185
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
185
185
A
YRIM YURIDIK ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI
ADLIYA
— arabcha "adolat, to‘g‘rilik, haqqoniylik" ma’nolarini bildiradigan
tushuncha bo‘lib, muayyan o‘rganning huquqini muhofaza qilish bo‘yicha
faoliyatini anglatadi.
ADVOKAT
(lotin) — ayblanuvchining himoyachisi, sudda biror shaxsning
ishini olib boruvchi, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beruvchi yurist.
ALIMENT
— mehnatga yaroqsiz bo‘lib, alohida ro‘zg‘or yuritayotgan oila
a’zolariga yaqin kishilari tomonidan to‘lab turiladigan nafaqa.
AMNISTIYA
— sudlanganlarning bir qismini qonun asosida to‘la yoki qisman
ozodlikka chiqarish.
APELLATSIYA
— shikoyat qilish, norozilik bildirish.
AUDITOR
— tijorat banklari yoki boshqa kompaniyalarning faoliyatini
tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan maxsus shaxs.
AYB
— jamoat tartib-qoidalari va axloq normalariga xilof nojo‘ya xatti-harakat.
AYBLANUVCHI
— jinoiy javobgarlikka daxldor shaxs.
BEZORILIK
— jamoat tartib-qoidalariga qasddan hurmat sizlik bildirib – urish,
do‘pposlash, badanga shikast yetkazish.
BOSQINCHILIK
— o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum
uyushtirib, badaniga shikast yetkazish.
DALOLATNOMA
— biror voqea, hodisa yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga
guvohlik berish maqsadida bir necha kishilar tomonidan tuzilgan hujjat.
DAM OLISH VAQTI
— xodim mehnat vazifalarini baja rishdan xoli bo‘lgan va
bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.
DA’VO
— o‘zining fuqarolik huquqini himoya qilish haqida sud orqali qilingan
arznoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |