Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Birinchidan

,  axborotlarning  mafkuradan  mutlaqo  xoli  bo„lishini  nazarda  tutgan 

holda  aholi  hamda  jamiyatning  xolisona,  haqqoniy  va  xilma-xil  axborotlariga 

ehtiyojini o„rganish va qoniqtirish; 



Ikkinchidan

mamlakat 



aholisini, 

shuningdek, 

chet 

el 


jamoatchiligini 

O„zbekistonning  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy-madaniy  hayotida  sodir  bo„layotgan 

o„zgarishlar to„g„risida keng xabardor qilish va hokazolar. 

Aytish  mumkinki,  1996-yilda  respublikada  ommaviy  axborot  vositalarining 

jamiyatdagi  rolini  oshirishga  qaratilgan  muhim  amaliy  choralar  ko„rildi.  Shu  1996-

yilning  may  oyida  O„zbekiston  ommaviy  axborot  vositalarini  demokratlashtirish  va 

qo„llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg„armasi tashkil qilindi. Bu ommaviy axborot 

vositalari  vakillarining  mustaqil  o„zini  o„zi  boshqaruvchi,  hukumatga  qarashli 

bo„lmagan ijtimoiy xayriya tashkiloti hisoblanadi. 

Jamg„arma  o„z  ishini  O„zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  muvofiq, 

«O„zbekiston Respublikasi jamoat birlashmalari to„g„risida»gi Qonun, «Axborot olish 

erkinliklari  va  kafolatlari»,  «Jurnalistlik  faoliyatini  himoya  qilish  to„g„risida» 

qonunlar va boshqa normativ hujjatlar asosida tashkil qiladi. 

Jamg„arma o„z faoliyatida quyidagi vazifalarni bajaradi: 

–  ommaviy  axborot  vositalari  amaliy  faoliyatida  demokratik  jarayonlarni  yanada 

rivojlantirish  uchun  zarur  sharoitlarni  yaratish,  jurnalistlar  faoliyatini  aktivlashtirish, 

gazetalar,  jurnallar,  radio  va  televideniyening  moddiy-texnika  bazasini  rivojlantirish 

va mustahkamlash, bozor munosabatlariga o„tish sharoitida ularga moliyaviy yordam 

ko„rsatish; 

– ijodiy faoliyatda demokratik tamoyillarni joriy etish; 

– demokratiya va so„z erkinligining chinakam institutlari sifatida matbuot organlari 

roli va nufuzini kuchaytirish; 

– jurnalistlarning huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va ijodiy huquqlarini, qadr-qimmatini, 

ularning  davlat  va  jamoat  organlari  oldidagi,  ommaviy  axborot  vositalarining 

ta‟sischilari va noshirlari oldidagi manfaatlarini himoya qilish; 

– mulkchilikning barcha shakllaridagi ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish 

yo„li bilan O„zbekistonda erkin demokratik axborot muhitini vujudga keltirish; 

– g„oyaviy yo„nalishi turlicha bo„lgan nashrlarda, radio va televideniyeda ishlovchi 

jurnalistlar hamkorligini ta‟minlash; 

–  ommaviy  axborot  vositalari  xodimlarining  har  qanday  vaziyatda  o„z  fikrlarini 

erkin  ifodalash,  axborotlarni  qonunlar  bilan  man  etilmagan  usullarda  tarqatish 

huquqini ta‟minlash; 

– ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli davlat 

idoralariga takliflar kiritish; 




 

213 


– qonunda belgilangan tartibda chet el ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni 

mustahkamlash, respublika  matbuot  vakillarining  kasb  mahoratini  oshirish va  tajriba 

almashish maqsadida ularning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini uyushtirish. 

Vazirlar  Mahkamasining  yangi  jamg„arma  tuzishni  qo„llab-quvvatlash  yuzasidan 

qabul  qilgan  qarorida  ommaviy  axborot  vositalarining  faolligini  oshirish,  ularning 

demokratiya  va  so„z  erkinligining  haqiqiy  minbari  sifatidagi  o„rni  va  ahamiyatini 

kuchaytirish,  matbuot  yangi  tafakkurni  shakllantirishning  ta‟sirchan  vositasiga, 

odamlar  fikr  va  irodasining  xolis  ifodachisiga  aylanishi  uchun  ularning  erkin 

tayyorlanishi va tarqalishini ta‟minlash zarurligi alohida uqtiriladi. 

Hukumat  erkin,  demokratik  axborot  manbalarini  yaratish  maqsadida  davlatga 

qarashli  bo„lmagan,  mustaqil  nashrlar  va  axborot  organlari  tarmog„ini  kengaytirish 

masalasini kun tartibiga qo„ymoqda. 

Bularning  hammasi  O„zbekistonda  demokratik  jarayonlar  izchillik  bilan 

rivojlanayotganidan  dalolat  beradi.  Mamlakat  iqtisodiyoti  Mustaqillikning  oltinchi 

yilida  barqaror  tus  oldi.  Yangi  jamiyatimizning  jahon  andozalariga  mos  keladigan 

shakl-u  shamoyili  qad  rostladi.  Endi  uni  demokratik  tamoyillar  bilan  mazmunan 

boyitish, g„oyaviy jihatdan chuqurlashtirish zarur. 

Matbuot  chin  ma‟noda  mamlakat  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-ma‟naviy  hayotining 

faol  ishtirokchisi,  yangiliklar  jarchisi,  ezgu  ishlar  da‟vatkori,  jamoatchilik  fikrining 

xolis ko„zgusiga aylanishining o„ziga xos shart-sharoitlari ham bor, albatta. 

Matbuot va so„z  erkinligini  tanlagan har bir  jamiyat  boshidan  kechirishi va  amal 

qilishi muqarrar bo„lgan talablar bor. Bu eng avvalo hamma uchun birday manfaatli 

bo„lgan mas‟uliyat hissi, javobgarlik tuyg„usi. 

Haqiqiy  erkinlik  yuksak  intizom,  qat‟iy  talab,  fuqarolik  mas‟uliyati,  qonunlar 

ustuvorligidir. 

1996-yil  19-dekabr  kuni  Prezident  devonida  respublika  ommaviy  axborot 

vositalarini  demokratlashtirish  va  qo„llab-quvvatlash  jamg„armasi  vakillari  qabul 

qilindi.  Unda  mamlakat  rahbari  bugungi  kunda  O„zbekiston  matbuoti  oldida  turgan 

eng dolzarb vazifalar haqida to„xtalar ekan, mamlakatimiz istiqloli va ravnaqi, milliy 

va  tafakkurni  shakllantirish  xalqimiz  g„ururi  va  iymon-e‟tiqodining  qay  darajada 

mustahkamligiga har jihatdan bog„liq ekanini alohida ta‟kidladi. 

Shuningdek,  jamiyatda  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlari  shakllanayotgan  bir 

paytda  ma‟naviyatni  mustahkamlash  hamda  ma‟rifatparvarlikni  keng  targ„ib  etish 

lozimligi va bunda matbuotning roli katta ekani alohida qayd etildi. 

Uchrashuvda 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish