Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va xususiyatlari


Ulardan eng muhimlariga to‘xtalamiz



Download 99,5 Kb.
bet6/20
Sana08.07.2021
Hajmi99,5 Kb.
#112760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari

Ulardan eng muhimlariga to‘xtalamiz.

1. Huquqiy davlatda hokimiyatning butun mexanizmi – har bir organ, mansabdor shaxs o‘z faoliyati davomida huquqiy prinsiplar va qoidalarga tayanadi, ular bilan o‘z faoliyatini bog‘laydi. Huquqiy normalar nafaqat aholi, balki davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun ham majburiydir. Ularning huquq chegaralaridan chiqishga umuman yo‘l qo‘yilmaydi yoki bunga umuman imkon berilmaydi. Agar etatik davlatda rasmiy organlar va mansabdor shaxslar huquqni o‘zlari uchun ikkinchi darajali va majburiy emas, deb tushunsalar, aksincha huquqiy davlat sharoitida bunday holat umuman nomaqbul va nojoiz hisoblanadi va shu sababdan u asta-sekin yengib o‘tiladi.

2. Huquqiy davlatda etatik davlat uchun xos bo‘lgan huquq va qonun o‘rtasidagi masofaning uzayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Undagi organlarining barcha normativ aktlari o‘zining mazmun-mohiyati va yo‘nalishi, qabul qilish va rasmiylashtirish muolajasi, qonuniy kuchga kiritish, qo‘llash, amalga oshirish va buzilishlardan muhofaza qilish xususiyatlariga ko‘ra huquqning yuqori talablariga javob beradi. Qonunchilik muntazam ravishda huquqiy prinsiplarga asoslanadi, ularni o‘zida singdiradi, ulardan aslo chekinmaydi. Davlat organlarining nohuquqiy normativ aktlarini qabul qilish va amal qilishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi, aksincha etatik davlatlarda ko‘pincha buning shohidi bo‘lishimiz mumkin.

3. Huquqiy davlat qonunlarni qabul qilish va e’tirof etish bilan cheklanib qolmaydi. U mazkur qonunlar zaruriy ravishda hayotga tatbiq etilishi, barcha jismoniy va yuridik shaxslar, davlat va jamoat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatini kerakli yo‘nalishga solishga katta ahamiyat beradi. Davlatning huquqni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu bois, unda «qog‘ozda qolgan», amal qilmaydigan qonunlar umuman yo‘q, aksincha etatik davlatda keraksiz qonunlarning «uyumlari»ni hech kim tozalashga urinmaydi ham. Huquqiy davlatda ijtimoiy munosabatlarning har bir subyekti davlat organlarining amaldagi normativ aktlarini albatta bajarish kerakligiga astoydil ishonadi (boshqacha bo‘lishi mumkin emas), zero bu huquq tartibotining barqarorligi muhitini yaratadi va jamiyatda yuridik nigilizmning tarqalishi hamda odamlarning huquqqa mensimay munosabatda bo‘lishini bartaraf etadi.

4. Huquqiy davlatda davlat normativ aktlarining amal qilishida subordinatsiyaga rioya qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Unda huquq manbalari, ya’ni normativ aktlarning qat’iy bo‘ysundirilgan tizimi shakllanadi, amal qiladi va rivojlanadi. Bu tizimda har bir aktning o‘rni uning yuridik kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur tizim, ifodali qilib aytganda, huquqiy manbalar «ehromi» cho‘qqisi – yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan konstitutsiyaga asoslanishi, uni aniqlashtirishi, to‘ldirishi va mazmunini rivojlantirishi lozim. Shunga muvofiq ravishda konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar tuziladi, yuridik pillapoya (piramida)ning quyi «qavatlari» davlat rahbarining aktlari, hukumat farmonlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralar buyruqlari va ko‘rsatmalari, mahalliy vakolatli va ijro etuvchi organlar aktlari, huquqiy odatlar, sud va ma’muriy pretsedentlar2 yaratiladi. Kichik yuridik kuchga ega bo‘lgan aktlarga kattaroq yuridik aktlarga nisbatan ustuvor davlatlarga xos bo‘lib, huquqiy manbalar subordinatsiyasi va iyerarxiyasini buzadi va shu bois huquqiy davlat uchun zid hisoblanadi.

5. Shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomi birinchidan, huquqiy davlatda huquq va erkinliklarning keng miqyosining qamrab olinganligi, normal hayot faoliyatini ta’minlash hamda oldida turgan vazifalarni hal etish uchun yetarliligi bilan ajralib turadi. Ikkinchidan, huquqlar bilan ajralmas birgalikda majburiyatlar tizimining mutanosib va muvofiq tizimini o‘z ichiga oladi. Uchinchidan, huquqni albatta hayotga tatbiq etish real yuridik kafolatlar bilan mustahkamlangan. Bunda ijtimoiy munosabatlarning bir turdagi subyektlari orasida tenglikni mustahkamlash, sinfiy, milliy, urug‘-aymoqchilik imtiyozlarini belgilash va bu orqali ulardan biriga imtiyoz berib, ikkinchisini imtiyozlardan mahrum etishga yo‘l qo‘ymaslikka intilish mavjuddir. Subyektlar orasida mazkur tenglikning yo‘qligi etatik jamiyatning huquqiy amaliyoti uchun xosdir. Shu vaqtning o‘zida huquqiy davlat, shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomini qo‘llab-quvvatlash, normativ mustahkamlash va takolmillashtirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, o‘zida yashiringan imkoniyatlarni huquqni tashuvchilar oldida namoyon qilishga intiladi.

6. Barcha davlat va ijtimoiy institutlar va tuzilmalarning legitimligi – huquqiy davlatning alohida belgilaridan biridir. Bu yerda yuridik bazaga ega bo‘lmagan institutlar va tuzulmalarni kam uchratish mumkin. Basharti ular mavjud bo‘lsa ham, uzoq muddatga yashash va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish istiqbollariga ega bo‘lmaydilar, piravordida yengib bo‘lmas qiyinchiliklarga uchrab tezda sahnadan tushib ketadilar. Davlat institutlari va tuzilmalarining ko‘pchiligi qonun asosida, belgilangan tartib va muolajalarga rioya qilgan holda, ularning maqsadi, vazifasi, amal qilish shakl va usullari rasmiy ravishda reglamentatsiya qilingan holda yaratiladi. Xususan, bu qonuniylashtirishning ro‘yxatga olish, ijozat berish va litsenziya berish usullari, shuningdek muvofiq davlat organlari tomonidan nazorat-taftish vakolatlarining qo‘llanishi bilan ta’minlanadi. Huquqiy davlatdagi muhitning o‘zi yuridik munosabatda shubhali institut va tuzilmalarning qisqarishi uchun kurashadi, aksincha qonuniyligi doim tasdiqlanadigan institutlar uchun esa keng imkoniyatlar yaratib beradi.

7. Huquqiy davlatda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi e’tirof etiladi va amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda yagona davlat hokimiyati doirasida uning uchta mustaqil tarmoqqa bo‘linishi ta’minlanadi. Bular qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bo‘lib, ular o‘zaro uzviy munosabatda bo‘ladilar. Hokimiyatning bitta tarmog‘i tomonidan boshqalarining «bukib olinishi» va bo‘ysundirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rib chiqilayotgan prinsipning ahamiyati shundaki, u hokimiyatning faqat bitta organ yoki mansabdor shaxs qo‘lida mujassamlanishining oldini oladi, natijada ichki davlat apparatida hokimiyatning teng taqsimlanishini ta’minlaydi hamda diktatorlik tartibining yuzaga kelishini oldini oladi.

8. Huquqiy davlatda ichki qonunlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalari o‘rtasida optimal muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Oxirgilari o‘zida hozirgi zamon huquqiy sivilizatsiyasining yutuqlarini mujassamlashtiradi. Mazkur yutuqlarga u yoki bu darajada huquqiy davlatlar ham aralashadi, zero ularda odatda ichki qonunlar oldida xalqaro shartnomalar (ratifikatsiya qilinganlari)ning ustuvorligi belgilanadi va bu shartnomalar bevosita qo‘llanishi aytib o‘tiladi. Shu bilan birga, mazkur mamlakatlar yuridik tizimlarining tashqi dunyodan alohidaligi va cheklanganligi bartaraf etiladi, ya’ni jahon hamjamiyatining huquqiy tizimiga integratsiyalashadi, ko‘pgina asosiy prinsip va normalariga rioya etib, ularni o‘z normativ aktlari saviyasiga ko‘taradilar.

9. Huquqiy tartibot buzilgan hollarda (ayniqsa fuqarolar huquq va erkinliklarining buzilishi) huquqiy ta’sir qilish va huquqiy himoya mexanizmi amal qiladi, unda sud birinchi darajali rol o‘ynaydi. Mazkur mexanizm boshlangan jinoyatni oldini olish, buzilgan huquqni tiklash, yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlash, aybdorlarni jazolash, yangi huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar va ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga davlatning barcha farmonlari to‘liq ravishda bajarilishi lozimligi haqida uqdirish bo‘yicha vazifalarni kompleks ravishda hal qiladi. Agar huquq, tartibot, fuqarolar huquq va erkinliklarining har qanday buzilishi muvofiq davlat organlari va mansabdor shaxslarning e’tiboridan chetda qolmasa hamda tartib buzarlar har gal haqli jazo olsalar, bunday yondoshuvning o‘zi qonunni buzishning samarali umumiy preventiv, ya’ni oldini oluvchi omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida, bu davlatda qonuniylikka rioya etish sharoitiga ta’sir etadi. Huquqiy davlatning yurisdiksiya, huquq, tartibotni muhofazalash, huquqni himoyalash va preventiv oldini olish faoliyati huquqiy talablarga qat’iy rioya etishi zarurdir. Shu sababdan jamiyat hayotining huquqiy «kayfiyati» etatik davlatga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi.

10. Huquqiy jamiyat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o‘zaro mas’uliyatligi xosdir. Davlat har bir odamga tug‘ilishidan boshlab tegishli ajralmas huquq va erkinliklarni nafaqat tan oladi, balki ularni hayotga real tatbiq etish va tajovuzlardan himoyalashni ham kafolatlaydi. O‘z navbatida, fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, boshqa fuqarolar, ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmagan holda foydalanishlari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni qat’iy bajarishlari lozim. Boshqacha qilib aytganda, davlatning fuqarolar bilan aloqasi murakkab va ko‘p tarmoqli hisoblanib, ularning o‘rtasida muayyan huquqlarning vujudga kelishi hamda muayyan majburiyatlarning bajarilishini taqozo etadi.

Yuqorida keltirilgan omillarning birgalikdagi faoliyati jamiyat va davlatda huquqning hukmronligi, umum e’tirof etilganligi va ustun mavqega ega bo‘lishiga olib keladi. Bu ijobiy natija hisoblanadi, zero huquq – insoniyat taraqqiyotining buyuk ne’mati, huquqiy tartibga solish, boshqarish va ta’sir etishning to‘plangan ijtimoiy tajribasining asosiy mohiyati, umuminsoniy qadriyatlar va adolatlilik, demokratiya va tartibintizom yuksak g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Huquqning jamiyat hayotida ulkan ahamiyati va vazifasini tushunib yetgan davlatni huquqiy davlatlar qatoriga qo‘shishi mumkin.

Demak, huquqiy qadriyatlarning ustuvorligi, ularning ham aholi, ham davlat apparati xizmatchilari orasidagi nufuziga e’tibor beradigan, o‘z faoliyati davomida huquq bilan bog‘liq bo‘lgan hamda qonun talablari doirasida amal qilgan holda inson huquq va erkinliklarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan davlatni chinakam huquqiy davlat deyish mumkin.


Download 99,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish