REJA: - Huquqbuzarlik HAQIDA
- Huquqbuzarlik TURLARI
- HuquqbuzarlikNING KELIB CHIQISH SABABLARI
- HuquqbuzarlikNING oldini ilish choralari
Shaxslar ma’lum huquqiy qoidalarga, huquq normalariga amal qiladilar. Bu qoidalarga amal qilmaslik, o‘rnatilgan huquqiy normalarning buzilishiga olib keladi. Bu esa huquqbuzarlik deb ataladi. Huquqbuzarlik deganda jamiyatda o‘rnatilgan va qonunchilik orqali belgilangan tartib yoki umuman ijtimoiy yashash qoidalarini buzish tushuniladi. Huquqbuzarlik har xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarlikning u yoki bu shaklda namoyon bo‘lishi uning xususiyatlariga bog‘liqdir. Huquqbuzarlik shakllariga jinoyat, nojo‘ya harakat, intizomni buzish kabi xatt-harakatlarni keltirish mumkin. ijtimioiy xavflilik; huquqqa zidlik; ayblilik; jazoga loyiqlik.
Huquqbuzarlikning quyidagi belgilari mavjud:
Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzar jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, inson hayotiga suiqasd qiladi, davlat va boshqa inson larga zarar keltiradi, ularning mol-mulkini nobud qiladi hamda noxush hodi salar keltirib chiqarib, jamiyat a’zolari manfaatiga zarar keltiradi. Huquqqa zidlik — huquqbuzarning qonun yoki huquq normalari belgilab qo‘ygan majburiy talablarini buzishidir. Ayblilik yuqorida ta’kidlanganidek, o‘z xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan insonning huquqqa zid, qonun talablariga qarshi xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir. Jazoga loyiqlik – bu har qanday narsadan huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishi, jazo esa huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, huquq buzarni muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan iborat majburlov chorasidir. Huquqbuzarlik odatda 4 guruhga bo‘linadi:
1.
2.
3.
4.
Intizomiy huquqbuzarlik;
fuqarolik huquqbuzarligi;
Jinoiy huquqbuzarlik.
Ma’muriy huquqbuzarlik;
Intizomiy huquqbuzarlik — xizmat burchini bajarib turganda har qanday mehnatda majburiy bo‘lgan mehnat tartib-qoidalarining va rahbarlikka bo‘ysunish tamoyillarining buzilishi. Jinoiy huquqbuzarlik - jinoyat sodir etish, ya’ni o‘g‘rilik, talonchilik, odam o‘ldirish, ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatish va boshqalar.
Ma’muriy huquqbuzarlik - qonunga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, fuqarolarga, tabiiy muhitga nisbatan (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik.
Har qanday shaxs ham huquqbuzar deb tan olinavermaydi. Huquqbuzarlik sub yekti deb tan olinishi uchun shaxs o‘z qilmishiga javob bera oladigan, aqli raso bo‘lishi shart. Huquqbuzarlikning oldini olish - Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘ladi.
- 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etildi.
- Joriy yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi. Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida Prezidentimizning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |