Milodiy I-II asrlarda qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo'ldi. Ko'plab quldorlar qullarni yer ijarachilariga aylantira boshlashadi. Eski kitob.
|
Atamalarni moslashtiring? Kartel, Monopoliya va Sindikat.
|
Kartel (italyancha - qog‘oz, hujjat) - bir tarmoqdagi mustaqil kompaniyalar, firmalarning ishlab chiqarish va sotishning umumiy hajmlari, narxlari, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining ulushi va boshqalar to‘g‘risidagi bitim asosida tashkil etilgan tuzilma.
Monopoliya (yunoncha, mono - tanho, poleo sotaman) - iqtisodiyotning bir sohasidagi tanho hukmronlik. Monopoliya - (yunoncha - tanho sotish) iqtisodiyotning bir sohasidagi yakkahukmronlik.
Sindikat (yunoncha - birgalikda ishlash) - bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi.
|
|
Konsessiya so’zining ma’nosi?
|
Konsessiya (lotincha - ruxsat, yon berish) - davlat korxonalarini, mulkini muayyan muddatga chet el kapitaliga berish haqidagi kelishuv shartnoma.
Konsessiya (lotincha - ruxsat etish) - davlat organlarining muayyan shartlar asosida yerosti boyliklari, yerusti obyektlarini ekspluatatsiyaga berish to‘g‘risidagi bitim.
|
|
Memfisning bosh homiysi??? Ptax.
|
Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisning bosh homiysi - Ptax bo‘lgan. Ptax misrliklar e’tiqodicha, shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko‘rishning iloji yo‘q. Shu sababli ham bu xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis bo‘lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo‘lgan qora ho‘kiz timsolida tasavvur etilgan.
|
|
Muhammad Rahimxon I nima uchun «Qoraqalpoq ulusi»ni shakllantirdi? Boshqarish qulayroq bo‘lishi uchun.
|
Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo‘lishi uchun Muhammad Rahimxon I «Qoraqalpoq ulusi»ni shakllantirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirgan. Ulusni boshqarish xonning ixtiyorida edi. Urug‘lar va qabilalar ancha yirik guruhlarga birlashtirilib, ularni boshqarish uchun xon saroyining oliy amaldorlari otaliq va beklarbegi tayinlangan. Ayrim viloyatlarni boshqarish uchun tayinlangan hokimlar, odatda, xonning yaqin qarindoshlari bo‘lishgan.
|
|
Ahmad Zaki Validiyning yozishicha, Ochilbek qaysi tashkiloti ko‘rsatmalari asosida faoliyat ko‘rsatgan???
“Turkiston milliy birligi”
Ochildov kim edi? Ochilbek.
|
Ahmad Zaki Validiyning yozishicha, Ochilbek 1921-yildan boshlab “Turkiston milliy birligi” tashkiloti ko‘rsatmalari asosida faoliyat ko‘rsatgan. Kitob atrofida 1923-yil 10-mayda qizil askarlar bilan bo’lgan janglarning birida Ochilbek (u xalq o‘rtasida jasurligi uchun Ochildov sifatida mashhur bo’lgan) mardlarcha halok bo’lgan.
|
|
Antropolog olimlarning ta’kidlashlaricha, qaysi davlat davrida o‘zbek va voha tojiklariga xos antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi??? Qang‘ davlati davrida.
“Qovunchi madaniyati” haqida nimalar bilasiz???
|
|