Uchinchidan
,
shuni ham ta‟kidlash kerakki, kadrlar siyosatida 1970–80-yillarda
bir-biriga qarama-qarshi ikki tendensiya namoyon bo„ldi. Bir tomondan kadrlar
korpusida turg„unlik holati ancha kuchli namoyon bo„ldi. Bir qancha partiya
komitetlari tarkibiga, respublika ministrliklari rahbariyatida, sho„ro va xo„jalik
organlari xodimlari orasida ba‟zida o„n yillab zarur kadrlar o„zgarishi ro„y bermadi.
Masalan, O„zbekistonda 10–15 yillab viloyatlarning birinchi rahbarligi lavozimida
ishlagan kishilar bo„ldi. Faqat bu hol respublika viloyat va tuman darajasida emas,
korxona va xo„jalik rahbarligida ham yuz berdiki, oqibatda bunday sun‟iy turg„unlik
xizmat mansabini suiiste‟mol qilishlarga olib keldi. Bundan tashqari, xalq xo„jaligi
boshlang„ich darajasida yana noxush hol, rahbar kadrlarni tez-tez almashtirish uchray
boshladi. Kadrlar bilan jonli ish olib borish o„rniga, ularning professional o„sishida
amaliy
yordam
berish o„rniga, faoliyatlari va imkoniyatlari to„g„risida
shoshmashosharlik bilan xulosalar chiqarildi.
Kadrlar siyosatidagi yana bir jiddiy kamchilik – rahbarlikning barcha darajalarida
kadrlarda markaz buyrug„iga so„zsiz itoat qilish tuyg„usi tarbiyalandi. Xavfli
kasallikka aylangan bunday holat, xususan, 80-yillar boshiga kelganda g„oyat
kuchaydi. Bu davrda markazdan bo„lgan har bir qo„ng„iroq, markazning «otalarcha
g„amxo„rliklari», «amaliy yordami» sifatida qabul qilinadigan, ayni chog„da
markazdan bo„lgan asossiz ko„rsatmalar esa so„zsiz bajariladigan holat vujudga keldi.
123
To„rtinchidan
, kadrlar siyosatidagi jiddiy xatolik markaz tomonidan milliy
respublikalarga, jumladan O„zbekistonga mahalliy sharoitni bilmagan kadrlarning
yuborilishi bo„ldi. Masalan, 1988-yil boshlariga kelib O„zbekistonga Moskva,
Leningrad va Rossiyaning boshqa mintaqalaridan 400 dan ortiq kishi partiya, kasaba
uyushmasi va komsomol tashkilotlarida, shuningdek, ma‟muriy organlarda ishlash
uchun yuborildi. Natijada mahalliy xalq hayoti bilan, mahalliy kadrlarni ishchanlik
qobiliyati, tashkilotchiligi, bilim darajasi, odamlar bilan ishlash malakasi bilan
mutlaqo tanish bo„lmagan kishilar ko„payib ketdi. Ular respublikada aholi milliy
ongini o„stirishga oid har bir chiqishni millatchilik, deb qabul qildilar. Bu oxir-oqibat
yomon ahvolga olib keldi.
Endilikda, aniqrog„i mamlakat mustaqil davlat maqomiga ega bo„lgandan keyin,
O„zbekistonda qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyat
talablariga mos kadrlar siyosati ishlab chiqilishi lozim edi. O„zbekiston Prezidenti o„z
harakat Dasturida hozirgi zamon kadrlar siyosatidagi asosiy yo„nalishni belgilab,
Do'stlaringiz bilan baham: |