Hukm va gap. Agar tushuncha so‘zda reallashsa, hukm grammatik gapda ifodalanadi. Gapda ifodalanmaydigan hukm bo‘lmaydi. Masalan,
«Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti», «Ba’zi hayvonlar uy sharoitiga o‘rgatilgan» kabi hukmlar grammatik gapda ifodalangan. Demak, gapning hosil bo‘lish jarayoni ham hukm bilan bog‘liq.
Hukm turli grammatik shaklda ifodalanishi mumkin. Masalan, «Men senia’lochitinglovchidebbilaman»yoki«Menseniyomontinglovchi
deb bilmayman». Bir hukm turli tilda turlicha ifodalanadi. Masalan, «u tinglovchi», «on slushatel» va h. k.
Turli xil ifodalangan gap bir predmetni ifodalovchi hukmni tashkil qiladi. Shuning uchun hukm bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinganda, o‘z mazmuni va tuzilishini saqlaydi. Bu til bilan tafakkurning birligini ko‘rsatadi. Biroq tafakkur bilan til aynan bir narsa emas. Shuning uchun hukm bilan gap ham aynan bir xil emas. Demak, ularning o‘rtasidagi birlik farqlarni yo‘qqa chiqarmaydi. Hukm gapda ifodalanadi. Biroq har qanday gap hukm bo‘lavermaydi. So‘roq va undov gaplar shakliga ko‘ra hukm bo‘la olmaydi. Masalan, «Siz ma’ruza eshitishnixohlaysizmi?»,
«Uyalmasdan tezroq gapirsangchi!», «Bu yoqqa kel!» kabi gaplar hukm bo‘la olmaydi. Chunki bunday gaplarda tasdiq yoki inkor qilib aytilgan fikr yo‘q. Ularning chin yoxud yolg‘onligi (to‘g‘ri yoki xato ekanligi) aniqlanmagan. Gap hukm shaklida bo‘lishi uchun tasdiq yoki inkor qilib aytilishi hamda to‘g‘ri yoki xato ekanligi aniqlangan bo‘lishishart.
Endi hukmning tarkibini ko‘rib chiqaylik.
Odatda, har bir hukmning uch asosiy elementi bo‘ladi. Bular subyekt (lotin tilidagi «subjyektum» so‘zidan olingan), predikat (lotin tilidagi
«predikatum» so‘zidan olingan) va mantiqiy bog‘lovchidan iborat. Masalan, «Ahmedov birinchi kurs tinglovchisidir». Bunda «Ahmedov» – subyekt (mantiqiy ega), «birinchi kurs tinglovchisi» – predikat (mantiqiy kesim), «dir» esa mantiqiy bog‘lovchi bo‘lib kelayapti. Hukmning subyekti fikrdagi predmetni bildiradi. Shuning uchun hukmdagi fikr nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu uning subyekti hisoblanib, u «S» harfi bilan belgilanadi. Hukmning predmetini tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan kesim «predikat» deb ataladi va u «P» harfi bilanbelgilanadi.
Bog‘lovchi subyekt bilan predikat o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatadiva
«dir»,«emas»,«yo‘q»,«zarur»kabiso‘zlarbilanifodalanadi.Masalan,
«Axmedov 201- guruhning sardori».
Hukmning umumiy sxemasi quyidagicha: «S – P» bunda S – subyekt (ega), P – predikat (kesim), «–» belgisi esa subyektning predikat bilan munosabatini ifodalovchi bog‘lovchidir. Mazkur munosabat yozuvda «S – P dir» deb belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |