59.4. Ko’ndalang kesimi o’zgarmas bo’lgan “U” simon naydagi 20 sm balandlikdagi
suyuqlik ustunining tebranish davrini aniqlang.
59.5. Silindrik shakldagi tutash idishga simob quyilgan. Har bir idishning ko’ngalang
kesim yuzi 0,3 sm
2
, simobning massasi 484 gr bo’lsa, simobning tebranish davrini
toping?
59.6. Suvga bo’kigan, butun uzunligi bo’yicha ko’ndalang kesim yuzi o’zgarmas bo’lgan
yog’och vertikal holatda suvga tushirildi. Yog’ochning suv ustidagi qismi hisobga
olmas darajada kichik (uzunligi bilan solishtirganda). Yog’ochning vertikal
tebranishlar davri 5 s ga teng bo’lsa, uning uzunligini aniqlang.
59.7. Massasi 0,2 kg bo’lga aerometr suyuqlikda suzmoqda. Agar uni suyuqlikka biroz
botirib qo’yib yuborilsa, 3,4 s davr bilan tebrana boshlaydi. Aerometrning
tebranishini garmonik deb hisoblab u suzayotga suyuqlik zichligini aniqlang.
Vertikal silindirik trubka radiusi 5 mm.
59.8. To’rtta bir xil 100 g massali sharchalar bikirligi 10 N/m bo’lgan bir xil prujinalar
yordamida kvadrat shakilda maxkamlangan (216-rasm). To’rtala sharga bir vaqtda
kvadrat markazika tompn yo’nalgan bir xil tezlik berildi. Oradan qancha vaqt o’tib
prujinalar maksimal siqiladi?
59.9. Yerni teshib yer markazi orqali o’tuvchi tunel ochildi. Bu tunelda dvigateli o’chiq
poyezdning harakatlanish vaqtini xisoblang. Ishqalanish kuchini va Yerning
aylanishini xisobga olmang. Yer zichligini butun hajim bo’yicha bir xil deb
hisoblang, Yer radiusi 6400 km.
Husniddin Qoraboyev
73
59.10. Yerni teshib, uzunligi 1000 km bo’lgan to’g’ri temir yo’
ℓ tuneli hosil qilindi.
Tunelga vagon boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Vagon qanday maksimal
tezlikka erishadi. Yer zichligini butun hajim bo’yicha bir xil va Yer radiusi 6400
km radiusli shar shakilda deb hisoblang. Ishqalanish va havoning qarshilik kuchini
hisobga olmang.
59.11. Yerni teshib yer markazi orqali o’tuvchi tunel ochildi. Bu tunelga Yer sirtidan jism
tashlab yuborildi. Bu jismni tebranish davrini aniqlang. Yer sirtidagi erkin tushish
tezlanishi 10 m/s
2
, Yer radiusi 6400 km.
59.12. Platforma gorizontal holatda 0.025 Hz chastota bilan garmonik tebranmoqda.
Platformada yuk joylashgan, yuk va platforma orasidagi ishqalanish koefisenti 0.1
ga teng. Platforma qanday maksimal amplituda bilan tebranganda, yuk unda
sirpanmasdan tebranadi?
59.13. Ikki ideal silliq tekislik ikki yoqli burchak hosil qiladi. Chap tomondagi tekislik
gorizont bilan α=30°, o’ng tomondagi tekislik β=60° burchak hosil qiladi. Chap
tomondagi tekislikdan 20 sm balandlikdan qo’yib yubirilgan sharchaning tebranish
davrini aniqlang.
59.14. 218- rasmda ko’rsatilgan mayatnikning tebranish davrini aniqlang. Ip uzunligi 1 m
, sharcha massasi 1 kg, prujinalar bikirligi 7.5 N/m.
60. Elektromagnit tebranishlar. Tebranish konturi.
Birinchi daraja
60.1. Kondensator qoplamalaridagi kuchlanish
qonun bo’yicha
o’zgarmoqda. Kondensatordagi maksimal kuchlanishni, siklik chastotani va
konturning tebranish davrini aniqlang.
60.2. Kondensatordagi zaryad
qonun bo’yicha o’zgarmoqda.
Tebranish amplitudasi, davri va chastotasini aniqlang.
Husniddin Qoraboyev
74
Do'stlaringiz bilan baham: |