Hurmatli uztozlar bu yilgi toifa sinovlarida hammaga omad tilayman!!!


-yil Peterburg ishchilari qanday talablar??? Ta’sis majlisi chaqirish, demokratik erkinliklar berish, 8 soatlik ish kuni joriy etish



Download 2,16 Mb.
bet81/213
Sana12.07.2022
Hajmi2,16 Mb.
#779410
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   213
Bog'liq
2 5233692622572229436

1905-yil Peterburg ishchilari qanday talablar???
Ta’sis majlisi chaqirish, demokratik erkinliklar berish, 8 soatlik ish kuni joriy etish

Imperatoming «odilligi»ga ishongan Peterburg ishchilaridan 250 ming kishi 1905-yil 9-yanvar, yakshanba kuni o‘z iltimoslarini podshoga bildirish uchun tinch namoyishga chiqdilar. Iltimosnomada Ta’sis majlisi chaqirish, demokratik erkinliklar berish, 8 soatlik ish kuni joriy etish kabilar ilgari surilgan edi.
Biroq Nikolay II tinch namoyishni o‘qqa tutishni buyurdi. Bu voqea Rossiya tarixiga «Qonli yakshanba» nomi bilan kirgan. Peterburgdagi «qonli» voqealarga javoban Moskva, Riga, Varshava, Boku va boshqa shaharlarning ishchilari ish tashladilar, namoyishlar boshlandi. Mamlakatda dehqonlar harakati ham boshlandi. Inqilobiy harakat, hatto ayrim harbiy qismlarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Chunon-chi, Qora dengiz flotiga qarashli «Potyomkin» bronenosesi matroslari 1905-yilning yozida qo‘zg‘olon ko‘tardilar.


Oq inqilob qayerda? Eronda.

1963-yil referendum Referendumda aholi shoh takliflarini qo‘lladi. Bu islohotlar umumiy nom bilan «oq inqilob» deb ataldi. «Oq inqilob»ning o‘n yilida (10 yilda) Eron iqtisodiy o‘sish bo‘yicha dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. Eronning neftdan oladigan daromadi ham keskin oshdi. Sanoatning mashinasozlik, stanoksozlik va boshqa sohalari jadal rivojlandi.


Brest tinchlik shartnomasim ...???

Sovet Rossiyasi 1918-yil 3-mart kuni «To‘rtlar ittifoqi» bilan ularning shartlari asosida Brest tinchlik shartnomasim imzoladi. Shartnomaning shartlari Rossiya uchun juda og‘ir edi. Shartnomaga ko‘ra, Rossiya o‘z qo‘shinini to‘la demobilizatsiya qilishi, harbiy flotini portlarga qaytarishi lozim edi. Shuningdek, Rossiya Boltiqbo‘yi, Polsha, Finlandiya va Ukrainadan voz kechar edi. Ukraina va Finlandiya mustaqil davlatlar deb tan olindi. Kavkazdagi Kars, Ardagan va Batumi Usmonli davlatiga berildi. Bundan tashqari, Rossiya Germaniyaga 6 mlrd. marka miqdorida reparatsiya to‘laydigan bo‘ldi.


Mustafo Kamol qachon prezidenti etib saylandi??? 1923-yil 29-oktabrda.

Turkiya-Gretsiya urushi boshlandi. Uzoq davom etgan janglardan so‘ng 1922-yil oktabrga kelib M. Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi.
1922-yil 1-noyabr kuni Turkiya Buyuk Millat majlisi sulton hokimiyatini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sulton Mexmed VI taxtdan ag‘darildi va mamlakatni tark etdi. 1923-yili Lozannada Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar bilan M. Kamol hukumati imzolagan yakuniy shartnomaga ko‘ra, Turkiya o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qoldi.
1923-yil 29-oktabrda Turkiya respublika deb e’lon qilindi, M. Kamol respublika prezidenti etib saylandi. Mamlakatda uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar boshlandi.


Xivaga 1873-yili Rossiya qo’shinining qaysi yo'nalishlar yetib keld? Savol boshqacharoq edi. Toshkent, Orenburg.

Xivaga 7,5 ming kishigina yetib bordi. Krasnovodsk va Mang‘ishloqdan Xiva tomon yurgan qo‘shinlar jazirama issiq va suv yetishmasli gidan aziyat chekkanligi, holdan toyganligi sababli yo‘lning yarmidan ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Faqatgina Toshkent, Orenburg yo‘nalishidan yo‘lga chiqqan qo‘shinlar 1873-yil may oyida Xiva xonligi chegaralariga yetib keldi. Yo‘l qiyinchiliklaridan tashqari ularga yo‘lda kichik guruhlar hujum qilib, tinkasini quritgan.


1982-yilda tashkil etilgan viloyat qaysi? Navoiy.

1958-yil sentyabrda Navoiy shahriga asos solindi. 1982-yil aprelda maxsus Navoiy viloyati tashkil qilindi. Navoiy.


Tumori yerlar qaysi davlatda berilgan??? Usmonli turklar. Suvoriylarga.

Usmonlilar otliq qo'shinni kuchaytirishga alohida e'tibor qaratganlar. Qo'shinning har bir suvoriysiga yetarlicha daromad keltiradigan yer-mulk - tumori berilgan. Bu yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo'lgan paytida taqdim etilgan. Natijada otliq qo'shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan.


“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni yengilishining asosiy sababi???

“Oq kiyimlilar” uyushqoqlik bilan harakat qila olmaganligi qo‘zg‘olon yengilishining asosiy sababi bo‘ldi. Ikkinchidan, xalq harakatining ommalashib ketishidan cho‘chigan mahalliy mulkdorlar birin-ketin arablar tomoniga o‘tib ketganlar. Uchinchidan, qo‘zg‘olonning uzoq davom etganligi mehnatkashlarni holdan toydirgan.


Islom fundamentalizmi ...??? Savoli boshqacharoq edi???

Islom fundamentalizmi turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, 1990-yillarning boshlarida arab mamlakatlari va Shimoliy Afrikada «Musulmon birodarlar» kabi terrorchi guruhlar faollashdi. Ular ayrim arab davlatlari tomonidan moliyalashtirildi. Ba’zi islom davlatlaridagi ekstremistik guruhlar Usoma bin Lodin yetakchiligida «Jihod xalqaro fondi»ni tashkil qildi, bu tashkilot butun dunyo bo‘ylab terroristik aktlarni rag‘batlantirdi.
Masalan, so‘nggi yillarda Hindistonda hinduizmning dastlabki qadriyatlariga qaytishni talab qilayotgan kuchlar faollashib qoldi. Ammo hozir ko‘proq «islom fundamentalizmi» haqida gapirilmoqda. Hatto u XXI asrda xalqaro munosabatlarning ham asosiy muammosi bo‘lishi haqidagi taxminlar hozircha o‘zini oqlamoqda.
Islom fundamentalizmi - bu oddiy terrorizm emas, u favqulodda ko‘pqirrali va xavfli hodisa. Unga juda ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lmoq lozim. Haqiqiy dinni uning nomidan terror uyushtirayotgan, jahonda tinchlikka xavf solayotgan guruhlardan ajrata olishda odamlarga yordam ko‘rsatish, islom dinining tinchliksevar din ekanligini asoslash bugungi kunda islom nazariyotchilarining dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda.


Italiya bilan Fransiya o‘rtasidagi bitim qachon imzolandi??? Savoli boshqacharoq edi???

Italiya bilan Fransiya o‘rtasidagi keskin munosabatlami bartaraf etishga erishdi. 1902-yilda bu ikki davlat o‘rtasida bitim imzolandi. Bitimga ko‘ra, tomonlar ikki davlatning biri boshqa davlatning hujumiga uchraydigan bo‘lsa, o‘zaro qat’iy betaraflik majburiyatini oldilar.


Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlarida nimalarni saqlab qolgan??? Savoli boshqacharoq edi??? Quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi saqlab qolingan.
Turkistonni boshqarishda Ruslar dastlab katta o'zgarishni amalga oshirmasdan nimalarni saqlab qolgan?

Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o‘z hukmronligini saqlab qolish, uni mustahkamlashni birinchi darajali vazifa hisoblagani uchun dastlab boshqaruv sohasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo‘lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning saqlab qolinishiga asosiy sabab mahalliy aholining ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va aholining an’anaviy turmush tarziga katta o‘zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi.
... o‘lka sharoitini to‘liq bilmasliklari dastlabki vaqtda mahalliy aholi vakillarining quyi boshqaruvda ishtirok etishiga yo‘l bergan.


Shok terapiyasi ???

1991-yilgi avgust voqealari, SSSRning tarqalishi va «shok terapiyasi» jamiyatda ijtimoiy tanglikni oshirdi. Ish tashlashlar va siyosiy namoyishlar keng quloch yoydi.
Shok terapiyasi - bu iqtisodiy nazariya, shuningdek, shu nazariyaga asoslangan keskin iqtisodiy islohotlar.


1886-yildagi «Nizom»ning «Turkiston o‘lkasining yer tuzilishi» degan bo‘limiga ko’ra Vaqf yerlari???

1886-yildagi «Nizom»ning «Turkiston o‘lkasining yer tuzilishi» degan bo‘limida o‘lkada tarixan shakllanib kelgan an’anaviy yerga egalik qilish munosabatlari o‘zgartirib yuborildi. Unga ko‘ra Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yerosti qazilma boyliklari davlat mulki deb e’lon qilindi. Bu bilan ular Rossiya imperiyasi mulkiga aylandi. Nizom bo‘yicha o‘lkada yirik yer egaligi ham tugatildi.
Vaqf yerlari (masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalarga tegishli yerlar) ayni vaqtda yashab va yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilar edi. Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan bu yerlarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilgan. Masjid tasarrufidan tashqarida, xususiy shaxs ixtiyorida bo‘lgan yerlar ham davlat solig‘iga tortiladigan bo‘ldi. Vaqf hujjatlarini e’tirof etish, vaqf daromadlarining to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va ularni taftish qilish huquqi viloyat ma’muriyati ixtiyoriga o‘tkazildi.


Qaysi hujjatga ko’ra O‘lkada yirik yer egaligi tugatildi??? 1886-yil «Nizom».

1886-yildagi «Nizom»ning «Turkiston o‘lkasining yer tuzilishi» degan bo‘limida o‘lkada tarixan shakllanib kelgan an’anaviy yerga egalik qilish munosabatlari o‘zgartirib yuborildi. Unga ko‘ra Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yerosti qazilma boyliklari davlat mulki deb e’lon qilindi. Bu bilan ular Rossiya imperiyasi mulkiga aylandi. Nizom bo‘yicha o‘lkada yirik yer egaligi ham tugatildi.


Bankining yirik omonatchilari bo‘lgan „200 oila“ bo’lgan davlat tarixida 1900-yil .? Chad bo‘ysundi.


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish