Birinchidan
, 90-yillarning birinchi yarmida bir qator mustaqil davlatlarda siyosiy
«o„yin»lar, turli darajadagi bahs-u munozaralar sun‟iy ravishda avj oldirib yuborildi.
Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish shiori ostida asosiy maqsaddan chekinish –
mustaqillikni mustahkamlash, umumxalq va umumiy davlat manfaati yo„lida birlashib
kurashish o„rniga tarqoqlikka yo„l ochib berildi. Bir qator mamlakatlarda esa hatto
ichki ziddiyatlar kuchayib ketdi. Turli guruhlarning jaholatga qorishgan xudbinliklari,
manfaatparastligi umumiy mamlakat manfaatlaridan g„olib keldi. Natijada fuqarolar
urushlari kelib chiqdiki, uning asoratlarini tugatish uchun yillar kerak bo„lardi.
O„zbekistonda esa aksincha, aql-idrokka, og„ir-vazminlikka va andishaga
asoslangan sharqona demokratiya tartib-qoidalariga qat‟iy amal qilindi. Xalq va
mamlakat manfaatiga zid bo„lgan har qanday «o„yin»larga, tadbirbozlik va ortiqcha
shov-shuvlarga qarshi turildi.
Ikkinchidan
, bir qator yosh mustaqil mamlakatlarda iqtisodiy tanglikdan talvasaga
tushish hollari yuz berdi. Ular natijada har qanday yo„l bilan bo„lmasin «qorin
to„yg„azish» tashvishiga tushib, kundalik yumushlar girdobida qolib ketishdi.
O„zbekistonda esa aholi umumiy ma‟naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, har
tomonlama tub islohotlarga keng yo„l ochib berildi. Uzoqni ko„zlagan, hayot
haqiqatiga tayangan dasturlar asosida ish olib borildi.
Uchinchidan
, O„zbekiston turli mustaqil davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy
jihatdan manfaatdorligini nazarda tutib, yangicha sharoitlarda, yangicha shakl va
mazmundagi hamkorlikni vujudga keltirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu Mustaqil
Davlatlar Hamdo„stligi, Markaziy Osiyo Mamlakatlari Hamdo„stligi singari ko„p
tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar asosida qurilgan tashkilotlar sifatida o„rtaga
tashlandi.
Hayot O„zbekiston ishlab chiqqan xalqaro munosabatlar rivojlanish
tamoyillarining asosli ekanligini ko„rsata boshladi. Jahon siyosatdonlari va jamoat
arboblari ham uning yangicha qarashlariga yuksak baho bera boshladilar va o„z
vaqtida qo„llab-quvvatladilar.
250
O„zbekiston rahbari I.Karimovning 1994-yil 23-sentabrda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan nutqi bir jihatdan
O„zbekiston imkoniyatlarini, uning ma‟naviy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot
yo„llarini jahon miqyosiga olib chiqqan bo„lsa, ikkinchi tomondan jahon siyosati
yo„nalishlariga, ijtimoiy siyosiy jarayonlar borishiga uning o„ziga xos yondashuvi,
o„ziga xos baholash usuli va yo„naltirish uslubi mavjudligini ochiq-oydin ko„rsatdi.
O„shanda O„zbekiston rahbari jahonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash,
urush va tinchlik muammolarini bartaraf etish, qurollanish poygasini tugatish
masalalari haqida keskin gapirgan edi. Xalqaro tashkilotlarning maqomlari, ularning
nufuzli va jahon muammolarini hal etishdagi roli xususida so„zlar ekan, u
Do'stlaringiz bilan baham: |