Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram 

bo„lmagan  tarmog„i  sifatida  butun  odil  sudlov  tizimini  demokratlashtirish  – 

huquqiy  davlatni  mustahkamlashning  yana  bir  muhim  yo„nalishidir  ...  Sud 

jazolovchi  organdan  oddiy  odamlarning  huquqlari  va  manfaatlarini  himoya 

qiluvchi  organga  aylanib,  haqiqatan  ham  mustaqil  bo„lib  qolishi  lozim»

  –  deb 

uqtiradi I.Karimov Oliy Majlisning VI cessiyasida. 

Ko„rinib turibdiki, sud ahamiyatining, uning obro„yining jiddiy ravishda oshirilishi 

zarurligi,  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilish,  bu  masala  ayniqsa, 

sudlarning  faoliyatida  asosiy  mazmunni  tashkil  etishi  zarurligi  Prezident  tomonidan 

qayta-qayta ta‟kidlandi. Sud kishilarning huquqlari va  manfaatlarini himoya qiluvchi 

hokimiyatga  aylanishi  zarur.  Buning  uchun  u  mustaqil  harakat  qilishi  kerak.  Xalq 

maslahatchilari haqiqiy, odil, tajribali, hurmatga sazovor shaxslar bo„lishi kerak. 



 

201 


Sud  tizimi  O„zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  Sudi,  O„zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi,  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo„jalik  Sudi, 

Qoraqalpog„iston  Respublikasining  Oliy  Sudi,  Qoraqalpog„iston  Respublikasining 

xo„jalik Sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo„jalik va harbiy 

sudlaridan iborat. 

Huquqiy  demokratik  insonparvar  davlatni  barpo  etish  va  fuqarolik  jamiyatini 

shakllantirish  jarayonida  yangi  tizim  –  huquq  tarmoqlarini  birlashtirishni  va  ular 

o„rtasidagi munosabatni uyg„unlashtirishni ta‟minlovchi Konstitutsiyaviy Sud yuzaga 

keldi. Bu tizimning vujudga kelishi demokratik davlat uchun ulkan voqeadir. 

Konstitutsiyada  sud  hokimiyati  mustaqilligining  mustahkamlanishi  odil  sudlovni 

amalga oshirishda keng imkoniyatlar ochdi. 

Shuni  alohida  ta‟kidlash  kerakki,  mustaqil  O„zbekiston  Konstitutsiyasi  sho„rolar 

davri  konstitutsiyalaridan  keskin  farq  qiladi.  Ularning  birortasida  sud  hokimiyati 

degan so„z uchramaydi. 

Mustaqil O„zbekiston Konstitutsiyasida hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro va 

sud  hokimiyatlariga  bo„linishi  hozirgi  zamon  jahon  davlatchiligining  eng  ilg„or 

tajribalariga mos keladi va xalqaro talablarga to„la javob beradi. 

Chunki,  ayni  shunday  jahon  jamoatchiligi  tomonidan  qabul  qilingan  demokratik 

me‟yorlar  bilangina  odil  sudlovni  talab  darajasida  amalga  oshirishni  ta‟minlash, 

Konstitutsiyaga va inson huquqlari to„g„risidagi xalqaro paktlarga, ijtimoiy adolatga, 

fuqarolarning tinchligi va ahilligiga so„zsiz amal qilib, qonuniylik va huquq tartibotni 

mustahkamlash mumkin. 

Konstitutsiyaning  106  va  116-moddalarida  sud  hokimiyatining  asoslari  aniq 

belgilanib,  sud  hokimiyati  va  sudyalarning  mustaqilligi  mustahkamlangan.  Shunga 

ko„ra,  sud  hokimiyati  va  sudyalar  faqat  qonungagina  bo„ysunadilar.  Bu  qoida 

Konstitutsiyada  qator  kafolatlar  bilan  himoyalangan.  Sud  tizimining  tuzilishi  va 

Respublika  barcha  sud  organlarining  vakolatlari  ham  Asosiy  qonunda  belgilab 

berilgan. 

Mustaqil sud hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini tartibga soluvchi va uning 

sudyalarni  saylash,  tayinlash  hamda    ularni  vazifasidan  ozod  qilish  tartibi,  sud 

ishlarini  ko„rishda  aralashganlik  uchun  javobgarlik  va  hokazolarning  asosiy  kafolati 

hisoblangan  «Sudlar  to„g„risida»gi  Qonun  1993-yil  2-sentabrida  Oliy  Kengashning 

XIII  sessiyasida  qabul  qilindi.  Ilgariroq  1992-yil  10-dekabrda  Oliy  Kengashning  XI 

sessiyasida  qabul  qilingan  «Prokuratura  to„g„risida»gi  Qonun  uning  sud  bilan 

butunlay yangi sharoit va talablar doirasidagi o„zaro munosabatlarini belgilab bergan 

edi.  Jinoyat  protsessual,  Xo„jalik  protsessual  va  Fuqarolik  protsessual  to„g„risidagi 

qonunlar  qabul  qilinib,  ularda  sud  mustaqilligi  tamoyillari,  taraflarning  tengligi,  sud 

ishlarini  yuritishda  tortishuv  va  odil  sudlovning  boshqa  demokratik  me‟yorlari 

mustahkamlandi. 

1996-yil  7-dekabrda  Konstitutsiyaning  to„rt  yilligiga  bag„ishlangan  yubiley 

tantanalarida so„zga chiqib,  Prezident I.Karimov davlatda huquqiy  tizim  har qanday 

vaziyatda ham aniq ishlashi lozim ekanligini alohida ta‟kidladi. Shuning uchun ham 




 

202 


haqiqiy  Mustaqil,  kuchli  sud  hokimiyati  sudyalarning  injiqligi  yoki  yuqori  mavqe 

istagi emas, balki u Konstitutsiyaning, barcha xalqning talabi hamda erkin demokratik 

jamiyatning o„zaklaridan biridir. 

Insoniyatning  ko„p  asrlik  tarixi  davomida  qonuniylikni  ta‟minlashning  bundan 

o„zga  mexanizmi  topilgani  yo„q.  Sud  hokimiyati  mustaqilligi  tamoyili  bizning 

mamlakatimiz  ham  qo„shilgan  juda  ko„p  xalqaro  hujjatlarda,  shu  jumladan,  Inson 

huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida ham o„z ifodasini topgan. 

O„zbekiston  ko„p  yillar  davomida  totalitar  tuzum  sharoitida  yashab,  hokimiyat 

bo„linishi  tamoyili  yo„qligi  uchun  sud  hukmron  partiyaning  qonunsiz  da‟volarining 

himoyachisiga, kommunistik mafkuraning jazo organiga aylanib kelgan edi. 

Ma‟lumki,  70  yildan  ortiqroq  vaqt  mobaynida  harbiylarning  taqdiri  qanday  hal 

bo„lishini hech kim bilmas edi. Respublika hududida harbiy tribunal deb nomlangan 

sud bor edi. Biroq, bunga Oliy sud va boshqa sudlarning umuman daxli yo„q edi. Endi 

qonundan  kelib  chiqib,  Qurolli  kuchlar  harbiy  sudi, garnizon  sudlari  va  ularning  ish 

faoliyatlarini nazorat qilish uchun Respublika Oliy sudida harbiy hay‟at tashkil etildi. 

Harbiy hay‟at raisi lavozimi bo„yicha Oliy sud Raisi o„rinbosari hisoblanadi. Ularga 

Qurolli kuchlar safida, chegara qo„shinlarida, milliy xavfsizlik organlarida, respublika 

ichki  ishlar  vazirligining  ichki  qo„shinlarida  va  boshqa  harbiy  tuzilmalarda  xizmat 

qilayotgan,  o„quv  yig„inlaridagi  shaxsiy  tarkib  tomonidan  sodir  etilgan  jinoyat 

ishlarini  hamda  Qurolli  kuchlar  harbiy  qismlari  qo„mondonlariga  nisbatan  harbiy 

xizmatchilarning da‟vosi bo„yicha bo„lgan fuqarolik ishlari va ularning g„ayriqonuniy 

harakatlari yuzasidan tushgan shikoyatlarni ko„rish vakolati yuklatilgan. 

Hozir sud islohotlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Oliy Majlisning 1996-yil 26-

dekabrda  bo„lgan  VII  sessiyasida  Jinoyat  va  Jinoyat-protsessual  qonunlarga  jiddiy 

o„zgartirishlar kiritildi.  

Sud hokimiyati Konstitutsiya va xalq tomonidan sudga berilgan jinoyat, fuqarolik 

va  ma‟muriy  hamda  xo„jalik  ishlari  bo„yicha  huquq  va  adolat,  qonun  ustuvorligi 

tamoyiliga  amal  qilish,  topshirilgan  ish  uchun  javobgarlik  asosida  odil  sudlovni 

amalga oshirish imkonini beruvchi vakolatlar majmuidir. 

Shunday  qilib,  respublikadagi  sud  hokimiyatining  bugungi  ahvolini  baholash 

uchun odil sudlov sifatining o„zini, sudda Konstitutsiya va qonunlar talablari hamda 

sudlarning  hokimiyatning  boshqa  tarmoqlari  bilan  o„zaro  munosabatlarini  amalga 

oshirish darajasini tahlil qilish zarur. 

Umuman  olganda,  sudlarning  jinoyat  va  fuqarolik  ishlari  bo„yicha  o„tgan  2000–

2006-yillar  ichidagi  ishlarining  sifatini  baholaydigan  bo„lsak,  bu  ko„rsatkich  ancha 

yaxshilandi.  Sudlar  dalillarni  baholash  masalasiga  mas‟uliyat  bilan  yondasha 

boshladilar.  Ishlarni  ko„rishda  rasmiyatchilik,  yuzaki  yondashish,  himoya  huquqini 

buzish hollari kamaydi. 

Jinoiy  jazo choralarini  tayinlash  masalasida ham  jiddiy  o„zgarish  yuz berdi.  Oliy 

sudning  1993-yildan  boshlab  joylarda  o„tkazgan  tekshirishlari,  Plenumlarda  qabul 

qilingan  tegishli  qarorlar,  xavfli  jinoyatchilarga,  uning  tashkilotchilariga,  jinoiy 

guruhlarning  faol  qatnashchilariga  jazo  tayinlash  amaliyotini  tubdan  o„zgartirish 




 

203 


imkonini berdi. Og„ir va o„ta og„ir jinoyatlar uchun jazo tayinlash ancha kuchaytirildi, 

natijada respublikada vaziyat yaxshilandi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  «Sudlar  to„g„risida»gi  Qonunning  4-

moddasida  qayd  etilgan  va  o„zlariga  yuklatilgan  hokimiyat  vakolatlaridan  kelib 

chiqqan  holda  so„nggi  yillarda  o„z  faoliyatlarini  Konstitutsiyada  va  boshqa 

qonunlarda  hamda  inson  huquqlari  to„g„risidagi  xalqaro  hujjatlarda  bayon  etilgan 

fuqarolarning  huquq  va  erkinliklariga,  korxonalar,  muassasa  va  tashkilotlarning 

huquqlari  hamda  qonun  bilan  himoyalanadigan  manfaatlariga  rioya  etilishini 

kafolatlash borasida qator tadbirlarni amalga oshirdi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudida  fuqarolik,  jinoyat  ishlarini  birinchi, 

kassatsiya  va  nazorat  bosqichlarida  ko„rish,  shikoyatchilarni  tekshirish,  quyi  sudlar 

tomonidan  ko„rilayotgan  ishlarni  qonuniy  va  adolatli  hal  etilishini  ta‟minlash,  yo„l 

qo„yilayotgan  xato  va  kamchiliklarni  tuzatish,  ularga  amaliy  yordam  ko„rsatish 

borasida ham samarali ishlar qilindi. 

Mamlakatimiz tashqarisiga tovar moddiy boyliklarni olib chiqish tartiblarini buzish 

jamiyatimiz  uchun  katta  xavf  tug„dirishini,  bozor  iqtisodiyotiga  va  fuqarolarning 

manfaatlariga  jiddiy  zarar  keltirishi  e‟tiborga  olinib,  ularni  sudda  ko„rish  amaliyoti 

o„rganib  chiqildi.  Yo„l  qo„yilgan  kamchiliklarni  bartaraf  etish  maqsadida  Oliy  sud 

1993-yil  27-dekabrdagi  Plenumida  «Respublikadan  tashqariga  tovar  moddiy 

boyliklarni  olib  chiqish  va  Respublikaga  naqd  pullarni  olib  kelish  tartiblarini 

belgilovchi qonunlarni qo„llash to„g„risida» qaror qabul qilib, quyi sudlarga dasturiy 

ko„rsatmalar berdi. 

1980-yillarning  oxiriga  kelib,  Respublikadagi  jinoiy  muhitning  keskinlashganligi 

va jinoyatlarning yangi uyushgan, qurollangan va giyohvand moddalar bilan bog„liq 

turlari ko„payganligi jinoyatchilikka qarshi kurashda keskin choralar ko„rishni taqozo 

etdi. 


O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi 1994-yil 7-yanvarda Plenum o„tkazib, «Jinoyat 

uchun  jazo  tayinlash  amaliyoti  to„g„risida»gi  masalani  muhokama  etdi  va  tegishli 

qaror  qabul  qildi.  Unda  jinoyat  sodir  etgan  shaxslarga  nisbatan  qonun  moddalarini 

qo„llash choralari ko„rildi. 

Oliy  Sud  Plenumining  mazkur  qarori  jinoyatchilikka,  ayniqsa,  uyushgan 

jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  ijobiy  rol  o„ynadi.  Avvalo,  Andijon,  Namangan, 

Farg„ona, Toshkent viloyati va  Toshkent shahrida makon qurgan «nomdor», jinoyat 

olamida  «shuhrat  qozongan»  to„dalarning  asosiy  qismi  ushlandi  va  tergov  qilinib, 

sudlar tomonidan qilmishlariga yarasha qonuniy jazo belgilandi. 

Og„ir  jinoyat  sodir  etgan  shaxslarga,  jinoiy  guruhning  tashkilotchilari  va  faol 

ishtirokchilariga,  muqaddam  sudlanganlarga  qonun  doirasida  qattiq  jazo  choralarini 

qo„llash  bilan,  keyingi  yillarda  jinoyatchilikning  og„ir  turlaridan  hisoblangan 

uyushgan  jinoyatchilik,  tovlamachilik  (reket),  avtomashinalarni  olib  qochish  kabi 

jinoyatlarning  keskin  kamayishiga  erishildi  va  respublikadagi  kriminogen  vaziyat 

yaxshilandi.  



 

204 


Mamlakatda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi, ayniqsa qishloq xo„jaligida tub 

islohotlar, xo„jalik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirishni talab qildi. 1996-yil 

25-iyulda  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Xo„jalik  sudlari  tarkibini 

takomillashtirish to„g„risida»gi Farmoni e‟lon qilindi. Mazkur Farmon asosida viloyat 

xo„jalik sudlari maqomida faoliyat ko„rsatuvchi Toshkent shahar xo„jalik sudi tashkil 

etildi va xo„jalik sudlari sud ijrochilari instituti ta‟sis etildi. 

Uy-joy  islohotini  amalga  oshirish  bozor  iqtisodiyotiga  o„tishning  muhim 

omillaridan  biri  ekanligi,  uning  maqsadi  uy-joy  bozorini  vujudga  keltirishga 

qaratilganligini e‟tiborga olib, «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to„g„risida»gi 

Qonunni  qo„llashdagi  ba‟zi  masalalar  haqida  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi 

1994-yil 9-sentabrda bo„lib o„tgan Plenumida Qaror qabul qildi. Qabul qilingan qaror 

respublikada  davlat  uy-joy  fondini  xususiylashtirish  jarayonini  amalga  oshirishda 

muhim ahamiyatga ega bo„ldi. 

Prezident  Islom  Karimov  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  Assambleyasining 

48-sessiyasida  so„zlagan  nutqida  insoniyat  oldida  turgan  birinchi  navbatda  hal 

qilinishi  zarur  bo„lgan  muammolar  orasida  xalqaro  maydonda  narkobiznesga  qarshi 

kurashni kuchaytirish masalalariga alohida e‟tibor bilan qarash lozimligini ta‟kidlab, 

O„zbekiston  ana  shu  kurashda  keng  ko„lamli  hamkorlik  qilishga  tayyor  ekanligini 

bildirdi. 

Ma‟lumki,  giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalari  bilan  qonunga  xilof 

ravishda  muomala  qilish  inson  sog„lig„i  va  xavfsizligiga  jiddiy  tahdid  soladi, 

mamlakatdagi  kriminogen  vaziyatga,  jamiyatning  iqtisodiy  va  madaniy  negiziga 

salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi,  ko„pincha  u  uyushgan  jinoyatchilik  bilan  uzviy  bog„liq 

bo„ladi. 

Giyohvandlik  oqibatida  ko„plab  og„ir  jinoyatlar  sodir  etilmoqda.  Oilalar  barbod 

bo„lmoqda.  Shuning  uchun  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  giyohvandlik  bilan 

bog„liq  jinoiy  ishlarni  sudda  ko„rish  amaliyotini  o„rganib,  bu  masalani  1995-yil  27-

oktabrdagi  Plenumida  muhokama  qildi.  Plenum  sudlarga  zarur  ko„rsatmalar  berdi, 

sudlardan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar o„tkazish, ekish va shu kabi 

jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan qonun kuchidan to„la foydalanishni talab 

qildi. 

Shu bilan birga, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yil 

1-avgustdagi  «O„zbekiston  Respublikasida  o„lim  jazosini  bekor  qilish  to„g„risida»gi 

hamda  2005-yil  8-avgustdagi  «Qamoqqa  olishga  sanksiya  berish  huquqini  sudlarga 

o„tkazish  to„g„risida»gi  farmonlari  har  bir  sudya  zimmasiga  alohida  mas‟uliyat 

yuklashi ta‟kidlanib, bu borada sudya kadrlarni tayyorlash va yagona sud amaliyotini 

shakllantirish mexanizmini barpo etish bo„yicha chora-tadbirlar belgilab chiqildi. 

Ma‟lumki,  Qonunga  xilof  ravishda  qurolga  egalik  qilish  bilan    bog„liq  jinoyatlar 

jamiyat  uchun  katta  xavf  tug„diradi.  Shu  sababli  Oliy  sud  Plenumi  1996-yil  7-

yanvarda «Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to„g„risidagi ishlar bo„yicha 

sud  amaliyoti  haqida»gi  masalani  ko„rib  chiqib,  sudlarning  e‟tiborini  mazkur 

masalaga  doir  jiddiy  kamchiliklarga  qaratdi.  Bunday  ishlarni  ko„rish  chog„ida 




 

205 


qurollarni  olish,  tayyorlash  manbalari  va  sabablarini,  jinoyatlarning  sodir  etilishiga 

imkoniyat  tug„dirayotgan  sharoitlar  va  shaxslar  doirasini  aniqlash,  jazo  tayinlashda 

alohida  yondashuv  qoidalariga  rioya  etish,  aybdorlarga  nisbatan  asossiz  ravishda 

yengil  jazo  tayinlash  hollariga  barham  berish  talab  etildi.  Qurol  va  o„q-dorilarni 

o„tkazish maqsadida sotib oluvchilarga va tayyorlovchilarga, ularni o„tkazuvchilarga, 

talon-taroj  etuvchilarga,  og„ir  jinoyatlarni  sodir  etishda  quroldan  foydalanuvchilarga 

qattiq jazo choralarini qo„llash haqida ko„rsatmalar berildi. 

Mamlakatimizda 

islohotlarning 

izchil 


amalga 

oshirilishi 

iqtisodiyotni 

shakllantirishga,  uning  bozor  sharoitiga  moslashtirilishiga  va  xalqaro  hamjamiyat 

uchun ochiq bo„lishiga sharoit yaratdi. 

Bozor  iqtisodiyotini  vujudga  keltirish,  bu  birdan-bir  maqsad  emas.  Islohotlarning 

asl  maqsadi, insonga  munosib  turmush  kechirish va  faoliyat  ko„rsatish  uchun  yetarli 

sharoitni vujudga keltirishdan iboratdir. 

Huquqiy  tashviqot  darajasi  pastligi,  bozor  iqtisodiyoti  bilan  bog„liq  qonunlarni 

buzganlikda  aybdor  bo„lgan  shaxslarning  javobgarlikka  tortilishida  oshkoralikning 

yo„qligi,  fuqarolarning  ongida  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlarning  faoliyatiga 

nisbatan  ishonchsizlik  kelib  chiqishiga  sabab  bo„ladi.  Bundan  tashqari,  tadbirkorlik, 

fermerlik  va  boshqa  yakka  tartibdagi  faoliyat  bilan  shug„ullanuvchilar,  qishloq 

xo„jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqonlar o„z huquqlarini bilmasligi natijasida 

ayrim  firibgar-u  tovlamachilar  va  zo„ravonlarga  aldanadilar,  oqibatda  bozorlarda 

narx-navo  ko„tariladi.  Buning  ustiga  har  xil  yig„imlar  yig„ish,  ko„pincha  to„g„ridan 

to„g„ri  tovlamachilik,  g„ayriqonuniy  ravishda  haq  olish,  poraxo„rlik  kabi  illatlar 

uchrab turibdi. 

Oliy  sudning  1996-yil  15-martdagi  Plenumida  ana  shu  farmon  yuzasidan  tegishli 

masalani  muhokama  qilib,  qaror  qabul  qildi.  Sudlardan  tovlamachilarga 

(reketchilarga), tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga to„sqinlik qiluvchi shaxslarga, 

talon-taroj, fuqarolardan nohaq yig„imlar olish, xizmat vakolatlarini suiiste‟mol qilish 

bilan  shug„ullanuvchi  bozor  ma‟muriyatining  mansabdor  shaxslariga,  savdo 

qoidalarini buzuvchi, o„ta yuqori narxlarni sun‟iy ravishda saqlab turuvchi, mahsulot 

ishlab  chiqaruvchilarni  bozordan  siqib  chiqaruvchilarga  nisbatan  qattiq  jazolarni 

qo„llashni  ta‟minlash  talab  etildi  hamda  boshqa  masalalarda  sudlarga  dasturiy 

ko„rsatmalar berildi. 

Shuningdek,  jinoyat  uchun  jazo  tayinlash  masalasining  o„ta  muhim  masala 

ekanligini  e‟tiborga  olib,  Oliy  sud  1996-yil  19-iyulda  ushbu  masalani  ikkinchi 

marotaba Plenum majlisida ko„rib chiqdi. 

Ma‟lumki, butun jahon jamoatchiligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti atrof-muhitni 

muhofaza  qilish  muammosiga  va  uning  huquqiy  tomonlariga  juda  katta  ahamiyat 

bermoqda. 

Shuning  uchun  ham  Prezident  I.Karimov  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh 

Assambleyasining  48-sessiyasida  so„zlagan  nutqida  Orol  bo„yidagi  ekologik  inqiroz 

sababli  yuzaga  kelgan  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar  majmui  o„zining  kelib  chiqishi 

va oqibatlari bo„yicha xalqaro xarakterga ega ekanligini ko„rsatib o„tdilar. 



 

206 


Respublikamizda  mavjud  bo„lgan  ekologik  vaziyatni  e‟tiborga  olib,  O„zbekiston 

Respublikasi Oliy sudi Plenumi bu masala bilan bog„liq jinoiy ishlarni hamda boshqa 

huquqbuzarliklarni  ham  o„rganib  chiqib,  1996-yil  20-dekabrda  «Atrof-muhitni 

muhofaza  qilish  va  tabiatdan  foydalanish  sohasidagi  jinoyatlar  va  boshqa 

huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlar bo„yicha sud amaliyoti haqida» qaror qabul qildi. 

Unda  sudlarning  e‟tiborlari  tabiatni  muhofaza  qilish,  tabiat  boyliklaridan  ziyon-

zahmat yetkazmasdan oqilona foydalanish to„g„risidagi qonunlarga qat‟iy amal qilish 

eng muhim davlat vazifalaridan biri ekanligiga, ularni to„g„ri hal qilish fuqarolarning 

sog„lig„i  va  farovonligiga,  shuningdek,  respublikaning  iqtisodiy  va  ijtimoiy 

rivojlanishiga bog„liqligiga qaratildi. 

Ekologiya  sohasidagi  jinoyatlar  va  boshqa  huquqbuzarlik  ishlarini  ko„rishda 

yuzaga keladigan  muammolarni bartaraf  etish,  tabiatni  muhofaza  qilish  to„g„risidagi 

qonunlarni  buzishda  aybdor  bo„lgan  barcha  shaxslar  doirasini  aniqlash,  ularni 

qonunda  belgilangan  tartibda  javobgarlikka  tortish  masalasini  hal  qilish,  yetkazilgan 

zararni  to„liq  undirish  choralarini  ko„rish  va  boshqa  masalalarda  sudlarga 

ko„rsatmalar berildi. 

Ma‟lumki,  davlat  va  jamiyatning  obro„si  o„sha  davlatda  mavjud  bo„lgan  sud  va 

sudyalarning  qonun  talablariga  og„ishmasdan  amal  qilishlariga,  qabul  qilingan  har 

qanday  qarorlar  qonun  me‟yorlariga  nechog„lik  mos  kelishiga  bevosita  bog„liq. 

Darhaqiqat,  yaxshi  qonunlar    bo„lsa-yu  sud  tizimida  ishlovchilar  uning  talablariga 

mos  qaror  qabul  qilmasa,  sud  tizimining  obro„siga  putur  yetkazadi.  Bu  davlat  va 

jamiyat obro„siga rahna soladi. 

Sud  fuqarolar  ko„z  oldida  ularning  haq-huquqlarini  va  manfaatlarini  himoya 

qiluvchi  organ  sifatida  gavdalanishi  shart.  Endi  totalitar  tuzum  davridagi  sudga 

nisbatan  bo„lgan  qarashlarni  tubdan  o„zgartirish  vaqti  keldi.  Sud  madaniyatini 

ko„tarish  har  bir  sud  jarayoni  fuqarolarning  haq-huquqlarini  himoya  qilishga 

qaratilmog„i  shart.  Sud  adolat  posboniga  aylanmog„i  zarur.  Sud  va  sudyalar 

fuqarolarda  o„ziga  nisbatan  ishonch  tug„dirishning  uddasidan  chiqishi,  bu  ishonchni 

har kuni, har doim amaliy ishlar bilan oqlamog„i lozim. 

Sud  hokimiyatining  obro„sini  ko„tarish,  uning  xolisligini  ta‟minlash  har  bir 

sudyadan katta mas‟uliyat, jasorat, bilim, tajriba orttirishni, poklik va adolatni barcha 

narsalardan  ustun  qo„yishni,  davlat  va  xalqqa  sodiq  bo„lishni  taqozo  etadi.  Shuning 

uchun  ham  sud  va  sudyalarning  boshqa  tarmoqlardan  haqiqiy  mustaqilligini,  sud 

qarorlarini  qabul  qilishda  faqat  qonunga  bo„ysunishini,  sudning  hammabop,  himoya 

doirasi  kengayishini  ta‟minlaydigan  va  nihoyat,  sud  tizimiga  nopok,  poraxo„r  va 

tasodifiy  kimsalar  kirib  qolishiga  yo„l  qo„ymaydigan  huquqiy  asos  qadam-baqadam 

takomillashtirib borilmoqda. 

2006-yilda  umumiy  yurisdiksiya  sudlari  tomonidan  mamlakatimizda  qonun 

ustuvorligi  va  ijtimoiy  adolatni  ta‟minlash,  fuqarolarning  haq-huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlarini  himoya  qilish  borasida  muayyan  ishlar  amalga  oshirildi.  Fuqarolik 

ishlari bo„yicha sudlar tomonidan 420 mingdan ortiq ish ko„rib chiqilib, ularning 96 

foizi  bo„yicha  da‟vo  talablari  qanoatlantirilib,  fuqarolar  hamda  tashkilotlarning 




 

207 


buzilgan  haq-huquqlari  tiklangan  va  ularning  foydasiga  26,2  milliard  so„m  moddiy, 

3,6  milliard  so„m  ma‟naviy  zarar,  shuningdek,  respublika  budjetiga  455,3  million 

so„m  davlat  boji  undirilgan.  Shu  jumladan,  tadbirkorlarning  buzilgan  huquq  va 

qonuniy  manfaatlarini  tiklash  yuzasidan  300  dan  ortiq  da‟vo  qanoatlantirilib,  40,3 

million so„m moddiy va 24,8 million so„m ma‟naviy zarar undirilgan. 

2000-yilda  umumiy  sudlanganlarning  47,2  foiziga  ozodlikdan  mahrum  qilish 

jazosi tayinlangan bo„lsa, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sud-huquq tizimida olib 

borilayotgan  islohotlarning  muhim  yo„nalishlaridan  biri  –  «Jinoiy  jazolarning 

liberallashtirilishi  munosabati  bilan  O„zbekiston  Respublikasining  Jinoyat,  Jinoyat-

protsessual  kodekslari  hamda  Ma‟muriy  javobgarlik  to„g„risidagi  kodeksiga 

o„zgartishlar va qo„shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilingach, 2006-yilda 

bu  ko„rsatkich  atigi  28,7  foizni  tashkil  etgan.  Boshqacha  aytganda,  71,3  foiz 

sudlanganlarga  nisbatan  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan  bog„liq  bo„lmagan  jazolar 

tayinlanib,  ular  oilasi,  jamoasi  bag„rida  qolgan.  Sodir  etilgan  iqtisodiy  jinoyatlar 

oqibatida  yetkazilgan  zararning  33  milliard  so„mdan  ortig„ini  ixtiyoriy  ravishda 

qoplagan  to„qqiz  ming  nafarga  yaqin  shaxsga  nisbatan  ozodlikdan  mahrum  qilish 

bilan bog„liq bo„lmagan jazo tayinlangan. 

Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o„zgartish va qo„shimchalardan yana bir muhimi 

–  yarashuv  institutining  qabul  etilishi  natijasida  2006-yilda  12,605  nafar  shaxsga 

nisbatan  11,503  ta  jinoyat  ishi  tugatilgan  bo„lsa,  bu  institut  amaliyotga  joriy 

qilinganidan bugungi kunga qadar 54 mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod 

etilib, «sudlangan» degan nomni ko„tarib yurishdan xalos bo„lgan. 

 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish