Jamiyat tushunchasi
Inson dunyoga kelishi bilan u yakka o‘zi yashay ol- maydi. Insonning kimlar bilandir muomalada bo‘lishini, fikr-mulohaza qilishini tabiat qonuniyati desak ham bo‘ladi. Jamiyat qanday, qay tarzda vujudga kelganligi to‘g‘risida hozirgi davrgacha biror-bir aniq tushuncha yo‘q desak xato bo‘lmaydi. Lekin jamiyat uchun eng asosiy belgi — bu ongli va ixtiyoriy ravishda shaxslarning birgalikda munosabatda bo‘lishi. Agar inson xohlamasa, birga yashashni istamasa u ongli ravishda hech kimga qo‘shilmaydi. Shuning uchun jamiyatga kirgan shaxslar- ning umumiy qiziqishi, istagi bo‘lishi kerak. Lekin bu bi- lan hamma bir xil tushuncha, bir xil fikrga ega bo‘lmagani tufayli jamiyatda yashay olmaydi, deb aytish noto‘g‘ri, chunki jamiyat a’zosi har xil fikrda, tushunchalarda bo‘lishi mumkin.
Jamiyat undagi odamlarning o‘zaro bog‘liqligi, hamkorligi asosida tashkil topadi. Bu hamkorlik har bir jamiyatdagi shaxsning kamol topishiga ko‘maklashishi lozim. Jamiyat bugun birlashib, ertaga tarqalib ketadigan uyushma emas. Bu mustahkam, bir-biriga bog‘langan, doim yashash imkoniyatiga ega jamoa uyushmasidir. Bu jamiyatdagi o‘zaro bog‘liqlik natijasida odamlar kamol topishi, rivojlanib borishi kerak. Odamlarni birlashib
16 Huquqshunoslik
yashashlari, fikrlashi uchun qandaydir g‘oya birlashtirib turadi. G‘oya inson hayotiga mazmun bag‘ishlaydigan, uni harakatga keltirib, maqsad sari yetaklaydigan fikrdir. Masalan, O‘zbekistonda yashovchi har bir millat va- kilining o‘z qarashlari, xilma-xil tushunchalari bo‘lishi tabiiy, lekin ularning hammasini birlashtiradigan g‘oya — shu davlatning kelajagi uchun, farovonligi uchun o‘z hissasini qo‘shish, Vatanim deb O‘zbekistonni sevish kabi manfaatlarni o‘z ichiga oladi. Inson jamiyatning asosini tashkil qiladi. Lekin inson jamiyat bilan bog‘lanish muammosini, huquq, erkinlik burchlarini, nima qilish mumkin, nima qilish mumkin emas kabi xislatlarni, qoi- da, qonun tartiblarini bilishi kerak. Bu qoidalar inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni tegishli organlar, hokimiyat orqali tartibga soladi.
Jamiyat tushunchasi ongli ravishda odamlarning bir- lashishi, ular o‘rtasida umumiy qiziqish bo‘lishi, bu qi- ziqish ularni birga ishlashi va rivojlanishiga olib kelishi, odamlar munosabatlari ma’lum qoidalar, tartiblar bilan bog‘liqligini, bu qoidalarga rioya qilish uchun ichki va tashqi kuchlar hukmronlik vositalari bo‘lishini, jamiyat yangilanishi uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi lo- zimligini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |