Hurmatli hay’at a’zolari!
Sizga havola etilayotgan ilmiy qiziqishimga doir insho(esse)da kelgusida jismoniy tarbiya va sportda psixologik usul hamda uslubiyatdan foydalanib, o’quv-mashg’ulot samaradorligini oshirish, sportchi-yoshlarni ruhiy bardoshliligini mustahkamlashdagi nazariy taxminlarni ifoda etaman. Bu O’zbeksiton davlat jismoniy tarbiya sport universiteti huzuridagi tayanch doktorantura ilmiy-tadqiqiy institutida tahsil olishga asoslangan tadqiqotimdir.
Sport olamida o’zaro raqobatnining kuchayishi, sportchining anatomo-fiziologik tayyorgarligiga ilmiy yondashuvning rivojlanishi ularni ruhiy-psixologik chiniqishi hamda tayyorgarlik jarayonini yangi bosqichga ko’tarish zaruratini tug’dirmoqda. Shu nuqtai nazardan bakalavriat ta’lim yo’nalishida basketbolchilarda jamoaviylikni rivojlantirishning psixologik asoslarini , magistraturada o’smirlarda kommunikativ kompetensiya va o’zlashtirishning o’zaro aloqasi hamda uning jamoani shakllantirishdagi mavqei masalasini tahlil qilganman. Tadqiqot jarayonida bevosita amaliy natijalarni Respublika Olimpiya zahiralari kolleji o’quvchilaridan , S.Sirojiddinov nomidagi Akademik litsey, Sergeli tumanidagi 6-maktabning yuqori sinf o’quvchilaridan olganman.
Dissertatsiya asosnomasi:
Doktorant(tadqiqotchi): G’afforov Nosirjon Nodirjon o’g’li
Mavzu: O’smir sportchilarda (11-15 yosh) kommunikativ kompetensiya va o’zlashtirishning o’zaro aloqasining psxilogik xususiyatlari.
Mutaxassislik: 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Mavzuning dolzarbligi: Sportchi yoshlarni, ayniqsa, Olimpiya zaxiralari kolleji va umumta’lim muassasalarda o’qiyatgon o’smirlarni bir maqsad atrofida birlashtirish, ularda jamoaviylik ruhini shakllantirish , turli vaziyatlarda o’zini yo’qotmay ruhan tetiklashish jarayonini singdirish, o’z-o’zini idora qila olish ko’nikmasini bera olish nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Joriy yilning 5 noyabr kuni prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Sport ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo’yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarorda bu masalaga alohida to’xtalingan.
Tadqiqotning maqsadi: O’smir sportchilarda (11-15 yosh) muloqotmandlik va fanlarni puxta o’zlashtirish orqali ta’lim jarayonini yanada yuqori bosqichga olib chiqish.
Tadqiqotning vazifalari:
O’smir sportchilarda (11-15 yosh) kommunikativ kompetensiya va o’zlashtirishning o’zaro aloqasi muammosining psixologik-pedagogik adabiyotlarda o’rganilganligi.
O’smir sportchilarda (11-15 yosh) kommunikativ kompetensiya va o’zlashtirishning o’zaro aloqasi masalasining metodik ta’minoti.
O’smir sportchilarda (11-15 yosh) kommunikativ kompetensiya va o’zlashtirishning o’zaro aloqasi muammosini o’rganilishining metodolik asoslarini tahlil qilish.
O’smir sportchilarda (11-15 yosh) kommunikativ kompetensiya va o’zlashtirishning o’zaro aloqasi masalasi yuzasidan umumiy xulosa hamda psixologik tavsiyalar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |