YURIDIK FAKT VA UNING KLASSIFIKATSIYASI
Bu huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi faktlardir. Yuridik faktlar huquqiy tartibga solish mezanizmida muhim rol o’ynaydi. Ular huquqiy normalar bilan alohida huquqiy munosabatni bog’laydi. Yuridik faktlar ijtimoiy munosabatlarning turiga qarab ko’p turlidir. Shuning uchun bir necha asoslarga ko’ra klassifikatsiya qilinadi. Yuridik faktlar harakteriga ko’ra oddiy va murakkab yuridik faktlarga bo’linadi. Oddiy yuridik faktga magazindan kerakli tovarlarni sotish natijasida haridor va sotuvchi o’rtsida huquqiy munosabatning paydo bo’lishidir. Murakkab yuridik faktlar sababli paydo bo’ladigan huquqiy munosabatlar bir necha yuridik fakt bo’shligini talab qiladi. Masalan; Karilik pensiya olish uun quyidagi yuridik faktlarni tasdiklovchi hujjatlar kerak; mehnat staji, ma’lum yoshga yetishi, pensiya tayinlashni surab yozilgan ariza va pensiya tayinlash tugrsidagi ijtimoiy ta’minot organlarining qarori.
Yuridik fakt inson irodasiga bog’liq yoqibog’liq emasligiga qarab ikki guruhga bo’linadi;yuridik hodsalar va yuridik harakatlar. Hodisalar sababi paydo bo’ladigan yuridik faktlar insonga bog’liq bo’lmagan holda tabiat va jamiyat kuchlari tufayli paydo bo’ladi. Masalan; bolaning tugilishi, insonning vafoti, yer kimirlashi, yongin va boshqalar. Bularning natijasida jamiyatda moddiy va ma’naviy zarar yetkazilsa, bular yuridik faktlar bo’lib, tegishli huquqiy normalar bilan tartibga solinib huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradi, o’zgartiradi va bekor qiladi.
Yuridik harakatlar natijasida paydo bo’ladigan faktlar 2 guruhga qonuniy va qonunsiz harakatlarga bo’linadi. Amaldagi huquqiy normalar asosida paydo bo’lgan va tartibga solinayotgan harakatlar qonuniydir. Masalan; turli shartnomalar va bitimlarning qonun asosida amalga oshirilishi. Huquqiy normalarnin talabiga zid, ularni bo’zish orqali sodir qilingan kishilarning harakat va harakatsizligi sababli paydo bo’lgan huquqiy munosabatlar qonunsiz isoblanadi. Bular intizomiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoiy qonunsizliklarga bo’linib, ularga nisbatan tegishli jazo choralari belgilangan.
Demak ko’ramizki, jamiyatdagi huquqiy munosabatlar kishilar, davlat va jamoat birlashmalari o’rtasidagi hatti-harakatlarni, turli huquqiy normalar bilan huquqiy munosabatlar orkli tartibga solib qonuniy va huquqiy tartibotni mustahkamlaydi.
Huquq munosabatlar – dinamik xodisa (jarayon). Ular yo’zaga keladi, o’zgaradi, tamom bo’ladi, tatbiql etiladi. XMlarning dinamikasi real xayotiy xolatlar bilan bog’liq bo’lib, ya'ni ular yuridik faktlar bilan bog’liqdir.
Yuquq munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi faktlarga yuridik faktlar deyiladi.
Ko’riladigan faktlarning yuridik faktlari deyilishiga sabab, ular xuquq normalarida o’z ifodasini topadi, ya'ni bevosita – gipotezada, bilvosita (yondoshgan) – dispozitsiya va sanktsiyalarda.
Ko’pchilik xollarda XMlarning yo’zaga kelishi uchun yuridik faktlarning tarkibi talab etiladi, ya'ni 2 va undan kup yuridik faktlarning yigindisi bo’lishi darkor, ularning yigindisi yuridik oqibatlarni keltirib chiqarishi zarur bo’ladi (masalan, nafaka bilan bog’liq XMlarning paydo bo’lishi uchun – belgilangan pensiya yoshiga yetishi, mexnat stajining yetarli bo’lishi, ijtimoiy ta'minot organining karori (pensiya berish to’g’risida) va b.).
Aybsizlik prezumptsiyasi – jinoyat jarayonida eng muxim demokratik printsipldardan xisoblanib, shaxsning xuquqini ximoya qiladi va asossiz ayblanishni yoki jazolashni takiklaydi.
Ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning qonunda urnatilgan tartibda aybdor deb xisoblanmasligi (toki uning aybi isbotlanmagunga kadar).
Huquqdagi probel – xuquqiy tartibga solinadigan doiradagi munosabatlarni reglamentga solish uchun zarur bo’lgan konkret xuquq normalarining yukligi.
Masalan, uy-joy qonunchiligiga asosan ijarag oluvchi uchun ob'ekt bo’lib – turar joy xisoblanadi.
Ma'naviy ijod bilan bog’liq predmetlar ham huquqiy munosabatlar ob'ektlari bo’lishi mumkin. (avtorlik huquqi ob'ektiga – asad va x.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |