1933-yil.
|
Sug‘d yozuvlari qayerda qayd etib o‘rganilgan??? Mug‘ qal’asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida Afrosiyobda qayd etib o‘rganilgan.
Panjikent yaqinidagi Mug‘ qal’asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqini qaysi yozuv? Sug‘d yozuvlari.
|
Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan sug‘d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug‘ qal’asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o‘rganilgan. Ularda Sug‘dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari xususida muhim ma’lumotlar keltirilgan.
|
|
Markgraf kim? Chegara viloyati hukmdori.
|
Buyuk Karl o'z davlati chegaralarini mustahkamlash maqsadida markalar (nemischa, chegara harbiy viloyati) tuzib, ularni markgraflar (nemischa, chegara viloyati hokimi) boshqargan.
|
|
Qaysi asarda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘lgan davr haqida ma’lumot beruvchi eng qimmatli manbalardan biri sanaladi? “Al-Komil fit-tarix”
|
Muhim manbalardan yana biri mashhur tarixnavis Ibn al-Asirning “al-Komil fit-tarix” (“ Tarix haqida mukammal kitob)” asaridir. “Al-Komil fit-tarix” Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘lgan davr haqida ma’lumot beruvchi eng qimmatli manbalardan biri sanaladi. Muallif Jaloliddinning faoliyatiga keng o‘rin ajratadi va ko‘pincha o‘zining muhim va aniq ma’lumotlari bilan boshqa manbalarni sezilarli darajada to‘ldiradi.
|
|
VII-VIII asrlarda Xitoyda eng katta bozor qaysi? Yanchjouda.
|
VII-VIII asrlarda Xitoyda tog'-konchilik sohasi, chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish ham yuksalgan. Shahar hunarmandlari kasb uyushmalari (sexlar)ni tuzib, ma'lum kasbdagi hunarmandlar alohida ko'cha va mavzelarda joylasha boshlagan.
Xitoyning markazlashuvi va iqtisodiy taraqqiyoti savdo-sotiqning ham yuksalishini ta'minlagan. Eng yirik bozor Yanchjouda bo'lib, bu shahar suv va quruqlik savdo yo'llari kesishgan joyda joylashgan edi.
|
|
Arab xalqlarining islomgacha bo‘lgan davrida "tong yulduzi"? Astar.
|
Arablarning ko'pchiligi majusiy bo'lishgan. Ularning dinlari qo'shni semit xalqlari dinlari bilan ko'plab umumiylikka ega bo'lgan. Muhim ilohlardan biri urush va hosildorlik xudosi Astar «Tonggi yulduz» ko'rinishida tasavvur etilgan.
|
|
Kim o‘zini imperatorning «sodiq quli» deb tan olishga majbur bo’ldi? Savol boshqacharoq edi. Nasriddinbek.
|
Nasriddinbek mag‘lubiyatdan qo‘rqib, 1875-yil 22-sentabrda taslim bo‘ldi va fon Kaufman bilan shartnoma imzoladi. Unda o‘zini imperatorning «sodiq quli» deb tan olishi, tashqi siyosatda hech qanday bitimlar tuza olmasligi, ikki million rubl tovon to‘lashi, Sirdaryoning o‘ng sohilidagi yerlar Namangan va Chust Rossiya ixtiyoriga o‘tganligi belgilangan edi. Bu yerlarda tashkil qilingan Namangan bo‘limiga general M. Skobelev boshliq etib tayinlanadi.
|
|
Qonli yakshanba qachon bo’lib o’tdi??? 1905-yil 9-yanvar, yakshanba kuni. Savol boshqacharoq edi.
|