 336
kishi ishtirok etdi. Mamlakat sportchilari XV yozgi Osiyo o„yinlarida 11 ta oltin, 14 ta
kumush va 14 ta bronza medallarni qo„lga kiritib, 45 ta davlatlar o„rtasida 7-o„rinni
egalladilar.
2007-yil 14-aprel kuni jahon sportida ulkan tarixiy voqea yuz berdi. Mutloq og„ir
vazndagi boks bo„yicha musobaqada o„zbekistonlik Ruslan Chagayev jahon
chempioni bo„ldi. U o„zidan 28 santimetr baland va 41 kilogramm og„ir bo„lgan
afsonaviy bokschi Nikolay Valuyev ustidan yuksak mahorat bilan g„alaba qozonib,
o„zbek milliy boks maktabining qudratini dunyoga namoyon etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |