Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat “Qovunchi madaniyati” nomini olgan. Antropolog olimlarning ta’kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, O‘rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi qiyofalarida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga xos antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.
|
Turkiston ASSRda NEP ga o’tish mohiyati???
NEPning asosi iqtisodiyot,
xalq xo‘jaligiga rahbarlik qilishning harbiy-kommunistik usullaridan voz kechish, ishlab chiqaruvchiga,
dehqonlarga bir qadar erkinlik berishdan iborat edi.
|
Turkiston ASSRda yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish Turkiston Kompartiyasi VI syezdida (1921-yil avgust) siyosiy jihatdan asoslab berildi va shundan so‘ngra Turkiston ASSR Sovetlari X syezdi qarori bilan rasmiylashtirildi.
NEPning asosi iqtisodiyot,
xalq xo‘jaligiga rahbarlik qilishning harbiy-kommunistik usullaridan voz kechish, ishlab chiqaruvchiga,
dehqonlarga bir qadar erkinlik berishdan iborat edi.
|
|
«Qibla tomonini topish ma’rifati» asari muallifi kim? Muhammad Husayni Buxoriy.
|
Muhammad Husayni Buxoriy «Qibla tomonini topish ma’rifati» asari muallifi.
|
|
«Oy fazolarining tengligi haqida risola» asari muallifi kim? Mahmud ibn Ahmad Faroziy.
|
Mahmud ibn Ahmad Faroziy esa «Oy fazolarining tengligi haqida risola» asarlari bilan astronomiya fanlari rivojiga munosib hissa qo‘shdilar.
|
|
«Kosovo Respublikasi» qayerda tuzildi??? Serbiyada
|
1990-yildan keyin Serbiyada musulmon-albanlar o‘zlarining «Kosovo Respublikasi»ni e’lon qildi. Bu Serbiya bilan qurolli mojaroga olib keldi va unga NATO aralashdi. 1999-yili NATO qo‘shinlari Yugoslaviyani bombardimon qildi. Mojaro Yevropa miqyosidagi inqirozga aylandi.
|
|
Qaysi davlat Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi raqobatdan ustalik bilan foydalanib, o‘z mustaqilligini saqlab qola oldi??? Liberiya.
|
1847-yili esa Liberiya ozod davlati tuzilganligi e’lon qilindi. Bu davlatda G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikadagi ilg‘or tartib-qoidalar joriy etildi. Liberiya Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi raqobatdan ustalik bilan foydalanib, o‘z mustaqilligini saqlab qola oldi.
|
|
XIX asr oxiriga kelib Afrikada qaysi 2 ta davlat mustaqilligini saqlab qoldi? Liberiya va Efiopiya.
|
XIX asrning 70-yillaridan boshlab qit’aning ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish boshlandi. XIX asr oxiriga kelib qit’a hududining 90 foizi mustamlakachilar qo‘liga o‘tdi. Faqat ikki davlat - Liberiya va Efiopiyagina o‘z mustaqilligini saqlab qola oldi, xolos.
|
|
«Buxoro shoirlari taxtida sulton» deb kimni ulug‘laganlar? Sayido Nasafiy.
«Hayvonotnoma» nomli majoziy munozara asari muallifi? Sayido Nasafiy.
|
Bu davr adabiyotining yirik namoyandalaridan yana biri shoir Sayido Nasafiy edi. U Nasaf (Qarshi) shahrida tug‘ilgan. Zamondoshlari uni «Buxoro shoirlari taxtida sulton» deb ulug‘laganlar.
Uni mashhur qilgan «Hayvonotnoma» nomli majoziy munozara asari edi. Nasafiy mazkur asarida hayvonlar timsoli orqali zodagon va amaldorlarning mehnatkash xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini, ularning poraxo‘rligi va ma’naviy pastkashliklarini fosh etdi. Bo‘ri va sher timsolida zodagonlarning yirtqichlikdan iborat asl basharalarini ochib tashladi. Asarda sher barcha hayvonlar ustidan g‘alaba qozonsa-da, mehnatkash xalq timsoli bo‘lgan chumolidan yengiladi.
|
|
1918-1923-yillarda Samarqand viloyatidagi istiqlolchilarga kimlar rahbarlik qilgan? Bahrombek va Ochilbek
|
Samarqand viloyatidagi istiqlolchilarga 1918-1923-yillarda Bahrombek va Ochilbek kabi mashhur qo‘rboshilar rahbarlik qilgan.
|
|
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil qachon etildi? 1992-yil.
|
|