Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Eng  yomoni  ichki  parokandalik



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Eng  yomoni  ichki  parokandalik.

  Bu  nihoyatda  og„ir  va  surunkali  kasallik.  Uni 

faqat  ancha-muncha  asablar  va  hayot-mamot  kurashi  evazigagina  davolash  mumkin. 

Aksariyat  hollarda  esa,  ichki  parokandalik  siyosiy  beqarorlikka  aylanib  ketib,  butun 

jamiyatni  ostin-ustun  qilib  tashlaydi. Minglab odamlarning  yostig„ini  quritadi, millat 

kushandasi  sifatida  ildiz  otadi  va  uni  yillar  mobaynida  kemirib  tashlaydi.  Ana 

shunday xalq boshiga qiron keltiruvchi hodisalar O„zbekistonda ham mavjud edi. 



 

172 


Demokratiya  o„yinlari  avj  olgan  bir  paytda  o„zini  ko„z-ko„z  qilishga  ishqivoz 

bo„lgan  siyosiy  arboblar  ham  maydonga  chiqishdi.  Ularning  ayrimlari  turli  mansab 

pillapoyalaridan tez-tez ko„tarilib hukumatning eng yuqori kursilarini egallashga ham 

ulgurishdi.  O„zlarini  mavjud  siyosatga  sadoqatli,  hukumatga  esa  fidoyi  qilib 

ko„rsatishdi.  Eng  achinarlisi,  bular  orasida  uzoq  yillar  partiya  va  sho„ro  idoralarida 

katta-kichik  lavozimlarda  faoliyat  ko„rsatgan  kishilar  ham  bor  edi.  Ular  dahanaki 

«dasturlari»da  yillar  mobaynida  sovet  hokimiyati  hukmronligi  paytida  to„planib 

qolgan  qator  muammolarni  hal  etish  singari  xalqimizga  xush  yoqadigan,  uning 

kundalik  turmushiga  madad  bo„ladigan  masalalarni  ko„tarib  chiqardilar.  Keyinroq 

xuddi  ana  shu  masalalarni  ko„tarishda  ayyorlik  qilishgani  va  vaziyatdan  foydalanib, 

respublikaning  eng  yuqori  mansab  kursilarini  egallashga  harakat  qilishgani  ma‟lum 

bo„la boshladi. 

O„zbekiston mustaqilligini e‟lon qilish, uni mustamlakachilik iskanjasidan qutqarib 

olish jarayonlari qanchalik tahlikali ekanligi kitobxonga ayon. Oliy Majlisning 1991-

yil  31-avgustda  bo„lib  o„tgan  navbatdan  tashqari  sessiyasida  mamlakat  Prezidenti 

O„zbekistonni mustaqil deb e‟lon qilish taklifini kiritganda zal go„yo muzlab qolgan 

edi.  500  deputat  va  sessiya  qatnashchilari  «shok»  holatida  edi.  Prezident  «Nima, 

mustaqillikdan cho„chiyapsizlarmi, nega qarsak chalmaysizlar?» degandan so„nggina 

deputatlar bir qalqib tushishdi va zalda gulduros qarsaklar boshlandi. 

Moskvada  qon  to„kilayotgan,  markaz  butun  vujudi  bilan  ittifoqdosh 

respublikalarga tazyiq o„tkazayotgan, zug„um va zo„ravonlik bilan ular jilovini tortib 

turgan bir paytda, unga qarshi qo„l ko„tarish, respublika rulini butunlay tortib olish va 

harakatdagi mashinaga sakrab chiqib olish chindan ham jasorat edi. 

Mustaqillik e‟lon qilingach, orqada pisib o„tirib, zimdan ishlayotganlar asta-sekin 

bosh  ko„tardilar.  Endi  o„zlarini  istiqlol  qahramoni,  mustaqillik  jarchisi,  mamlakatni 

boshqarishda  «nodir iste‟dod»  ekanliklarini ko„rsata boshladilar.  Butun  mas‟uliyatni 

zimmasiga  olib,  hayotini  xavf  ostida  qoldirib,  mustaqillikni  e‟lon  qilganlarga 

ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar.  

Bu  borada  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1991-yil  18–21-noyabr 

kunlari bo„lib o„tgan sessiyasi O„zbekiston tarixida alohida voqea sifatida muhrlandi. 

Ayni ana shu sessiyada bir guruh soxta demokratlar ochiqdan-ochiq bosh ko„tardilar. 

Turli  tomondan  so„z  olib,  sessiya  kun  tartibini  buzish,  unga  qo„shimchalar  kiritish 

bahonasida  turli,  bir-biriga  to„g„ri  kelmaydigan  muammolarni  ko„tarib  chiqishga 

intildilar.  To„g„ridan-to„g„ri  mamlakatda  olib  borilayotgan  izchil  siyosatga  zid, 

bo„htondan  iborat  fikrlar  bildira  boshladilar.  Jumladan,  «Tashabbus»  guruhi  nomi 

bilan  so„zga  chiqqan  bir  guruh  deputatlar  «O„zbekistonda  mitinglar  va  namoyishlar 

o„tkazilishini  taqiqlash  to„g„risida»gi  Qarorni  bekor  qilish,  respublika  ma‟muriy 

organlari, shuningdek, Konstitutsiyaviy Nazorat Qo„mitasiga ultimatum qo„yish talabi 

bilan chiqa boshladilar. 

Ayni chog„da, o„zlarini mustaqillik va xalq tarafdorlari sifatida ko„rsatishga urinib, 

«demokratiyami  yoki  diktaturami?»  qabilida  sessiyaga,  uning  rahbariyati  oldiga 

asossiz kesatiqli savollar qo„ya boshladilar. 




 

173 


Bir  so„z  bilan  aytganda  sessiyaga  ma‟lum  kuchlarning  oldindan  tayyorgarlik 

ko„rgani yaqqol sezila boshlandi. Bu o„z navbatida sobiq ittifoq hududida sarosimalik, 

barcha  ittifoqdosh  respublikalarda  turli  hadiksirashlar  va  ikkilanishlar,  mustaqil 

O„zbekistonda  esa  iqtisodiy  tanglik  hukmronlik  qilayotgan  bir  paytda  muxolif 

kuchlarning  turli  hiyla  va  nayrang  yo„li  bilan  hokimiyatni  egallashga  harakat 

qilayotganliklarini ko„rsatar edi. 

Sessiya jangovarlik, shafqatsiz kurash va hujumkorlik ruhida o„tdi. Unda Prezident 

Islom  Karimovning  qat‟iy  iroda  kuchi,  har  qanday  tanqidiy  fikr  va  qo„poruvchilik 

harakatlariga og„ir-vazminlik, siyosiy hushyorlik fazilatlari hamda asosli mulohazalari 

bilan munosabat bildirganligi  natijasida muxolif kuchlar o„z maqsadiga yeta olmadi. 

Agar  ana  shu  yig„ilishda  Prezident  ozgina  ikkilanib  qolganida  o„z  pozitsiyasini 

butunlay  qo„ldan  berib  yuborishi,  hokimiyat  tepasiga  esa  bir  to„da  amalparastlar-u 

shuhratparastlar  kelib  qolishi,  natijada  butun  mamlakat  ham,  xalq  ham  tubsiz  jarga 

qulab ketishi mumkin edi. 

Sog„lom fikrli kishilar, aslida qo„poruvchilarning iddaosi nimada ekanligini aqlan 

chuqur  his  qilgan  fuqarolar  yuqoridagi  soxta  demokratlar  chiqishlarini  qo„llab-

quvvatlamadilar,  kun  tartibidagi  masalalar  yuzasidan  amaliy  takliflar  bildirdilar,  har 

bir  masalada  mamlakatda  olib  borilayotgan  xalqchil  siyosatni  ma‟qullashlarini, 

mamlakat Prezidenti atrofiga yanada jipslashish zarurligini ayta boshladilar. 

Mamlakat  aholisi,  mustaqillik  tarafdorlari  o„zlarining  fikr-mulohazalarini  Oliy 

Kengash va sessiya nomiga yozib yubora boshladilar. 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish