Humoyun va akbar



Download 1,25 Mb.
bet33/36
Sana22.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#572068
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com

Savodi Hindro karda az latofat gulshani hazro
Muhammad Akbar G‘oziy Jaloliddini dunyo*.

— Mushfiqiyni bu qasidasi uchun shayboniyzodalar o‘ldirib yuborishlariga sal qolgan. Bechora janubga qochib qutulgan...


— Shayboniyzodalarning o‘zlarini quvmoq ke­rak!— dedi Murod qizishib. — Shunday qudratli lashkarimiz bor, hazrat otajon! Turonga qo‘shin tor­tib borsak, tarafdorlaringiz quchoq ochib chiqmagaylarmi?
Akbar og‘ir uf tortdi-yu:
— Turonda hozir g‘animlarimiz ko‘paymishdir, vaziyat yomon, — dedi. — Biz Hindistonda o‘tkazgan islohotlarni shayboniyzodalar Samarqand-u Farg‘ona ahliga butunlay teskari qilib yetkazibdirlar. Ulug‘bekni o‘ldirtirgan johillar Turonda bizga ham qarshi qilich qayramoqdalar. Buning ustiga Hinditsonda g‘animlarimiz bosh ko‘tardi. Hatto Adanda hazrat ammamizni o‘shalar asir qilmishlar. U kishini qutqarmoq uchun ham poytaxtga tezroq qaytmog‘imiz kerak, o‘g‘illarim!
Shu bilan xayollari janubga ketdi. Akbar o‘g‘illariga janub tomondagi Kobul daryosini ko‘rsatdi:
— Mana shu Kobul daryosi Hind daryosiga quyiladigan joyda men bir g‘aroyib hikoyat eshitganmen. Bobokalonlaring haqidagi bu hikoyatni afg‘on ulusi to‘qiganmi, hind eli yaratganmi, aniq bilmaymen. Ammo bu hikoyat shu ikki yurtning chegarasida paydo bo‘lmishdir. Mazmuni shuki, jannatmakon bobom daryo bo‘yida yolg‘iz o‘ltirib, she’r yozayotgan ekanlar. Orqadagi o‘rmondan bobomning xundor dushmani xanjarni qo‘liga olib, pusib kelmoqda ekan. Bobom bilan bo‘lgan janglarda bu odamning og‘asi o‘lgani uchun qasd olmoqchi ekan. Daryo sohilida uch-to‘rtta bolachalar suvga yog‘och tashlab, oqizoq o‘ynab yurgan ekanlar. Bolalardan biri o‘yinga berilib, suvga tushib ketibdir. Ikki daryo qo‘shilgan joyda oqim juda zo‘r, haligi bola g‘arq bo‘lishi muqarrar. Qirg‘oqda qolgan bolachalar dod solib, bobomdan yordam so‘rabdir. Bobur bobomiz daryoda oqib ketayotgan bolachaning ketidan o‘zlarini suvga otibdilar. U kishi suvda yaxshi suzar ekanlar. Ganganing u qirg‘og‘idan bunisiga necha marta suzib o‘tganlarini umr kitoblarida yozmishlar. O‘qiganmisenlar? — deb Akbar o‘g‘illariga savol nazari bilan tikildi.
Kitobni kam o‘qiydigan o‘yinqaroq Murod nima deyishini bilmay yerga qaradi.
— Men o‘qiganmen, — dedi Salim. — Faqat Ganga emas, bobomiz yo‘llarida uchragan daryolar­ning hammasidan suzib o‘tgan ekanlar.
— Ana, ko‘rdingmi? — deb Akbar Murodga qaradi: — Sen ham o‘qib chiq... Xullas, jannatmakon bobom daryoga tushib ketgan o‘sha bolani qutqarib olib chiqibdilar. Xanjarini yalang‘ochlab pusib kelgan xundor dushman qarasa, qutqarilgan bola — uning kichik o‘g‘li emish. «Hali men bolamni qutqargan odamni o‘ldirmoqchi edimmi?» — deb o‘zidan qattiq ranjibdir, xanjarini Bobur bobomizga tutib debdir: «Bolamni tirik olib chiqdingiz, endi yomon niyatim uchun shu xanjarni menga urishga haqlisiz!» Bobur bobomiz voqeaning tafsilotini so‘rab bilganlaridan so‘ng, xanjarni daryoning o‘rtasiga uloqtirib yuboribdilar. «Bu tig‘ — adovat timsoli ekan, g‘arq bo‘lsin!» debdirlar. Bolani otasining ilkiga tutqazib aytibdirlar: «Bola — istiqbolimizdir, buni birga asraylik*.
Akbar o‘g‘illariga bir-bir ko‘z tashlab qo‘shib qo‘ydi:
— Kim bilsin, o‘shanda bobomiz daryodan qutqarib chiqqan bola — balki mendirmen, balki Salim yoki Muroddir. Agar bobomiz Agrada mening otamni o‘lim xavfidan qutqarib olmaganda, men ham tug‘ulmas edim, senlar ham.
— Rost! — deb bosh irg‘adi Murod.
Salim o‘ychan edi. Akbar unga tikilib turib davom etdi:
— Bobomiz qutqargan o‘sha istiqbolni men senlarga, senlar o‘z avlodlaringga xayf qilmasdan kamol topdirib yetkazib bermog‘imiz kerak. Mana shu maqbara turgan joy — bizning eng ulug‘ ziyoratgohimizdir. Bu yerni qarovsiz qoldirsalaring, Muham­mad Hakimning ahvoliga tushgaysenlar. Bunday istiqboldan tangrim sizlarni asrasin!
Akbar ikki o‘g‘lini ergashtirib, pastda ularni kutib turgan Abulfazl va boshqa bek-u a’yonlarning oldiga tushib bordi. Kobul kutvali Man Sinxga buyurdi:
— Maharoja, darhol bu toqqa yuzta korgar olib kelib, ilgarigi ariqlarni ochdiring. Uch kunda bu yerga suv kelsin. Bog‘ obod-u orasta qilinsin. Kobul atrofidagi sug‘oriladigan yerlardan besh yuz jaribi Bobur bobomiz maqbarasi ixtiyoriga berilsin, farmon yozing. Shu yildan e’tiboran maqbara ixtiyoridagi besh yuz jarib yerdan tushadigan daromadlar Bog‘i Boburni obod-u orasta saqlashga sarf qilinsin. Yana maqbara bilan boqqa qarab turadigan to‘rtta odamga davlat xazinasidan doimiy maosh to‘lab turilsin.
O‘g‘illar oldida berilgan bu farmoyishlar kelajakda ularni ham o‘z bobokalonlaridan ibrat olishga o‘rgatishi kerak edi.
Lekin g‘alaba tantanalari ichida qiyinchilik ko‘rmay o‘sayotgan erka o‘g‘illar bobokalonlarining ibrat olib bo‘lmaydigan odatlariga ergashgan paytlari ham bo‘lardi.
Murod Kobulni olishda jasorat ko‘rsatgani uchun otasidan murassa’ xanjar mukofot oldi. Shu muno­sabat bilan Bog‘i Navro‘ziyda jangovar beklar Mu­rodga chog‘ir taklif qildilar.
— Bobur bobomlar chog‘ir ichmaganlar-ku! — deb Murod avval unamadi.
— Bobongiz chog‘irni qirq besh yoshga borib tashlaganlar, — dedi Chig‘atoyxon. — Ammo Kobulda yashaganda bearmon ichganlar. Xotira kitoblarida o‘qimaganmisiz? Dalada, kemada, buloq bo‘yida, bog‘da, hatto xazon bo‘lgan daraxtlarning tagida o‘tirib rosa kayf qilganalarini yozganlar-ku!
Bobokaloni haqidagi bu gaplar Murodning hozirgi ko‘tarinki kayfiyatiga to‘g‘ri kelib turar edi. O‘sha oqshom u birinchi g‘alabasi sharafiga mast bo‘lguncha ichdi. Ustidan afyun qo‘shilgan ma’jun ham yedi.
Murodning atkasi Zayniddin ko‘ka uning Bog‘i Navro‘ziyda mast bo‘lib yurganini ko‘rib:
— Onhazrat bilsalar ikkovimizga ham jazo berurlar! — deb po‘pisa qildi. — Amakingiz Mu­hammad Hakim yoshlikdan ichib yurib, ne ko‘yga tushganini bilurmisiz?
— Kobulda Bobur bobom ham may bazmlari o‘tkazgan ekanlar-ku! — dedi Murod.
— E, avval tarixni o‘rganing! Sizning yoshingizda Bobur bobongiz mayni og‘izlariga olgan emaslar. Siz ham u kishiday yigirma besh-o‘ttizlargacha sabr qi­ling. Keyin birda-yarim ichsangiz yarashgay.
Murod o‘zini juda yosh deb kamsitishlarini yomon ko‘rardi. Axir u yoshi kattalar qatori hind daryosidan suzib o‘tmadimi? Oldingi safda qilich yalang‘ochlab, Kobulga yorib kirmadimi? Otasi uning ixtiyoriga butun bir Bog‘i Navro‘ziyni berib qo‘yibdi-ku. Murod besh ming askarga boshliq. Qo‘l ostidagi bek-u navkarlari unga ta’zim qilib turishadi. Shu sabablarga ko‘ra u o‘zini chog‘ir ichishga haqli deb hisoblaydi. Zafar ketidan zafar kelib turibdi, quvnoq bazmlar uchun sabab ko‘p. Ulfat beklar uni navbatma-navbat chog‘ir bazmiga taklif qilardilar, otasi va atkasidan yashiriqcha yana rosa ichirardilar...

_____________


* Tarjimasi: Hind kengliklarini ulkan bir gulshanga aylantirdi Muhammad Akbar G‘ozi Jaloliddini dunyo. (Bu yerda Akbarning Jalol (Nur) degan ismi asosiga qurilgan so‘z o‘yini bor).
* Bobur haqidagi bu hikoyat xalq orasida haligacha aytib yurilganini 1983-yilda Afg‘onistonning janubida — Jalolobodda bir yil tarjimon bo‘lib ishlab kelgan toshkentlik olim so‘zlab berdi.
* * *

Salim ham allaqachon may ichib, ma’jun yeb ko‘rgan, u ham bazmlarga ishtiyoqmand, lekin Kobulning O‘rta Bog‘ida otasining ko‘zi yaqinida yashayotgan kunlari Salim o‘zini tiyib yuribdi. Otasi bilan birga Guzargohdagi marmar maqbarani ziyorat qilgandan beri dilida «Boburnoma»ga o‘xshagan xotira kitobi yozish orzusi paydo bo‘lgan. Katta bobosi ham o‘n ikki yoshlardan nasriy mashqlar qila boshlaganini Salim o‘z ustozi Farid Buxoriydan eshitgan. U o‘zining xilvatxonasida hali hech narsa yozilmagan zarhal muqovali daftarni ochdi-yu, yonida turgan Farid Buxoriyga yuzlandi:


— Sarlavhasi «Xotirot» bo‘lsinmi?
— Qaysi tilda yozmoqchisiz, amirzodam?
— Turkiycha.
— Lekin bir muammo bor: «Boburnoma»ni ellik yildan buyon uch marta turkiydan forsiyga tarjima qildilar. Ko‘ngildagidek chiqmadi. Axiyri Abdurahim xoni xononning tarjimasi onhazratga ma’qul bo‘ldi. Kelgusida sizni ham bu muammo qiynalmasligi uchun birato‘la forsiyda yozsangiz-chi?
Salim yashagan muhitda forsiy til ko‘proq ishlatilar edi. Shuning uchun unga forsiyda yozish osonroq tuyular edi. Faqat u bobolari ma’qul ko‘rgan birorta turkiy so‘zni sarlavhaga chiqarishni istardi.
Uning bu istagi Farid Buxoriyga yoqib tushdi:
— Amirzodam, «tuzuk» degan so‘z bor. Ota­ngizning saroylarida qabul marosimlarini boshqaradigan odam «miri tuzuk» deb atalur. Faqir eshitdimki, eng katta bobokaloningiz Amir Temur o‘zlari bitgan xotiralari va nizomlarini «Tuzuklar» deb atagan ekanlar. Bu tuzuklar bizgacha yetib kelmay yo‘qolib ketganmi, o‘zini hech qayerda uchratmadim.
— Bo‘lmasa men ham o‘z xotiralarimni «Tuzuk» deb atagaymen!
Salim bu so‘zni daftarning birinchi varag‘iga yirik qilib yozdi.
— Inshoollo, bu daftar kelgusida ulkan bir kitobga sarchashma bo‘lg‘ay. Ehtimol, odamlar buni «Tuzuki Salimi» deb atagaylar.
Farid Buxoriy «Salimi» so‘zini «Salima» deganday qilib aytdi. Salim o‘gay onasi Salima begimni esladi-yu, aftini burushtirdi. Shahzodaga o‘z nomi uncha yoqmasligini mavlono Farid avval ham sezgan edi.
— E, amirzodam, siz tug‘ulganda faqir ham hazrat otangiz bilan ovda yurgan edim. Mening hamshahrim Ahmad Buxoriy Salim otaning ixlosmandlaridan edi. Otangiz o‘sha Ahmadning maslahati bilan sizga Salim cheshtining nomini qo‘ymoqchi bo‘ldilar. Lekin men Salim Cheshtining tarixini bilar edim, asli eshkakchidan chiqqan odamning nomini shahzodaga qo‘yish joiz emas edi. Buning ustiga hazratimning xotinlaridan biri — Salima edi. Faqir uzr so‘rab: «Hazratim, to‘ng‘ich o‘g‘lingizga boshqa munosibroq ism bor», — dedim. «Qaysi ism?» dedilar. Boboka­loningiz katta o‘g‘illariga Jahongir deb ot qo‘yganla­rini eslatdim. Ammo so‘zim o‘tmadi, amirzodam! Ne qilayki, raqib hamshahrim Ahmad Buxoriy otangizni o‘shanda Salim degan ismga ko‘ndirdi!
Salim og‘ir tin olib, alam bilan bosh chayqadi:
— Jahongir degan ism ming marta yaxshi edi. Nasib qilsa, qachondir bir vaqt... shu nomga qaytgumdir!*
Salim otasi qo‘ygan nomdan voz kechmoqchi bo‘lgani mavlono Faridga ulkan bir jasoratday tu­yuldi.
— Amirzodam, siz hozir o‘n uchga qadam qo‘ydingiz. Otangiz shu yoshda taxtga chiqqan edilar. Bobur bobongiz podsho bo‘lganlarida hali o‘n ikkiga to‘lmagan edilar. Nasib bo‘lsa, bir kun siz ham taxtga chiqgaysiz! O‘sha kunni ko‘rib o‘lsam armonim qolmagay! Chunki afsus qilurmenki hazrat otangiz dinlarni birlashtirish yo‘liga kirdilar. Holbuki, g‘ayridinlar bizdan bir necha barobar ko‘p. Biz ularning orasida yo‘q bo‘lib ketgaymiz! Bu yo‘l xatodir!
— Men bu yo‘lga zinhor yurmagaymen! — dedi Salim qat’iyat bilan.
— Shuning uchun butun najotni biz sizdan kut­moq­damiz, amirzodam! Hazrat otangizga Bayramxon ham bas kelolmadi, Mohim enaga ham, Ansoriy ham. Oxirida, mana, yolg‘iz inilari Muhammad Hakim za­bun bo‘ldi. Biroq hech kim bas kelolmagan Rustam dostonga axiyri o‘zining o‘g‘li Suhrob bas kelgani «Shoh­­noma»dan ma’lumdir. Ilohim, siz bizning Suh­robimiz bo‘ling-u Jahongir nomi bilan taxtga chiqing!
Agar bu gaplar otasining qulog‘iga yetib borsa mavlono Farid tirik qolmasligini Salim sezdi va atrofiga xavotirlanib qarab qo‘ydi. Lekin xilvatxonada ikkovlaridan boshqa hech kim yo‘q, eshik-derazalar berk. O‘lim xavfidan qo‘rqmay shunday dalil tilaklarni aytgan mavlono Farid Salimga jasur odam bo‘lib ko‘rindi:
— Mavlono, menga toj-u taxt nasib qilgan kuni birinchi xutbani o‘zingiz o‘qigaysiz!
Mavlono Farid azbaroyi ta’sirlanganidan ko‘zlariga yosh oldi-da, Salimni suyukli farzandidek bag‘riga bosib, yelkalarini siladi.
Akbar bilan uning o‘g‘li orasiga birinchi pona shu tarzda urildi.

_____________


* Salim o‘z xotiralarini keyinchalik «Tuzuki Jahongiriy» deb ataydi.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish