birinchi yo‘nalish,“Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish”;
ikkinchi yo‘nalish, “Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolinikuchaytirish”;
uchinchi yo‘nalish,“Ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish”;
to‘rtinchi yo‘nalish,“Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish”;
beshinchi yo‘nalish,“Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish” uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan.
Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan ikkinchi muhim hujjat, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019 yilda samarali amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” bo‘lib, unga ko‘ra Konsepsiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash uchun xayotiy zarur bo‘lgan, o‘ta muhim 88 ta banddan iborat chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga itoatgo‘ylik va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi.
Bugungi kunda jamiyatning umumiy madaniyatini, jumladan huquqiy madaniyatini yuksaltirish – huquqiy davlatni barpo etish, shuning barobarida adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili sifatida maydonga chiqmoqda. Shu sababli, mamlakatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda uning beqiyos o‘rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan keng tadqiq etish huquqshunoslik fanimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
Fuqarolik jamiyati o‘zining yuksak ma’naviy rivojlanganligi va ilg‘or qadriyatlari, shu jumladan, huquqiy qadriyatlari tizimi bilan tavsiflanadi. Fuqarolik jamiyatining mazmunini turfa ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy, iqtisodiy va huquqiy qadriyatlar tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyatida huquq va boshqa huquqiy hodisalarning nufuzi, tartibga soluvchi qadr-qimmati, ayniqsa, ortib boradi. Fuqarolik jamiyati huquq vositasida o‘zi uchun o‘ta zarur va qadrli bo‘lgan ne’matlarni, ya’ni erkinlik, tenglik, adolat, demokratiya, tinchlik, tartib-intizom, qonuniylik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaydi.
Huquqsiz – demokratik qadriyat va tamoyillarni, tenglik, shaxs erkinligini va hokazolarni qaror toptirib bo‘lmaydi. Huquq va qonuniylikning qadr-qimmati aynan mana shundadir. Huquqning, huquqiy normalarning qadri shundaki, ular jamiyat a’zolari rioya etishi lozim bo‘lgan foydali xulq-atvorni shakllantiradi. “Huquqiy qadriyatlar – ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solishga, jamiyatda qonun ustuvorligi va adolat tantana qilishiga, inson huquqlari va erkinliklari sobitqadamlik bilan ta’minlanishiga, yuksak huquqiy ong va madaniyat shakllanishiga xizmat qiladigan huquqiy hodisalardir”. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy qadriyatlar alohida o‘rin tutadi. Huquqiy qadriyatlar – bu fuqarolik jamiyati, davlat va insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan, jamiyat a’zolari tomonidan e’zozlanadigan huquqiy normalar, g‘oyalar, qarashlar, institutlar, tamoyillar va hodisalar majmuidir. Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish o‘z navbatida har bir kishi o‘zini to‘la erkin his etishini taqozo etadi. Erkinlik qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim omilidir. Bobomiz Amir Temurning “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, o‘sha yerda erkinlik bo‘ladi”, degan o‘gitlari hozirgi kunda ham o‘ziga xos ma’no kasb etmoqda.
Jamiyat a’zolari huquqiy xulq-atvorga ega bo‘lishi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, ular huquqiy madaniyatini oshirishga ham yordam beradi. Yangi jamiyat kishilarining odob-axloqi, eng avvalo, jamiyatda kishining xulqi, yurish-turishi va hayot faoliyatining mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyat a’zosi o‘zining huquqiy madaniyatini shakl¬lantirishdan bevosita manfaatdor bo‘lishi va har doim ularning ijtimoiy xavfli harakati yoki harakatsizligi, xulq-atvori jamoatchilik nazoratida bo‘lishini ta’minlash, o‘z navbatida, qonunlarning ijrosini amalga oshirishning muhim garovi hisoblanadi. Agar jamiyat a’zosi xatti-harakatiga, xulq-atvoriga, odob-axloqiga ijtimoiy baho berilmasa, huquqni qo‘llovchi idoralar tomonidan qonuniy munosabat bildirilmasa, bu holat jamiyat uchun yot illatlarning ildiz otishiga yoki tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shaxs xulq-atvoriga jamoatchilik ta’siri katta bo‘lib, ularning kamolotga erishuvida hamda ularda insoniy fazilatlar shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Shu sababli yangi jamiyat fuqarosini tarbiyalashda jamoatchilik nazorati institutidan ham samarali foydalanish fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Jamoatchilik nazoratining odob-axloqqa ta’siri negizida qonuniylik, adolat, haqiqat, erkinlik kabi tushunchalar mohiyati namoyon bo‘ladi. Shu sababli yangi jamiyat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilishi hamda uning normalariga rioya etishi ular xulq-atvorining yuksakligidan dalolat beradi. Shuningdek, ularning ijtimoiy faolligi, jamiyat va davlat tomonidan ijobiy baholanadigan xulq-atvorga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilash zarur. Huquqiy madaniyat yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, degan yuksak tushunchalarga hamohang qadriyatdir. Huquqiy madaniyat dialektik juftlik bo‘lgan davlat va jamiyatning ajralmas elementidir. Yuksak huquqiy madaniyat — erkinlik va qonunga bo‘ysunib yashash, demakdir. Hayotimizni huquqsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki huquqni amalga oshirish va uni himoya qilish uchun shaxs huquqiy madaniyatga ega bo‘lishi shart. Shu bois huquqiy madaniyat demokratik taraqqiyotga erishishning davlat-huquqiy vositasidir.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish — O‘zbekistonning strategik maqsadi qilib qo‘yilgan har tomonlama rivojlangan, erkin va farovon, qonun ustuvor bo‘lgan, zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu muhim masalani ongli ravishda anglab yetgan holda, tinimsiz mehnat, tashabbuskorlik va intilishlar evaziga qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘lib qolmaslik, sohta obro‘ olish uchun rahbarlar mehnatini quruq maqtash va olqishlash bilan chegaralanib qolmaslik, aksincha, astoydil harakat qilish, tashabbuskor-tadbirkor, elparvar rahbarga ko‘makdosh bo‘lish, o‘z zimmasiga yuklangan mas’uliyatni his etish, vazifani sidqidildan bajarish, yon atrofdagilarga shaxsiy o‘rnak bo‘lish har bir mas’ul inson, jumladan, mansabdor shaxslar faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi shart.
Har bir fuqaro inson huquqlarini hurmat qilishi, davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiq bo‘lishi lozim. Ijtimoiy hayotda hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi o‘zining fuqarolik va insoniy mas’¬uliyatini anglashi zarur. O‘zbek davlatchiligi rivojlanishining tarixiy tajribasi asosida milliy huquqiy qadriyatlarni e’zozlashi va uni har tomonlama targ‘ib etishi kerak. Demokratik qadriyatlarni hurmat qilishi va ijtimoiy adolatga sadoqatli bo‘lishi, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi, yurt tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash mas’uliyatini chuqur his etishi lozim.
Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Toki jamiyatning har qaysi a’zosi o‘z huquqi, o‘z burchi va mas’uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha so‘zlarimiz, sa’y-harakatlarimiz besamar ketaveradi. Bugun odamlarning dunyoqarashi, ongi, tafakkurini o‘zgartirish mana shu masala bilan chambarchas bog‘liq”
XULOSA
Huquq haqidagi ma‘ruzalar, suhbatlar huquqiy targ`ibotning asosiy shakli bo`lib kolmoqda. Albatta, bir martalik tadbirlarning epizodliligi, mavzu jihatdan o`zilib kolishi o`zining salbiy jihatlariga ham ega. Hozir mavzularning birligi bilan bog`langan.Uyushgan tarzda, rejali asosda o`tkaziladigan leksiyalar va suhbatlar turkumlarining tashkil etilishiga utilayotgani bejiz emas mavzular turkumlari bir martalik ma‘ruzalardan farqli ravishda voyaga yetmaganlarga muayyan tizimdagi bilimlar majmuini beradi, huquq me'yorlarini amalda qo`llanish malakalarini singdiradi, o`quv rejalari va maktab dasturlari bilan uyg`un tarzda o`tkazilishi mumkin.
Shu bilan birga ayrim suhbatlar, ma‘ruzalar huquqiy turmush hodisalariga munosabat bildirish, yangi qonunlarni targ`ib qilish, paydo bo`ladigan ehtiyojlarni qondirishning eng muhim shakli bo`lib hisoblanadi.
Sud, prokrutura, militsiya, adliya organlarining amaliyotchi xodimlari bilan uchrashuvlar g`oyat muhimdir. Ular har doim o`smirlarda qiziqish uyg`otadi, huquqiy masalalar muhokamasiga sabab bo`ladi. Huquqshunoslar bunday uchrashuvlar oldidan maktablar, hunar–texnika bilim yurtlari, yoshlar jamoalaridagi intizom ahvoli bilan tanishadilar, mavjud kamchiliklar va huquqiy tartibotni buzishlarini tahlil etishadi, huquqbuzarlarga nisbatan qabul qilingan choralar to`g`risida axborot berishadi. Bunday uchrashuvlar «davra suhbati» tarzida, erkin suhbatlashish, bahslashish vaziyatida ham o`tkaziladi. Lekin ular lektorlar va tashkilotchilardan puxta tayyorgarlikni talab qiladi1. Maktablar va o`quv bilim yurtlari,uchun tashkil etiladigan tematik kechalar va savollar va javoblar kechalari ham huquqiy bilimlarni targ`ib qilishning ta'sirchan shaklidir ularni o`tkazish uchun madaniyat saroylari, kinoteatrlar, kutubxonalar, madaniyat va istirohat bog`laridan foydalaniladi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, bunday kechalar ularni tayyorlashda o`smirlarning o`zlari ham faol ishtirok etgan joylarda qiziqarli o`tadi.
Munozara – erkin fikr almashuvdir. Jiddiy baxs munozaralarga sabab bo`ladigan muhim hayotiy muammo munozara predmeti bo`lishi mumkin. Masalan, o`tmish sarqitlari, loqaydlilikka qarshi kurash muammosi. Munozara dasturi qatnashchilari o`z fikr muloxazalarini, tasavvurlarini bildirishlari mumkin bo`lgan asosiy masalalarni o`z ichiga olishi kerak. Munozara tashkilotchilari maqsadni oldindan belgilab olishi- qatnashchilarni u yoki boshqa huquqiy muassasa bilan tanishtirishi, baxs ijobiy natijalar keltirishi va hatto fikrlar inkor etilishi uchun uning mazmunini hamma uchun umumiy fikrga aylantirish harakat qilishi lozim. Munozaralar faktlar bilan ishlash, isbotlash, ishontira bilishga o`rgatadi. Yoshlarning kelgusida qonunlarni takomillashtirishda, davlat ishlarini boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etishlari uchun ularni, shuningdek qonunlarni qabul qilish, qonun loyihalarining paydo bo’lishi va muhokama qilinishi tartibi, davlat organlarining tuzilishi va vazifalari, fuqarolar shikoyat va takliflarining ko’rib chiqilishi tartibi bilan tanishtirib borish kerak bo’ladi.
Davlat va huquqning, ijtimoiy ahamiyati va mazmunini to’la va to’g’ri ochib berish ularga nisbatan hurmat-e’tiborning shakllanish uchun negiz bo’lib xizmat qiladi. O’smirlar qonunning quruq va formal qoidalar yig’indisi emas, balki hayotiy vaziyatlarning rang-barangligi va murakkabligini hisobga oladigan adolatli va zarur normalar ekanligini anglab olishi lozim.
Qonuniy xulq-atvor ehtiyojlari va ko’nikmalarini tarbiyalash jamoada qonunga qatiy rioya etilishiga asoslanadigan munosabatlar shakllantirilishini taqozo etadi va voyaga yetmaganlarning huquqiy tartibni himoya qilishga doir aktiv faoliyatiga jalb etilganida eng yuksak samara beradi. Huquqqa zid xatti-harakatlarning jazosiz sodir qilinishi hollari keng tarqalgan muassasa va jamoada bunday tarbiya muvaffaqiyat keltirmaydi. Har bir voyaga yetmagan bola, avvalo, axloq va huquq normalaridan har qanday orqaga chekinish qonunlarda nazarda tutilgan jazoga sazovor bo’lishiga oshonchi komil bo’lishi kerak. Birinchi navbatda tarbiyachilarning o’zlari qonunlarga so’zsiz amal qilish namunasini ko’rsatishlari lozim. SHu jihatdan olganda, jinoyatlarni (o’quvchilarning pullari o’g’irlanishi, tan jarohatlari yetkazilishi va h.k.) yashirish hollari katta zarar yetkazadi.
Huquqiy-tarbiyaviy ishlarda tor manfaatparastlik tusidagi maslahatlar va boshqacha holatlar rolini bartaraf etish, ularga nisbatan keskin salbiy munosabatni shakllantirish, voyaga yetmaganlarni yuksak axloqiy va huquqiy prinsiplarning faol targ’ibotchilari, ularni hayotga tatbiq etish uchun izchil kurashchilarga aylantirish muhimdir. O’smirlar nafaqat huquqiy targ’ibotni, shu bilan birga qarshi targ’ibotni ham yuritish qobiliyatiga ega bo’lishlari lozim.
Tarbiyachilar, shuningdek, o’smirlarning yangi huquqiy hujjatlardan o’z vaqtida xabardor qilinishiga, huquqiy ahamiyatga ega turli voqealarga operativ tarzda munosabat biddirishlariga, huquqni muhofaza qilish faoliyatining amaddagi ishlarning xususiyatini hisobga olgan hodda o’zgartirilishiga e’tiborni qaratishlari kerak.
Agar o’smirlar ayrim mansabdor shaxslar faoliyatidagi qonun buzishlar haqida hikoya qiladigan bo’lishsa, unda bunday holatni mavjud emas deb yoki buning o’quvchilarga taalluqli joyi yo’q, deb ish kilish to’g’ri bo’lmaydi. Aksincha, bunday faoliyatning suveren, huquqiy davlat pozitsiyalariga zid kelishi, aybdor shaxslar esa javobgarlikka tortilishini namoyish qilish katta ahamiyat kasb etadi. Voyaga yetmaganlar o’zlarini qiziqtiradigan barcha savollarga avvalo o’z tarbiyachilaridan javob olishlari lozim. Mabodo shunday qilinmasa, unda o’smirlar boshqa shaxslarga murojaat etishadi va bunda ularning to’g’ri javob olishlariga kafolat bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |