Mavzu: bir she’r tarixi Hurmatli Yurtboshimiz 1987 yili O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonimning 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan yuborgan tabriknomasida bunday satrlar bor: - Hurmatli Yurtboshimiz 1987 yili O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonimning 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan yuborgan tabriknomasida bunday satrlar bor:
- “Muhtaram Zulfiyaxonim!
- Siz latif ijodingiz bilan millionlab kishilarga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan saboq berdingiz.
- Hayot Sizni har doim ham ayagani yo‘q. Aslida bu yorug‘ dunyoda ayriliq va hijron azobi hammaning ham boshida bor. Doimo g‘am-anduhni matonat bilan mahv etgan, armonlaridan tirik orzular yaratgan, tog‘dek bardoshi bilan sadoqat va vafo ramziga aylangan Siz kabi ayollar juda kam topiladi…”
- Zulfiyaxonim yuqoridagi e’tirofning har bir so‘ziga munosib umr kechirdi. U shoira, sevimli yor, ayol-ona bo‘lib o‘zbek ayolining fazilatlarini hamma joyda ulug‘ladi, sharafladi, namoyon etdi. U hayotlik paytida yozib olganim mana bu xotiralar ham fikrimiz isboti:
- “…Hamid Olimjonning vafotidan uch-to‘rt oy o‘tib she’r yoza boshlagan bo‘lsam-da, u dardli satrlarni hech kimga o‘qimasdim ham, gazeta-jurnallarda chiqarmasdim ham. U mening o‘z dardim, og‘rig‘im edi. Hammaning g‘amu tashvishlari o‘ziga yetib ortardi o‘sha paytda.
1945 yilning bahori. Yerda, ko‘kda nur. Daraxtlar guldor gumbazday bo‘lib, ularning ichida quyosh kukunlari chaqnardi. Allaqanday behishtiy manzara hokim. O‘zingni qayerga qo‘yishni bilmaysan. Hammaning ko‘zida xushnudlik, ruhlari baland. Ikkinchi jahon urushi tugamagan bo‘lsa-da, g‘alaba yaqin edi. Bu men uchun Hamid Olimjonsiz kelgan ilk bahor edi, hamma narsa uni eslatardi. Bahor bo‘lsa-da, yuragimga qil sig‘masdi. Shunday kayfiyatda borarkanman, G‘afur G‘ulom kelib qoldilar. - 1945 yilning bahori. Yerda, ko‘kda nur. Daraxtlar guldor gumbazday bo‘lib, ularning ichida quyosh kukunlari chaqnardi. Allaqanday behishtiy manzara hokim. O‘zingni qayerga qo‘yishni bilmaysan. Hammaning ko‘zida xushnudlik, ruhlari baland. Ikkinchi jahon urushi tugamagan bo‘lsa-da, g‘alaba yaqin edi. Bu men uchun Hamid Olimjonsiz kelgan ilk bahor edi, hamma narsa uni eslatardi. Bahor bo‘lsa-da, yuragimga qil sig‘masdi. Shunday kayfiyatda borarkanman, G‘afur G‘ulom kelib qoldilar.
- – Qayoqqa ketyapsan? – deb so‘radilar.
- – Qayerga borishimni bilmayman. O‘sha yoqqa, – dedim Hamid Olimjon yotgan tomonga ishora qilib. – Menga hozir… shunday yerosti yo‘li bo‘lsa-yu, u orqali dashtlarga chiqib ketsam. Na gul ochiladigan va na o‘t ko‘karadigan…
- – Nima deyapsan? – gapimni bo‘ldilar G‘afur aka. – Mana bu bahorgi dunyoni tomosha qil. Sen bunday gaplarni og‘zingga olma! Bu – yomon gap. Undan ko‘ra she’r yozgin, – dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |