HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH TIZIMINI
YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mustaqillik yillarida respublikada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatda huquq-tartibotni
ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga
erishildi
Shu bilan birga, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat organlarining ish
shakli va uslublari, eng avvalo axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada
foydalanilmayotganligi sababli hozirgi kun talablariga to‘liq javob bermaydi
Davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga lozim
darajada e’tibor qaratmayapti
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-
tadbirlarning aniq manzilga yo‘naltirilmaganligi va ularga kompleks yondashilmayotganligi,
shuningdek huquqbuzarliklarning tizimli ravishda sodir etilishiga doir sabab va shart-
sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish
samaradorligi mavjud emasligi kutilayotgan natijalarni bermayapti
Vakolatli organlarning yetarli darajada tashabbus ko‘rsatmayotganligi, lozim darajadagi
idoralararo hamkorlikning mavjud emasligi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning
o‘zaro nomutanosibligi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirishni talab etadi
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni
muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni
bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida
1. Davlat organlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlari qoniqarsiz deb e’tirof etilsin
2. Huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish davlat organlari, shu
jumladan huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat
tashkilotlari, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlarining (keyingi o‘rinlarda — davlat
idoralari va tashkilotlari) ustuvor vazifasi etib belgilansin
Ushbu sohada quyidagilar davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
etib hisoblansin
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini, shu jumladan aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyatida faol ishtirok etish,
fuqarolar murojaatlari va muammolariga bepisand munosabatda bo‘lish va byurokratik
holatlarga yo‘l qo‘ymaslik orqali ta’minlash
huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish choralarini ishlab chiqish
hamda amalga oshirish orqali huquqbuzarliklarning, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar
o‘rtasida oldini olish hamda ularga chek qo‘yish, shuningdek ularning sodir etilish sabablari
va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarning
samaradorligini oshirish
idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini, shu jumladan videokuzatuv, elektron hisobga olish va o‘zaro axborot
almashish, idoralararo ma’lumotlar bazalari tizimlarini profilaktik ishlarga keng joriy etish
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy va davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari
bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
amalga oshirilayotgan profilaktika chora-tadbirlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini,
qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilik darajasi haqidagi ma’lumotlarni aholiga yetkazish
masalalarida ommaviy axborot vositalari bilan faol hamkorlik qilish, Internet butunjahon
axborot tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalanish, sodir etilgan huquqbuzarliklar va ularni
bartaraf etish jarayoni to‘g‘risida keng jamoatchilikni tezkor xabardor qilish
huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini, shu jumladan huquqbuzarliklar dinamikasi,
ularni sodir etish takroriyligi, ijtimoiy fikr, profilaktik ishlar natijasidan fuqarolarning
qoniqish hosil qilishi va aholi bilan hamkorlik darajasini inobatga oladigan baholashning
aniq mezonlarini joriy etish
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha idoralararo dasturlarni ishlab chiqish va amalga
oshirishda manzillilik, sohaviy ixtisoslashuv, hududiy va boshqa o‘ziga xos xususiyatlar
inobatga olinishini ta’minlash
ijtimoiy muammolarni hal etish, birinchi navbatda aholi bandligini ta’minlash, ayollar va
yoshlarni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etishni faollashtirish, voyaga yetmaganlarning bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish
huquqbuzarliklar profilaktikasi muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlar
o‘tkazish, profilaktik ishlarni olib borishning zamonaviy uslubiyotini joriy etish
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilar va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir
etishga moyil bo‘lgan yoki sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy,
pedagogik va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini rivojlantirish
huquqbuzarliklar profilaktikasiga fuqarolar va jamoat tashkilotlarini, shu jumladan ularni
moddiy va boshqacha tarzda rag‘batlantirish orqali jalb etish mexanizmlarini
takomillashtirish
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati
va Adliya vazirligining quyidagi takliflari qabul qilinsin
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasini tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha
komissiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar,
tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha
komissiyalarni tegishincha Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo
komissiyasi hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar
etib qayta tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar prokuraturalari huzurida prokuratura, ichki ishlar va O‘zbekiston
Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tajribali xodimlaridan iborat doimiy faoliyat
yurituvchi idoralararo tezkor-tergov guruhlarini tashkil etish
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi quyidagi komissiyalar bo‘yicha yagona
muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilansin
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasi
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi
Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi
Keyingi tahrirga qarang
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi
5. Haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilansin va
ushbu kunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin
huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham
berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan, shu
jumladan ichki ishlar organlari tayanch punktlari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa
davlat idoralari va tashkilotlarida “ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish orqali tizimli chora-
tadbirlarni amalga oshirish
qonuniylik ahvolini va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarning
samaradorligini atroflicha muhokama qilish uchun joylarda, birinchi navbatda kriminogen
vaziyat nomaqbul bo‘lgan hududlarda fuqarolarning sayyor qabullarini hamda davlat
idoralari va tashkilotlari vakillarining aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etish
ijtimoiy ahamiyati muhim bo‘lgan sud muhokamalari bo‘yicha sayyor sud majlislarini
o‘tkazish
aholi turmushining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini o‘rganish, huquqbuzarlik sodir etishga
ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida uyma-uy yurishlarni
tashkil etish
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar haqida davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish
maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda davlat idoralari va tashkilotlari vakillari,
jamoatchilik ishtirokida joylarda jinoyatchilik ahvoli, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab
va shart-sharoitlari, jinoyatlarni fosh etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha
ishlarning natijalarini muhokama qilish
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet butunjahon axborot tarmog‘ida
maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasi ikki hafta muddatda mas’ul ijrochilarni aniq belgilagan holda,
mazkur qaror talablariga muvofiq aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi
huquqbuzarliklar profilaktikasi kunlarini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy dasturni tasdiqlasin
6. Quyidagilar
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom va uning tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom va Voyaga
yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tarkibi 3 va 4-ilovalarga
muvofiq
Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi to‘g‘risidagi
Nizom va uning tarkibi 5 va 6-ilovalarga muvofiq
Keyingi tahrirga qarang
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha 2017 — 2018-
yillarga mo‘ljallangan dastur 7-ilovaga* muvofiq
* 7-ilova berilmaydi
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni
muvofiqlashtirish sxemasi 8-ilovaga muvofiq
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida tadbirlarni tashkil etish sxemasi 9-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida Umumiy shtat birligi doirasida 21
shtat birligidan iborat bo‘lgan Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil
qilish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) tashkil etilsin
7-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-
fevraldagi PF-5343-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang
Keyingi tahrirga qarang
Boshqarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin
huquqbuzarliklar sodir etilish sabab va shart-sharoitlarning, qonuniylik va huquq-tartibotni
ta’minlashga ta’sir etuvchi omillarning, ayniqsa huquqbuzarliklarning salbiy dinamikasi
kuzatilgan sohalarda tizimli tahlilini tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, manfaatdor
vazirlik va idoralar bilan birgalikda huquqbuzarliklarning sodir etilishiga olib kelayotgan
sabab va shart-sharoitlarni barham toptirishga qaratilgan ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab
chiqish
qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlari
buzilishiga, shuningdek huquqiy normalarni o‘zboshimchalik bilan, subyektiv, tanlov asosida
talqin qilish faktlariga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, davlat idoralari va tashkilotlari
faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish
qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka
qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish borasida takliflar tayyorlash
qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan seminarlar,
“davra suhbatlari”, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda
o‘tkazish
qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, uni
O‘zbekiston Respublikasida joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Boshqarmaga noyuridik mutaxassislikdagi
(iqtisodchilar, moliyachilar, sotsiologlar va boshqalar) zarur bilim va tajribaga ega yuqori
malakali kadrlarni ishga qabul qilish huquqi berilsin
Oldingi tahrirga qarang
Boshqarma xodimlariga lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama haq
belgilansin. Bunda, mazkur ustama haq qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi
qo‘shimcha va ustama haqlarni hisoblab chiqishda Boshqarma xodimlarining lavozim
maoshi tarkibiga qo‘shiladi
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi
PF-5475-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y.,
06/18/5475/1489-son
Keyingi tahrirga qarang
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi
bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga vakolatli organlar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida
ma’lumotlar va materiallarning samarali almashinuvini ta’minlaydigan yagona axborot
tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda
tutadigan Hukumat qarori loyihasini kiritsin
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan
xarajatlarni qoplagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining xarajatlar
smetasi va shtat jadvallariga o‘zgartirishlar kiritsin
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi,
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan
kelib chiqadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.
Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYE
Toshkent sh.
2017-yil 14-mart
PQ-2833-so
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qarorig
1-ILOV
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasi to‘g‘risidag
NIZO
1-bob. Umumiy qoidala
1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Respublika
idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar
(keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar va muassasalar) faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ
hisoblanadi
2. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha vazirliklar, idoralar, jamoat
birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiydir
3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom hamda boshqa qonun
hujjatlariga amal qiladi
4. Komissiya o‘z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida, tumanlar (shaharlar)da huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi
o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalar
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslar,
jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini huquqbuzarliklardan
himoya qilishni ta’minlash
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari
va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi
ustidan nazoratni tashkil etish
vakolatli organlar va muassasalarning faoliyatini ularning faoliyati samaradorligini, yaqindan
hamkorligi va ish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida muvofiqlashtirish
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan
choralarni baholash, monitoring qilish va ularning samaradorligini oshirish
jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga barham berish amaliyotini
o‘rganish
jinoyatlar fosh etilishini hamda surishtiruv, tergov va sud organlaridan yashiringan
shaxslarning qidiruvini ta’minlash maqsadida tezkor-qidiruv va profilaktika tadbirlarining
samaradorligini oshirish
tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularni
huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etish
vakolatli organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham
berishdagi o‘zaro hamkorligini yaxshilash, shuningdek huquqbuzarliklarni sodir etish
sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash yuzasidan chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ma’lumotlarni
to‘plash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda tegishli organlar va muassasalar faoliyati
samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish
hududiy komissiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish
3-bob. Komissiyaning huquq va majburiyatlar
6. Komissiya quyidagi huquqlarga ega
vakolatli organlar va muassasalarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan
qarorlar qabul qilish
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vakolatli organlar va muassasalar
rahbarlarining hisobotlarini eshitish
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarida qonun
hujjatlari va Komissiya qarorlari bajarilmaganligi uchun tegishli davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarga ularning mansabdor shaxslarini javobgarlikka
tortish haqida takliflar kiritish
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari,
jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda ma’lumotlarni so‘rash
va olish
Komissiya a’zosi hisoblanmaydigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat
birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini Komissiya yig‘ilishlariga
taklif etish
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari ahvolini o‘rganish
uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlari tashkil etish, shuningdek ushbu
komissiya va guruhlar ishiga mutaxassislarni jalb qilish
jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash va huquqiy
madaniyatni yuksaltirish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka
qarshi kurashishda faol ishtirok etgan shaxslarni rag‘batlantirish tashabbusi bilan chiqish
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin
7. Komissiya quyidagilarga majbur
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil
etish bo‘yicha qarorlarini ijro etish
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazorat
va monitoringni amalga oshirish
Komissiya zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin
4-bob. Komissiya ishini tashkil etis
8. Komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi
9. Hududiy komissiyalar rais (ichki ishlar organi rahbari), rais o‘rinbosari va a’zolardan iborat
tarkibda tuziladi. Hududiy komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, huquqni muhofaza
qiluvchi organlar, shuningdek mehnat, ta’limni davlat tomonidan boshqarish, davlat sog‘liqni
saqlash tizimini boshqarish, tabiatni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat boshqaruvi
organlari rahbarlari kiritiladi
10. Komissiya o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga qarab,
ammo chorakda kamida bir marta o‘tkazadi
11. Komissiya rais tomonidan boshqarilib, u
Komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi
Komissiya yig‘ilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi
Komissiya yig‘ilishlari kun tartibini tasdiqlaydi
Komissiya ish rejalarini tasdiqlaydi
12. Komissiya ishchi organi funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
bajaradi
13. Ishchi organ
Komissiya ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi,
shuningdek tasdiqlangan rejaga muvofiq Komissiyaning joriy faoliyatini tashkil etadi
Komissiya yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha materiallarning
tayyorlanishini tashkil qiladi
Komissiya vakolat doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar
loyihalarini tayyorlaydi
Komissiya qarorlarining ijrosi ustidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi
kelib tushayotgan xat va hujjatlarni ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi, yozishmalarni va
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar tayyorlashni amalga oshiradi
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi
Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlashni amalga oshiradi
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin
14. Vakolatli organlar va muassasalar o‘z vakolatlari doirasida Komissiyaga har chorakda
jinoyatchilik va huquqbuzarliklar ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlarni
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi hisobotlarni
jinoyatlar va huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish
bo‘yicha takliflarni taqdim etishadi
15. Komissiya qarorlari Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi
Komissiya qarorlari yig‘ilishda ishtirok etgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan va
Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bayonnomani imzolashda Komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini yozma ravishda
bildirish huquqiga egadir
16. Komissiya qarorlari tegishli vakolatli organlar va muassasalarga, shuningdek manfaatdor
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Ularning
rahbarlari Komissiya qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi uchun javobgardir
Komissiya qarorlarini sifatli bajarish maqsadida vakolatli organlar va muassasalar rahbarlari
tomonidan ularning ijro etilishi yuzasidan monitoring va nazorat tashkil etiladi
17. Komissiya ish rejalari uning a’zolaridan kelib tushgan takliflar asosida har yarim yilga
tuziladi, Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi
5-bob. Sud organlari bilan hamkorli
18. Komissiyaning sudlar bilan hamkorligi sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga rioya
qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni, boshqa qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi
Sudlar bilan hamkorlik quyidagi asosiy shakllarda amalga oshiriladi
axborot almashinuvi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashish borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda sud-tergov statistika ma’lumotlari,
sud amaliyoti materiallaridan foydalanish
qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotining takomillashtirilishini ta’minlash maqsadida
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini hamkorlikda ishlab chiqish
qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilikni
qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berish to‘g‘risidagi qarorlarini tayyorlashda
ishtirok etish
hamkorlikda seminar, “davra suhbati” va konferensiyalar o‘tkazish, vakolatli organlar va
muassasalar xodimlarining malakasini oshirish ishida ishtirok etish
tegishli vakolatli organlar va muassasalarga, shuningdek manfaatdor davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga hamkorlikdagi axborot xatlari, ko‘rsatmalar,
ma’lumotnoma va sharhlarni yuborish
19. Komissiya yig‘ilishlarida tegishli sudlarning raislari ishtirok etishlari muhlar o‘rtasida
jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining asosiy sabablaridan biri oiladagi
nosog‘lom muhitdir, – deydi viloyat IIB matbuot guruhi rahbari, podpolkovnik Umidjon
Soliyev. – Shuning uchun har bir ota-ona farzand tarbiyasiga alohida mas’uliyat bilan
yondashishi lozim. O‘smirlik davrida yengil-elpi, emin-erkin hayotga o‘rgangan bolada
asosan bezorilik va firibgarlik bilan bog‘liq xatti-harakatlar ko‘p uchraydi. Bu
o‘zboshimchalikning oldi vaqtida olinmas ekan, ulg‘ayganida ular katta "ish"larga ham qo‘l
urishi turgan gap.
Mutaxassislar ota-onaning farzand axloqidagi salbiy o‘zgarishlar, uning fe’l-atvori, ta’lim-
tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lishi bola kelajagi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi asosiy omil ekanini
ta’kidlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, jinoyatga qo‘l urayotgan bolalar, asosan, notinch va
nosog‘lom oilalarda voyaga yetmoqda. Oiladagi bunday muhitga moslashgan yoki moddiy
ta’minotga muhtoj bola boshqalar bilan ko‘p janjallashadi, o‘g‘rilik, bezorilik kabi jinoyatlarga
qo‘l uradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |