Xalqachalarga tushirish soni
18
16
14
12
10
8
6
4
2
0
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
XULOSA.
Barcha mashqlarning guruhlarga bo‗linishining g‗oyat tub belgilari ixtisoslashganligi, yo‗naltirilganligi, murakkabligi va yuklama kattaligiga qarab belgilanadi.
Ixtisoslashtirilgan mashqlar eng yuqori rivojlanish samaraga ega ekanligi (N.M. Lyukshinov, V.V. Solomenko, A.I. Tolipjanov tomonidan) aniqlangan.
Ixtisoslashtirilganlik tayyorlanish mashqlari bellashuv mashqlari bilan
o‗xshashligiga qarab aniqlanadi.
Quyidagilar uning belgilari bo‗lishi mumkin:
tayyorlanish va musobaqa harakatlarining tuzilishi darajasi mos tushishi;
musobaqa mashqlari bilan tayyorlanish mashqlarining intensivligi darajasi mos kelishi;
tayyorlanishda qo‗llanuvchi murakkab mashqlarning musobaqa harakatlari darajasi bilan mos tushishi.
Tayyorlanuv mashqlari oddiy va murakkab bo‗lishi mumkin.
Xozirgi vaqtda tayyorlanish vositalarining yo‗nalishi N.I. Belkov va V.M. Zatsiorskiy (1954) tomonidan taklif etilgan klassifikatsiya asosida belgilanmoqda, shunga muvofiq barcha mashqlar tezlik va umumiy chidamlilikning darajasini oshirishga yo‗naltirilgan kompleks tezkorlik-kuchga bo‗linadi.
Agar tayyorlanish mashg‗ulotlari quyidagi tartibda bajarilsa, eng yuqori ijobiy siljishlarga erishish mumkin bo‗ladi, deb hisoblanadi:
Avvaliga tezkorli-kuch, keyin esa tezkorlik-chidamlilik mashqlari;
Avvaliga tezkorlik-kuch, keyin esa umumiy chidamlilikni oshirish mashqlari;
Avvaliga tezkorlik-chidamlilik, keyin umumiy chidamlilik mashqlari.
Tayyorlanish vazifalari: kompleks tekshirish yo‗li bilan futbolchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasini aniqlash; individual va guruhli tayyorlanishni samarasini uyg‗unlashtirish yo‗li bilan asta sekin rejali tayyorlanish yuklamasining yuajarilishini ta‘minlash va tayyorgarligi birmuncha bo‗sh
bo‗lgan futbolchilarning tayyorgarligini o‗rtacha darajaga ko‗tarish; muskul faoliyatining zo‗riqishi tufayli, yurak-qon tomir apparati, nafas olish tizimi bilan bog‗liq bo‗lgan asab-muskul ko‗nikmasini e‘tiborga olish zarur.
Qisqacha qilib aytganda biz o‗tkazgan tadqiqot izlanish ishlari
―Lokomotiv VFK‖ jamoasi sport maktabi tarbiyalanuvchilari tezkor chidamliligi ko‗rsatkichi ilgariga qaraganda o‗sdi va ―Olimpiya‖ jamoasi sportchilari bilan solishtirilganda ancha yaxshi bo‗lib, keyinchalik sportchilar sport natijalariga erishishda, professional futbolchi bo‗lib etishishida juda katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |