Shu suhbatdan ko‘ksim to‘lib uyga bordim-da, kechki ovqatdan keyin bolalarimni uxlatib, ularning yonidagi stolimga o‘tirdim. Qancha vaqt o‘tirganimni bilmayman. Qaynonam Komila buvi juda ajoyib, mehribon, jannati ayol edilar… xonam eshigini ochib: - Shu suhbatdan ko‘ksim to‘lib uyga bordim-da, kechki ovqatdan keyin bolalarimni uxlatib, ularning yonidagi stolimga o‘tirdim. Qancha vaqt o‘tirganimni bilmayman. Qaynonam Komila buvi juda ajoyib, mehribon, jannati ayol edilar… xonam eshigini ochib:
- – Bolam, ancha vaqt bo‘ldi, charchab ketdingiz. Yoting, ertalab ishga boradigan odam, – dedilar.
- – Ayajon, men juda yaxshi o‘tiribman. Siz uxlayvering.
- She’rni bitirdim, oqqa ko‘chirdim, yaxshi kayfiyat bilan ishga jo‘nadim. Lekin ko‘nglim nimagadir ilhaq. Keyinroq bir she’rda yozganimdek:
- She’rim yozib… nuqta qo‘yiboq
- Bir tinglovchi qolaman izlab…
- Ishxonamda yonimdagi besh redaktor o‘z ishlari bilan band. Bir vaqt G‘afur akam kelib qoldilar.
- Men yangi yozilgan “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rini o‘qib berdim.
- Aziz do‘stim, bu o‘sha – hammamizga qadrdon, sevimli bo‘lgan she’r. Keling, uni Zulfiyaxonimdan tinglagan kabi yana takror o‘qiylik:
Salqin saharlarda, bodom gulida, - Salqin saharlarda, bodom gulida,
- Binafsha labida, yerlarda bahor.
- Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
- Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...
- Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
- O’rik gullarining eding maftuni.
- Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi
- Ko’zlaringga surtib o’parding uni.
- Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
- Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
- Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,
- Ul ham yosh to’kdi-yu, chekindi nari.
G‘afur G‘ulom bilan suhbatga qaytamiz. - G‘afur G‘ulom bilan suhbatga qaytamiz.
- …Kechinmalar satrma-satr bosib kelib, holdan keta-keta o‘qib tugatdim. She’rni diqqat bilan tingladilar.
- – …Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, U ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari… – dedilar G‘afur aka. – Yaxshi aytibsan!
- Nigohlariga behol boqaman. Ziyrak ko‘zlari jiqqa yosh. Birdan o‘rinlaridan turdilar-da, o‘kirganday buyruqnamo dedilar:
- – Yozma bunaqa she’rlarni, jigarim! She’rga shoir qalbidagi hayajon, bo‘ronlarning o‘n foizigina tushadi. Qolgan to‘qson foizi seni xarob qiladi, singlim! Lekin yaxshi yozibsan, ofarin! – dedilar.
- Yakunlovchi bandni qayta o‘qittirdilar:
- Hijroning qalbimda,
- sozing qo‘limda,
- Hayotni kuylayman,
- chekinar alam.
- Tunlar tushimdasan,
- kunlar yodimda,
- Men hayot ekanman,
- hayotsan sen ham.
- – Mana bu juda soz! – dedilar. – Endi ikki kishi uchun yashab, ikki kishi uchun yozishing kerak. Alamni qalam ko‘taradi. Lekin g‘am-anduhga muk tushib yotish hammaning ham qo‘lidan keladi. Yengishga qodirligingni tabriklayman. Omon bo‘l! – deb chiqib ketdilar.
Charchoqlarimni bahor o‘zining zilol, mayin kaftlari bilan silab o‘tgan kabi yengil o‘rnimdan turdim…” - Charchoqlarimni bahor o‘zining zilol, mayin kaftlari bilan silab o‘tgan kabi yengil o‘rnimdan turdim…”
- Hayot shiddatli daryo kabi oqaveradi, yangi zamonlarning yangi avlodlari tarixga kirib kelaveradi. Zulfiyaxonim kabi “Baxtim shu – O‘zbekning Zulfiyasiman”, deb faxrlangan va bu iftixorga munosib yashagan insonlar nasllarga ibrat bo‘lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |