mutlaq monarxiya
deyiladi.
Agar monarxning hukmronligi konstitutsiyaga tayanuvchi biron-bir idora
bilan cheklangan bo‘lsa, bunday monarxiya
cheklangan, konstitutsiyaviy,
par lament boshqaruvi shaklidagi monarxiya
bo‘ladi (masalan, Buyuk
Bri taniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya).
Respublika
davlat boshqaruvining shunday shakliki, unda hokimiyat
oliy idoralari ma’lum muddatga saylanadi.
Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo‘lgan davlat ning asosiy
belgilari quyidagilardan iborat:
♦
hokimiyat oliy idoralarining saylab qo‘yilishi;
♦
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;
♦
hokimiyat oliy idoralarining o‘z qarorlarini saylangan muddati
davomida qabul qilishi;
♦
odil sudlovni amalga oshiruvchi idora bo‘lgan sudlar obro‘sining
ortishi;
♦
fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.
“Respublika”
so‘zi yunoncha “umumiy ish” ma’nosini bildiradi.
Respublikalar
Do'stlaringiz bilan baham: |