Ilmiy maqolaning tarkibiy tuzilishini tushuntirib bering.
Ilmiy ishlarning aksariyati quyidagi tarikibiy tuzilishlarga bo‘linadi:
Ilmiy maqolaning sarlavha;
Annotatsiya;
Ilmiy maqolaning tuzilishi;
Maqolaning asosiy qismi;
Maqolaning yakuniy qismi;
Ilmiy maqolaning yakuniy qismi.
Ilmiy maqolalar shu tarzda tashkil etilganligi sababli, izlanuvchilar maqolaning har bir qismidan nimani kutish kerakligini biladi va ular ma’lum bir ma’lumot turini tezda topishlari mumkin. Maqolaning sarlavhasi qisqa va lo‘nda bolishi, ayni vaqtda imkon qadar mohiyatan material mazmunini aks ettirishi kerak. Shunigdek, sarlavha maqola qiziqarli yoki loyihaga mos kelishini aniqlashga yordam beradi. Yaxshi yozilgan sarlavhalar tadqiqotning to‘liq tavsifini beradi va ba’zida natijalarni taqdim etadi.
Annotatsiya maqolaning dastlabki qismida o‘zbek, rus va ingliz tillarida qisqa hamda asosiy tushunchalarni keltirib o‘tadi. Shuningdek, annotatsiya “ilmiy maqolaning asosiy mazmunini aniqlashga, uning ahamiyatini aniqlashga va maqolaning to‘liq matniga murojaat qilish-qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishga imkon beradi. U ma‘lumot izlashda axborot tizimlarida, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimlarda qo‘llaniladi1”.
Kirish qismida muhokama etiladigan mavzuning dolzarbligi ta’riflanadi va asoslab beriladi. Qolaversa, kirish odatda nazariy asosni tavsiflaydi, ish nima uchun muhimligini, aniq bir tadqiqot savolini belgilaydi va tekshirish uchun o‘ziga xos gipotezani taklif qiladi.
Maqolaning asosiy qismida muallif o‘z ma’lumotlarini qanday izohlashi va uni boshqa asarlar bilan qanday bog‘lashlari tushuntiriladi. Muallif ko‘pincha o‘zining asarlari nimani taklif qilishini va boshqa tadqiqotlar bilan qanday bog‘liqligini tasvirlash uchun munozaradan foydalanadi. Ushbu bo‘limda muallif o‘zining ishlariga qarshi har qanday e’tirozlarni oldindan ko‘rishi va hal qilishi mumkin. Shuningdek, muallif kelgusidagi tadqiqotlar uchun yaxshilanish sohalarini taklif qiladigan joy hisoblanadi.
“Maqolaning yakuniy qismida kirish qismida qo‘yilgan masalaning yechimi sifatida baholanadigan ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga molik xulosa va tavsiyalar keltiradi. Ilmiy izlanish nima maqsadda, nima uchun amalga oshirilganni haqida fikrlar bilan yakunlanadi1”.
Ilmiy maqola mavzuga oid foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan yakun topadi. Ushbu bo‘limda maqolada keltirilgan manbalar yoziladi. Boshqa bir nechta iqtibos qilingan tadqiqotlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Keltirilgan adabiyotlar bo‘limi o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy materiallar ro‘yxatini tuzishda ham foydalidir.
Xususan, ilmiy maqolaning hajmi kamida 3-5, ko‘pi bilan 30 betgacha bo‘lishi kerak.
Kazus 82
Huquqiy tadqiqot ishlari kim tomonidan amalga oshirilganligiga qarab alohida xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, huquqiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi subyektlar doirasi keng bo‘lib, ularning huquqiy tadqiqot ishi olib borishi natijasida erioshgan yutuqlari tubdan farqlanadi. Amaliyotchi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan huquqiy tadqiqotlar ma’lum bir muammoning yechimini topishga qaratilgan bo‘lsa, olimlarning nazariy tadqiqotlari natijasida esa, jamiyatda biron-bir o‘zgarishlar bo‘lishi yoki yangi qoidalarni yaratilishiga erishilishi mumkin.
Huquqiy tadqiqot subyektlarini tahlil qiling va ular tomonidan qanday turdagi huquqiy tadqiqotlar amalga oshirilishi mumkin ekanligini misollar bilan izohlang.
Kim tomonidan amalga oshirilgan huquqiy tadqiqot eng ijobiy natija berishini aniqlang.
Talabalar tomonidan yoziladigan huquqiy tadqiqot ishlarining ahamiyatini yoritib bering.
Huquqiy tadqiqotlar bu huquqiy qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash va olish jarayoni. Keng ma’noda, huquqiy tadqiqotlar muammoning dalillarini tahlil qilishdan boshlanadigan va qo‘llash bilan yakunlanadigan har bir harakat bosqichini o‘z ichiga oladi. Huquqiy tadqiqotlar odatda yuridik savolga javob topish mumkin bo‘lgan huquqiy pretsedentni tekshirish jarayonidir. Ba’zida yuridik tadqiqotlar huquqiy masala “birinchi ish” yoki tartibga solinmagan yoki huquqiy pretsedenti bo‘lmaganligini aniqlashga yordam beradi. Xoh talaba bo‘lamizmi yoki amaldor bo‘lamizmi, samarali usulda izlanish olib borish muhim mahoratdir. Aniq va metodik huquqiy tadqiqotlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad - bu huquqiy savolga javobni eng samarali tarzda topish va barcha tegishli manbalarni qidirshni bilish demakdir. Yaxshi yuridik tadqiqot ko‘nikmalariga ega ekanligimizni namoyish etish har qanday shartnomalarini tuzishda yoki o‘qish yoki tadqiqot loyihalarini amalga oshirishimizda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |