Parij Kommunasi - Parij shahrining o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lib, u qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirgan; mehnatkashlarning 1871-yil martda tashkil etgan hokimiyat boshqaruv muassasasi.
Parij Kommunasi qator tub ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi. Majburiy va bepul ta’lim joriy etildi. Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. Mehnatkashlarning uy-joy haqini to‘lash muddatlari kechiktirildi. Ishsizlarni ish bilan ta’minlash idorasi tuzildi. Xususiy mulk bo‘lib kelgan temiryo‘l idoralarini Kommuna o‘z ixtiyoriga oldi va ishlab chiqarish ustidan nazorat o‘rnatdi. Biroq Kommuna o‘z faoliyatida qator xatolarga ham yo‘l qo‘ydi.
|
Efiopiyani 1867 va 1895-yild bosib olgan davlat? Buyuk Britaniya va Italiya.
|
1867-yili inglizlar Efiopiyaga qarshi urush qilib, egalladi ammo chiqib ketishga majbur bo’ldi.
Italiya 1895-yilda Efiopiyani bosib olish maqsadida bu davlatga hujum qildi. Biroq, 1896-yil 1-avgustida Adua yonida Italiya qo‘shinlari tor-mor etildi. Oqibatda, 5 ming italyan askari halok bo‘ldi. Bu voqea Italiyada milliy sharmandalik sifatida qabul qilindi. (Eski kitobdan).
|
|
Nima uchun Nuh ibn Mansur G'sznadagi noibi Sobuqteginni Xuroson noibi etib tayinlaydi?
|
Qoraxoniylarga qarshi 20 minglik qo'shin bilan yordamga kelganligi uchun.
|
|
Efiopiya imperatori Menelik ...??? 1889-yilda Efiopiya imperatori Menelik sudanliklar.
|
Buyuk Britaniya Efiopiyani Sudanga qarshi gijgijladi. Natijada, 1885-yilda ikki davlat o‘rtasida urush harakatlari boshlandi. Efiopiya hukmdori Yo‘xonni Abdullohga murojaat qilib, umumiy dushmanga qarshi birgalikda kurashga chaqirdi. Lekin Abdulloh buning evaziga Yo‘xonnidan islom diniga o‘tishini talab qildi. Oqibatda, zarur bitim tuzilmay qoldi. Efiopiya-Sudan urushida ko‘p qon to‘kildi. 1889-yilda Efiopiya imperatori Menelik sudanliklar foydasini ko‘zlovchi bitimni imzolashga majbur bo‘ldi.
|
|
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimida kimlar???
|
1959-1961 yillarda Orif Alimov, 1961-1971 yillarda Rahmonqul Qurbonov, 1971-1984 yillarda Normuhammadi Xudoyberdiyev O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimida mehnat qildilar.
|
|
«Ish haqi minimumi to‘g‘risida»gi bandlari???
|
Buyuk Britaniyada Eng yirik ish tashlash 1911-yilda yuz berdi. Ko‘mir qazuv chi larning 6 hafta davom etgan ish tashlashi hukumatni zarur choralar ko‘rishga majbur etdi. Chunonchi, «Ish haqi minimumi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko‘rgan zararning tred-yunionlardan undirilishi taqiqlandi.
Ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlarga korxona egalari hisobidan nafaqa to‘lash belgilandi. 70 yoshga to‘lgan kishilarga pensiya tayinlandi. Konchilar uchun 8 soatlik ish kuni belgilandi. Kasallik va ishsizlik sababli sug‘urta to‘lovi joriy etildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Buyuk Britaniya hukmron doiralari Birinchi jahon urushi arafasida ichki siyosiy muammolarni yumshatishga va xalqni jipslashtirishga muvaffaq bo‘ldilar.
|
|
O’rta Osiyodagi dastlabi tangalar qaysi davrga oid? Mil. avv. V-IV asrlar.
|
|