Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash



Download 1,16 Mb.
Sana29.12.2021
Hajmi1,16 Mb.
#74260
Bog'liq
6-sinf,10-dars


Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash


Amaliyotda hujjatlarga rasmlar bilan bir qatorda jadvallar ham joylashtirishga to'g'ri keladi. Jadvallar turli-tuman bo'lishi mumkin. Masalan, maktabingizdagi dars jadvali, kundalik daftaringiz yoki sinf jurnali sahifasi, biror futbol turniri jadvali va hokazo. Bu jadvallar- ning ko'rinishi ham, mazmuni ham turlicha bo'lgani bilan ularning hammasi ma'lum miqdordagi ustun va satrlardan tashkil topgan.

Kalit so'zlar. jadval tushunchasi, jadval joylashtirish, jadvallar us- tida amallar.

JADVAL HAQIDA TUSHUNCHA

Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo'ladi. Ular, o'z navbatida, kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi - bu katak. Wordda katakni o'ziga xos mikrohujjat deyish mumkin. Katakka

matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar joylashtirish ham mumkin. Misol sifatida Wordda hosil qilingan quyidagi 3 ta ustunli va 4 ta satrli, kataklar soni 12 ta (3 4=12) bo'lgan jadvalni keltiramiz:




WORDDA JADVAL JOYLASHTIRISH

Jadval joylashtirish uchun Joylashtirish (Вставка) tasmasining Jad­-

val (Таблица) guruhidan Jadval t ugmasi tanlanadi. Ochilgan tan­lov oynasi quyidagi imkoniyatlarni tavsiya etadi:


Aytaylik, yuqoridagi 3 ta ustunli va 4 ta satrli (ya'ni, 3 x 4 jadval) jadvalni hosil qilish kerak bo'lsin. MS Wordda shu jadvalni hosil qilish jarayonini ko'rib chiqamiz.



Natijada quyidagi ko’rinishdagi jadval hosil bo’ladi:





































1. Birinchi satr kataklariga, odatda, ustunlarda joylashgan ma'lumotlar uchun sarlavhalar, birinchi ustunga esa tartib raqamlari yoziladi. Jadval kataklari ma'lumotlar bilan to'ldiriladi. Buning uchun yurgich sichqon­

cha yordamida kerakli katakka joylashtiriladi va zaruratga qarab Tab yoki yo'nalish klavishlari yordamida boshqa kataklarga o'tiladi.



2 . Jadvaldagi ma'lumotlarning hajmiga qarab ustunlarning kengligi o'zgartiriladi. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichi ustunlarning chega- ra chizig'iga olib kelinadi. Sichqoncha ko'rsatkichi ko'rinishga kel- gach, chap tugmasi bosilgan holda kerakli tomonga siljitiladi. Natijada jadvalimiz quyidagi ko'rinishga keladi.



JADVAL BILAN ISHLASH KONTEKST-MENYUSI

Jadval katagiga yurgich joylashtirilgach Jadval bilan ishlash (Ра­бота с таблицами) kontekst-menyusi faollashadi. Bu kontekst-menyu 2 ta Konstruktor (Конструктор) va Maket (Макет) tasmalari bilan bog'langan.



Konstruktor tasmasi katak ichini bo'yash, jadval uslublarini, jad­val elementlari chegarasiga xos o'zgartirishlarni tanlash, jadval chizish hamda chiziqlarni o'chirish imkoniyatlarini beradi:



Maket tasmasi Jadval xossalari (Свойства таблицы) muloqot oy- nasini ochish, rangsiz kataklar chizig'ini aks ettirish, jadvalga satr va ustun qo'shish yoki o'chirish, jadval kataklari yoki satrlari, yoki ustunlarini birlashtirish, katak o'lchamlarini o'zgartirish, kataklarni bo'lish, katakdagi ma'lumotlarni tekislash uslubini va matn yo'nalishini belgilash,

ma'lumotlarni saralash, jadvaldagi sonli qiymatlar ustida formula asosida hisob-kitob ishlarini bajarish imkoniyatlarini beradi.











Jadval kataklaridagi ma'lumotlarni alohida yoki birgalikda (blok- ka olib) formatlash mumkin. Bunda ma'lumotning joylashish usuli, o'lchamlari, chiziq rangi va ko'rinishi, kataklar fonining rangi va bosh- qalar Konstruktor va Maket tasmalari yordamida osongina bajariladi.
Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish