Huquq tushunchasi va ta’rifi



Download 118,5 Kb.
bet1/14
Sana22.04.2022
Hajmi118,5 Kb.
#574216
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Huquq tushunchasi va ta’rifi


Huquq tushunchasi va ta’rifi
Reja:


1. Huquq tushunchasi.
2. Huquqni tushunishning umumiy masalalari va ularning amaliy faoliyat uchun ahamiyati.
3. Huquq to’g’risidagi nazariyalar.
4. I.A. Karimov asarlarida huquq masalalarining rivojlantirilishi.

Huquq tushunchasi va ta’rifi
Ma’lumki, kishilik jamiyati insonlar tomonidan ishlab chiqilgan va rivojlantirilgan ma’lum bir ahloq-odob normalari bilan bir qatorda qat’iy qilib o‘rnatilgan va jamiyat barcha a’zolarining rioya etishi majburiy bo‘lgan huquq normalari asosida o‘z munosabatlarini tartibga soladi va shu asosda o‘zining muayyan erkinliklarini va xohish-irodasini qonun darajasida ifodalaydi.
Huquq keng ma’noli tushuncha bo‘lib, o‘zining bir qator harakterli belgilari bilan ahloqdan farq qilib turadi. Huquq vujudga kelish davriga ko‘ra ahloqdan yoshroq esada, qat’iylik harakter kasb etishi bilan va jamiyatni tartibga solishda unga qaraganda yuksakroq ahamiyat kasb etadi. Chunki davr taraqqiyoti kishilarda ko‘proq ahloqqa emas, balki huquqqa suyanib ish ko‘rish xissini tarbiyalab boraveradi. Bunga sabab jamiyatda tarkib topib borayotgan munosabatlarning nihoyatda xilma-xillashib borayotgani va bularni ahloq normalari bilan tartibga solish kutilgan natijalar bermasligidir.
Huquq ma’lum yuridik shakllar, ya’ni manbalar – qonun, farmon, qaror va huquqda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy hulq-atvor qoidalarining qat’iy ifodalangan tizimi bo‘lib, unga rioya qilish yoki undan chetga chiqish huquqbuzarlik hisoblanib, davlat tomonidan ma’lum bir majburlov choralarining qo‘llanishiga sabab bo‘ladi. Lekin bu bilan jamiyat hayotining barcha sohalarini huquq qamrab olgan ekanda degan fikrga borish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Jamiyatimizda shunday bir jabhalar borki, ularni huquq bilan tartibga solib bo‘lmaydi. Bunday hollarda ahloq normalari tartibga solish funksiyasidan foydalanib, kishilar o‘rtasidagi normal aloqalarning tiklanishida muhim o‘rin tutadi.
Insoniyat tarixida ahloq va huquqning shakllanishi yoki paydo bo‘lishida qadimiylik va vorisiylik tushunchalarini ham qaysidir ma’noda qabul qilish mumkin. Ahloq ham kishilik jamiyatining muayyan bir rivojlanish bosqichida kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning tashkil etilish usuli sifatida shakllangan. Biroq bu bilan uni aniq bir davrda paydo bo‘lgan deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Insoniyat rivojlanishining jamoachilik bosqichida kishilar o‘zlarining kundalik aloqalarida muayyan bir tartib-qoidalarga amal qila boshlaganlarki, bu kishilarga o‘z hayotlarini osonroq tartibga solishga imkon bergan. Bu o‘z navbatida ahloq normalarining sekin-astalik bilan shakllana borishiga imkon yaratib beradi.
Huquq esa daavlatchilik munosabatlari, boshqaruvning ma’lum bir ko‘rinishdagi tizimi shakllangach ushbu davlatda hamma birdek amal qilishi lozim bo‘lgan umumiy qoidalar sifatida shakllandi. Uning aynan davlatchilik munosabatlari shakllangandan so‘nggina paydo bo‘lishiga muayyan sabablar bor. Huquq, yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning ma’lum bir chora-tadbirlari bilan ta’minlanadi va uning buzilishi davlat tomonidan ma’lum bir majburlov choralarning qo‘llanishi bilan qo‘riqlanadi. Huquq kishilarning amal qilishi lozim bo‘lgan va o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan tartib-qoidalari bo‘lganligi, shuningdek, uning barcha kishilar tomonidan emas, balki ma’lum bir kishilar guruhi tomonidan alohida shakllarda yozilishi va sanksiyalanishi jamiyat boshqa a’zolarining mazkur tartib-qoidalarga har doim ham vijdonan amal qilavermasligini bildiradi. Shu boisdan ham jamiyatning ko‘pchilik a’zolari tomonidan ma’qullangan bunday huquq normalari davlatning qo‘riqlov kuchi bilan ta’minlanadi va bajarilishini bevosita davlat organlari amalga oshiradi.
So‘nggi yillarda butun dunyoda vujudga kelgan ijtimoiy vaziyatlar davlat boshqaruvida va umuman jamiyat hayotini tartibga solishda huquq normalarining o‘rni yuqori bo‘lishi kerakmi yoki ahloq qoidallariga ko‘proq urg‘u berish kerakmi degan haqli savollarning kun tartibiga qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu masalaning anchayin baxslarga sabab bo‘layotganligi meni ham ushbu mavzuda mazkur kurs ishini yozishga undadi. Shu bilan birga huquqda yangicha amaliyotning joriy qilinishini ham maqsadga muvofiq ish deb hisoblayman va bu borada huquq nazariyotchilarining bildirgan fikrlarini o‘rganib, ma’lum bir xulosa va ushbu mavzu bo‘yicha yanada to‘laroq ma’lumotlarga ega bo‘lishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Zero ertangi kunimizda jamiyat hayotida bo‘ladigan o‘zgarishlar bugun biz o‘rganadigan va egallaydigan bilimlarning naqadar chuqurligiga bog‘liq. Shuningdek, huquqiy ongi rivojlanib borayotgan xalqimizning kelajakda huquq normalarini yanada takomillashtirishga bo‘lgan talablarini qondirish ham huquq tushunchasini imkon qadar chuqurroq o‘zlashtirishga undaydi. Bu esa yuridik soha vakillariga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Chunki, huquq normalarini ishlab chiquvchilar, uni davlat darajasida mustahkamlanishini ta’minlovchilar, shuningdek, sanksiyalarni o‘rnatuvchilar ham jamiyatni boshqaruvchi asosiy kuch hisoblanmish ushbu soha vakillarini mazkur sohada chuqurroq bosh qotirishlariga undaydi.
Ayniqsa, muhtaram prezidentimizning har chiqishlarida jamiyatimizni demoktarlashtirish, erkinlashtirish, fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash, ularga huquqiy maslahat va yuridik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirishga chaqirishlari biz yoshlarni ertangi kunimiz uchun har tomonlama mukammal va zamonaviy qonunlar ishlab chiqilishida ishtirok etish, o‘z maslahat va takliflarimiz bilan huquqiy amaliyotda qatnashishimiz zarurligini taqozo qiladi. Zero, o‘z kelajagi va ertangi kuniga befarq bo‘lmagan har bir fuqaro fanning qaysi yo‘nalish va tarmog‘ida bo‘lmasin, mukammal bilimga, aniq ko‘nikmaga ega bo‘lishi, o‘z huquqlarining o‘zga shaxslar tomonidan buzilishining oldini olishga o‘zida kuch va imkoniyat topa olishi lozim.

Download 118,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish