Hukmlar o’rtasidagi munosabatlar.
Hukm o’z sifati va soniga ko’ra juz'iy tasdiq (J); juz'iy inkor (O); umumiy tasdiq (A) va umumiy inkorga (E) bo’linishi yuqorida aytib o’tildi. Mana shu hukm shakllari o’zaro turlicha munosabatda bo’ladi. hukm munosabatlari chin va xato hukmlar orasidagi holatni belgilaydi. hukmlar o’rtasidagi munosabatlar ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan va taqqoslanmaydiganga bo’linadi. Taqqoslanadigan munosabatlar o’z navbatida sig’ishadigan va sig’ishmaydigan munosabatlarga bo’linadi. Mantiqda hukmlar o’rtasidagi munosabatlar «Mantiqiy kvadrat» ko’rinishida ifodalanadi.
1.Qarama-qarshi munosabat umumiy tasdik (A) va umumiy inkor (E) hukmlar
O’rtasida bo’lib ular o’zlariga xos sub'ekt va predikatga ega bo’ladi. Bunday munosabatga muvofiq agar bir hukm chin bo’lsa, unga qarshi bo’lgan hukm xatodir, ikki qarama-qarshi hukm bir vaqtda chin bo’la olmaydi, ammo bir vaqtda xato bo’la oladi. Bu qarama-qarshi hukmlarning (A yoki ye) xatoligidan ikkinchisining chin bo’lishi xaqida xulosa chiqarish xatodir, u xato yoki chin bo’lishi mumkin.
2. Bir-biriga zid munosabatlar. Bunday munosabat umumiy tasdiq (A) bilan juziy inkor (O) va umumiy inkor (E) bilan juziy tasdik (1) hukmlari orasida bo’ladi. Bu munosabat qoidasiga muvofiq hukmlar chin va xato bo’la olmaydi; hamma vaqt biri chin va ikkinchisi esa xato bo’ladi. Bunday bir-biriga zid bo’lgan hukmlar o’rtancha chin hukmning bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.
a) Bir-biriga zid munosabatda bo’lgan hukmdagi belgilar bir yoki bir guruhdagi buyumlarga ta'lukli yoki ta'lukli emas. Shuning uchun ham bir vaqtda chin yoki xato bo’la olmaydi. qarama-qarshi hukmda esa buyumdagi belgi ta'lukli yoki ta'lukli emasligiga qarab birdaniga xato bo’lishi mumkin.
b) Qarama-qarshi hukm o’rtancha holat bo’lishi mumkinligini bir-biriga zid hukm esa o’rtancha holat bo’lmasligini ko’rsatadi. qarama-qarshi hukmlar sub'ekti bir sinfdagi buyumning xajmini o’z ichiga oladi. Bir-biriga zid buyum sub'ekti to’la xajmini o’z ichiga olmaydi.
3. Qo’yi qarama-qarshi munosabat juz'iy tasdik (J) va juz'iy inkor (O) hukmlar orasida bo’ladi. Bunday hukmlar formulasi «Ba'zi S - P» va «Ba'zi S – P emas» shaklida ifodalanadi. qo’yi qarama-qarshi munosabatdagi hukmlar juz'iy bo’lib, biri tasdiq ikkinchisi inkor hukmdir. qo’yi qarama-qarshi munosabatdagi hukmlar qarama-qarshi munosabatdagi hukmlardan farq qiladi. qo’yi qarama-qarshi hukmlar bir vaqtda chin bo’lishi, ammo bir vaqtda xato bo’lmasligi mumkin.
4. Buysunuvchi munosabatdagi hukmlar. Bu hukmlar umumiy tasdiq (A) va juz'iy tasdiq (J) hamda umumiy inkor (E) va juz'iy inkor (O) hukmlari orasida bo’ladi. Ikkinchi xil qilib aytganda, A – J va ye – O munosabatlaridir. Bunday vaqtda umumiy hukmlar itoat buysuntiruvchi va juz'iy hukmlar esa itoat buysunuvchi bo’ladi. Umumiy hukmlarning chinligi juz'iy hukmlarning chinligiga olib boradi.
Kishilarning ongi moddiy olamni in’ikos etish jarayonida faqat olamning voqea hodisalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish, ularning mohiyatini anglash bilan chegaralanmaydi. U mazkur jarayonda tushunchaning boshqa tushuncha bilan muayyan munosabatini o‘rganib, olam haqida yangi bilim olishga intiladi. Narsa va hodisalar to‘g‘risida fikr yuritilganda, bu jarayonda bir necha tushuncha ishtirok etishi mumkin. Narsa va hodisalarning chin yoki yolg‘onligini tasdiq yoxud inkor etilishi murakkab tafakkur shakllaridan biri bo‘lgan hukmda amalga oshadi.
Hukm fikrni ifodalashning mantiqiy shaklidir. Bizning har bir chin yoki yolg‘on fikrimiz voqelikdagi narsa va hodisalar o‘rtasida o‘zaro munosabat mavjud yoki mavjud emasligi hamda bu munosabatlarning doimiyligi, muvaqqatligi yoki tasodifiyligi haqida borgandagina fikrimiz hukm shaklida ifodalanadi. Hukm biror narsa va hodisani tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan tugal fikrdir. Agar fikrlash jarayonida tushunchada narsa va hodisalarning muhim va umumiy belgilari aks ettirilsa, ulardagi belgilar to‘g‘risida, ular o‘rtasidagi munosabat to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. Masalan, «Akademiya», «tinglovchi», «militsioner» tushunchalari tugal fikrni bildirmaydi. Narsalar o‘rtasidagi munosabatni, muayyan bir predmetda belgi bor yoki yo‘qligi haqida fikr yuritmaydi. Agar «bu IIV Akademiyasi», «1-kurs tinglovchisi» desak, bunda tugal fikr bor. Fikrda Akademiyaning IIVga qarashli ekanligi hamda u yerda tinglovchilarning o‘qishi tasdiqlanmoqda. Demak, hukmda hamma vaqt tasdiq yoki inkor qilib aytilgan fikr bo‘ladi.
Fikr to‘g‘ri (chin) yoki xato (yolg‘on) bo‘lishi mumkin. Ular obyektiv voqelikka mos kelsa, haqiqat yoki chin fikrlar, obyektiv voqelikka mos kelmasa, yolg‘on fikrlar deyiladi.
Formal mantiq fikrlar o‘rtasidagi munosabatni tekshirganda uning rivojlanishini nazarda tutmaydi. Formal mantiqda fikrlar o‘rtasidagi murakkab aloqalar tekshirilmaydi. Bu dialektik mantiqning vazifasidir.
Fikrlar o‘rtasidagi munosabatni formal mantiq nuqtai nazaridan tekshirish, uning to‘g‘ri yoki xato ekanligini ajratishdan iborat.
Tasdiq yoki inkor har bir hukmga xos belgidir. Agar hukm o‘ziga xos tasdiq yoki inkor belgisiga ega bo‘lmasa, u hukm bo‘la olmaydi. Hukmda hamma vaqt fikr to‘g‘ri yoki xato, chin yoki yolg‘on bo‘lishi shart.
Demak, hukm narsa va hodisalar, ularning turli belgilari, xususiyat va munosabatlari haqida tasdiq yoki inkor ma’nosida bildirilgan tafakkur shaklidir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, hukmlar chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Har qanday fanda to‘g‘riligi isbotlangan fikrlar tizimi mavjud. Shunday fikrlar borki, ularning mavjudligi, obyektivligi tasdiqlangan, lekin isbotlanmagan. Masalan, atomning mavjudligi qadimdayoq e’tirof etilgan bo‘lsa-da, uning isboti esa yaqindagina hal bo‘ldi. Shuningdek, inson shunday to‘g‘ri fikrlarni aytadiki, ular kundalik hayotda isbotlangan bo‘ladi. Masalan, yozning qishga nisbatan issiq bo‘lishi, osmonga otilgan narsaning yerga tushishi va boshqalar. Bu hayotdan olingan fikr bo‘lib, uning isboti ham hayotning o‘zidadir.
Hukmning chin yoki xatoligi tasdiq yoxud inkor natijasida emas, balki buyum va ularning belgilari haqidagi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri hukm natijasida bo‘ladi. Hukmlarning xatoligini aniqlash uchun quyidagi qoidalardan foydalaniladi:
agar bir fikrning chinligi isbot etilgan bo‘lsa, uni chin deb tasdiqlash ham chin bo‘ladi;
agar bir fikrning chinligi isbot etilgan bo‘lsa, uni xato deb tasdiqlash xato bo‘ladi;
agar bir fikrning xatoligi aniqlangan bo‘lsa, uni chin deb tasdiqlash xato bo‘ladi;
agar bir fikrning xatoligi isbot etilgan bo‘lsa, uni xato deb tasdiqlash chin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |