Oddiy hukmlar
Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi.
Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko’ra turlarga bo’linadi. Sifatiga ko’ra tasdiq va inkor hukmlar farqlanadi. Hukmning sifatini vantiqiy bog’lama belgilaydi. Tasdiq hukmlarda belgining predmetga xosligi, inkor hukmlarda, aksincha, xos emasligi ko’rsatiladi.
Umumiy hukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |